|
IV. Aholi salomatligini tiklash, ekologik turizmni rivojlantirish imkoniyatlarini yanada kengaytirish
|
bet | 17/22 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 0,6 Mb. | | #159748 |
Bog'liq PF-199 23.11.2023IV. Aholi salomatligini tiklash, ekologik turizmni rivojlantirish imkoniyatlarini yanada kengaytirish
41.
|
Fuqarolarga profilaktik yordam ko‘rsatish, davolash, sog‘lig‘ini tiklash maqsadida shifobaxsh termal erosti suvlari, balchiq manbalaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yish va sanatoriyalar tashkil qilish.
|
1. Shifobaxsh termal erosti suvlari, balchiq manbalari joylashgan hududlarning holatini va imkoniyatlarini o‘rganish, gidrogeologik tadqiqotlar o‘tkazish.
2. Gidrogeologik tadqiqot xulosalariga asosan suv manbalari joylashgan hududlarning holati va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda shifo maskanlari (sanatoriyalar)ni qurish loyihalarini ishlab chiqish.
|
2024-2025-yillar
|
Mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta to‘ldirish davlat dasturi mablag‘lari
(4 mlrd so‘m)
|
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi,
O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi
|
3. Tasdiqlangan loyihalarga asosan qurilish ishlarini amalga oshirish.
|
2024 — 2026-yillar
|
42.
|
Orolbo‘yi mintaqasining turli hududlarida turistlarga qulayliklar yaratish uchun maqsadli ekoturizm marshrutlar xaritasini ishlab chiqish va hududning turli nuqtalarida ekolagerlar va ekomarshrutlar tashkil etish hamda zarur infratuzilmani yaratish.
|
1. “Quyi Amudaryo” davlat biosfera rezervati, “Saygachiy” majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonasi, “Sudochye-Akpetki” davlat buyurtma qo‘riqxonasi va “Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bog‘ida turistlarni qabul qilish markazlarini tashkil etish.
2. Mo‘ynoq shahridagi “Kemalar qabristoni”, Sudochye ko‘lida ekoturizmni rivojlantirish ishlarini tashkil etish.
3. Ushbu hududlarga turistlarni keng jalb qilish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Orolbo‘yida va qurigan dengiz tubida yangi turistik marshrutlarni ishlab chiqish.
|
2024 — 2026-yillar
|
Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari
(5 mlrd so‘m)
|
Turizm qo‘mitasi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
Ekologiya vazirligi,
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
|
|
| |