III. Hududda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va boshqa turdagi ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirish




Download 0,6 Mb.
bet16/22
Sana21.02.2024
Hajmi0,6 Mb.
#159748
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
Bog'liq
PF-199 23.11.2023

III. Hududda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va boshqa turdagi ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirish

35.

2024 — 2028-yillarga mo‘ljallangan Orolbo‘yi hududlarida chorva uchun ozuqabop ekinlarni yetishtirish va mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha namunaviy texnologik xaritalarni ishlab chiqish.

1. Tegishli ilmiy-tadqiqot institutlarining olimlari bilan hamkorlikda Orolbo‘yi hududlarida chorva uchun ozuqa ekinlarini yetishtirish va mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq agrotexnologik jarayonlarni aniqlash.
2. Ilmiy-tadqiqot institutlarining olimlari bilan birgalikda namunaviy texnologik xaritalarning loyihasini ishlab chiqish.
3. Namunaviy texnologik xaritalarning loyihalarini muhokama qilish, tegishli o‘zgartirish va to‘ldirishlar kiritish va tasdiqlash.
4. Texnologik xaritalarni chop etish va tegishli vazirlik hamda idoralarga taqdim qilish.

2024 — 2026-yillar

Davlat budjetidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ajratiladigan mablag‘lar
(4 mlrd so‘m)

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ekologiya vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi

36.

“Sudochye-Akpetki” davlat buyurtma qo‘riqxonasining noyob bioxilmaxilligini saqlash va baliqchilik faoliyatini rivojlantirish maqsadida Sudochye ko‘lida suv sathining barqaror darajasini ta’minlash.

1. Amudaryo daryosining suv bilan ta’minlanish darajasidan kelib chiqib, kollektor-drenaj tizimi orqali ko‘lga barqaror suv oqimini ta’minlash.
2. Sudochye ko‘lidagi suv sathining holatini kuzatib borish.

2024-yil iyun

Mablag‘ talab etilmaydi

Suv xo‘jaligi vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
Ekologiya vazirligi,
“Mo‘ynoq-akvasanoat” MChJ

3. Baliqchilik faoliyatini rivojlantirish.

2024 — 2026-yillar

37.

Orolning qurigan tubida mahalliy tuproq-iqlim sharoitlariga mos qashqarbeda, oq jo‘xori, xashaki lavlagi, javdar kabi chorva uchun ozuqabop ekinlar navlarini sinovdan o‘tkazish.

1. Ushbu hududga mos chorva uchun ozuqabop ekin turlari, navlari namunalarini to‘g‘ri tanlash, eng yaxshi ko‘rsatkichlarga ega birlamchi urug‘chilik ishlarini yo‘lga qo‘yish.
2. Orolning qurigan tubida chorva uchun ozuqa sifatida qashqarbeda, oq jo‘xori, xashaki lavlagi, javdar kabi ekinlarni sinovdan o‘tkazish bo‘yicha loyihani amalga oshirish.

2024 — 2026-yillar

Davlat budjetidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ajratiladigan mablag‘lar
(4 mlrd so‘m)

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Ekologiya vazirligi

38.

Orolning qoldiq suv havzalari, Amudaryo d�ltasi va Orol mintaqasiga suv yetib kelishi monitoringini amalga oshirishni yo‘lga qo‘yish.

1. Orol dengizi (G‘arbiy Orol, Sharqiy Orol) va Amudaryo deltasidagi (Sudochye, Mashanko‘l-Qorajar, Mo‘ynoq, Baliqchi (Ribachye), Mesopotamiya, Jiltirbas) suv omborlaridagi doimiy namuna olish punktlarini jihozlash.
2. Amudaryo tubi, kanallari va kollektorlardagi 25 ta avtomatik suv oqimini hisobga olish postlarini jihozlash.

2024 — 2028-yillar

Ijrochilarning budjetdan ajratilgan mablag‘lari doirasida

Suv xo‘jaligi vazirligi,
Ekologiya vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi

39.

Sobiq Lazarev orolidagi chig‘anoq konini qazib olish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish hisobiga ekologik toza qurilish materiallari hamda parrandachilik va baliqchilik uchun organik ozuqa qo‘shimchalari ishlab chiqarish.

1. Chig‘anoq koni zaxirasini aniqlash uchun geologiya-qidiruv ishlari o‘tkazish va tasdiqlash.

2024-2025-yillar

Manfaatdor vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari, investitsiya mablag‘lari

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Ekologiya vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

2. Texnikaviy-iqtisodiy hisob-kitoblar asosida ochiq kimoshdi savdolari orqali investorni aniqlash.

2025-yil davomida

3. Tashabbuskorlarga tegishli ruxsatnoma berish.

2025-2026-yillar

40.

Orol dengizi qurigan tubida shamol va quyosh elektr stansiyalarini qurish.

Orolbo‘yi hududida umumiy quvvati 1 ming 800 megavatt bo‘lgan jami 3 ta shamol stansiyasini ishga tushirish.

2024 — 2027-yillar

Xalqaro moliya institutlari va xalqaro energetik kompaniyalarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya mablag‘lari

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,
Energetika vazirligi


Download 0,6 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Download 0,6 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



III. Hududda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va boshqa turdagi ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirish

Download 0,6 Mb.