|
Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University)
|
bet | 20/22 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 0,6 Mb. | | #159748 |
Bog'liq PF-199 23.11.2023Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti tizimida “in-vitro” laboratoriyasini hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va har bir viloyatda uning hududiy tuzilmalari (keyingi o‘rinlarda — “in-vitro” laboratoriyasi)
|
1) Zamonaviy texnologiyalar asosida ko‘chat yetishtirish va ko‘chatchilik seleksiyasi tizimini takomillashtirish maqsadida Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti tizimida “in-vitro” laboratoriyasini hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va har bir viloyatda uning hududiy tuzilmalari tashkil etiladi.
2) “in-vitro”laboratoriyasi va uning hududiy bo‘linmalarining asosiy vazifalari:
respublikamizda introduksiya qilingan, urug‘idan va qalamchasidan qiyin ko‘payadigan manzarali va mevali daraxt va buta o‘simliklar turlarini laboratoriya sharoitida in-vitro usulida ko‘paytirish;
dorivor, ozuqabop va texnik o‘simliklar turlarini laboratoriya sharoitida in-vitro usulida ko‘paytirish;
bir yillik va ko‘pyillik o‘tsimon o‘simliklar turlari, chala buta, buta hamda daraxtlar turlarini kurtagidan, miristemasidan, bargidan, urug‘idan va boshqa vegetativ organlaridan sun’iy ozuqa muhitida yetishtirish;
o‘simliklar urug‘idan, qalamchasidan ko‘paytirish imkoniyati bo‘lmagan o‘simliklar turlarini laboratoriya sharoitida in-vitro usulida ko‘paytirish;
laboratoriya sharoitida in-vitro usulida toza viruslardan va kasalliklardan xoli o‘simliklar yetishtirish;
“in-vitro”laboratoriyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va har bir viloyatda uning hududiy tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirish.
|
4.
|
“Yashil hudud” davlat unitar korxonasi tuzilmasida alohida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Daraxt kasallik va zararkunandalariga qarshi kurashish xizmati (keyingi o‘rinlarda — Daraxt kasallik va zararkunandalariga qarshi kurashish xizmati) .
|
1) Respublikada daraxt va butalarning kasallik va zararkunandalariga qarshi kurashish tadbirlarini yanada samarali tashkil etish maqsadida “Yashil hudud” davlat unitar korxonasi tuzilmasida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Daraxt kasallik va zararkunandalariga qarshi kurashish xizmati tashkil etiladi.
2) Daraxt kasallik va zararkunandalariga qarshi kurashish xizmatining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi;
|
|
| |