|
T/r
Yangi tashkil qilinayotgan tuzilmaning to‘liq (rasmiy) nomi
|
bet | 19/22 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 0,6 Mb. | | #159748 |
Bog'liq PF-199 23.11.2023T/r
|
Yangi tashkil qilinayotgan tuzilmaning to‘liq (rasmiy) nomi
|
Qoidalar
|
1.
|
Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) huzuridagi Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti tuzilmasida O‘simlik va hayvonot dunyosi genofondi masalalari laboratoriyasi (keyingi o‘rinlarda — O‘simlik va hayvonot dunyosi genofondi masalalari laboratoriyasi)
|
1) Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) huzuridagi Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti tuzilmasida O‘simlik va hayvonot dunyosi genofondi masalalari laboratoriyasi tashkil etiladi.
2) O‘simlik dunyosi bo‘yicha laboratoriyaning ustuvor yo‘nalishlari:
o‘simlik dunyosi obyektlarini muntazam ravishda xatlovdan o‘tkazish, ular genofondini muhofaza qilish, saqlab qolish va qayta ko‘paytirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish;
noyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi o‘simliklar genofondini in vitro usulida, plantatsiyalar barpo etib ko‘paytirishni yo‘lga qo‘yish;
introduksiya qilish maqsadida olib kelinadigan o‘simliklarning manba (gen) materiallarining tabiiy endemik turlari va populatsiyasini o‘rganish;
manba materiallarining belgilarini, markerlarini va moslashish usullarini, shu jumladan moslashish mexanizmlarini aniqlash;
O‘zbekiston florasining “Qizil kitob”ga kiritilgan, yo‘qolib ketayotgan va mahalliy endemik turlari kolleksiyasini yaratish va uni kengaytirish.
O‘rta Osiyo florasi elektron gerbariy kolleksiyasini yaratish.
3) Hayvonot dunyosi bo‘yicha laboratoriyaning ustuvor yo‘nalishlari:
hayvonot dunyosi obyektlarini muntazam ravishda xatlovdan o‘tkazish, ularni genofondini muhofaza qilish, saqlab qolish va qayta ko‘paytirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish;
O‘zbekiston va Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan hamda noyob endemik hayvonot dunyosi obyektlarini pitomniklar tashkil etib ko‘paytirishni yo‘lga qo‘yish;
akklimatizatsiya qilish maqsadida olib kelinadigan hayvonot dunyosi obyektlarini manba (gen) materiallarining tabiiy endemik turlari va populatsiyasini o‘rganish;
manba materiallarining belgilarini, markerlarini va moslashish usullarini, shu jumladan moslashish mexanizmla�ini aniqlash;
O‘zbekiston faunasining “Qizil kitob”ga kiritilgan, yo‘qolib ketayotgan va mahalliy endemik turlarining ahamiyatga molik turlarini ko‘paytirish choralarini ko‘rish;
O‘rta Osiyo faunasining elektron ro‘yxatini yaratish.
|
2.
|
Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti tizimida“O‘rmon urug‘chiligi markazi” davlat muassasasi va uning hududiy (Qoraqalpog‘iston, Farg‘ona, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo) tuzilmalari (keyingi o‘rinlarda — O‘rmon urug‘chiligi markazi)
|
1) O‘rmon urug‘chiligini rivojlantirish, o‘rmon o‘simliklari urug‘lari tahlilini ilmiy-tadqiqot ishlari bilan muvofiqlashtirish masalalarini tizimlashtirish maqsadida Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti tizimida“O‘rmon urug‘chiligi markazi” davlat muassasasi va uning hududiy (Qoraqalpog‘iston, Farg‘ona, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo) tuzilmalari tashkil etiladi.
2) “O‘rmon urug‘chiligi markazi” davlat muassasasi va uning hududiy (Qoraqalpog‘iston, Farg‘ona, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo) tuzilmalarining asosiy vazifalari:
xorijiy tajribani o‘rgangan holda urug‘larni genetik xususiyatlarini saqlashga va ko‘paytirishga qaratilgan “Genbank” faoliyati tashkil etish;
o‘rmon fondi yerlarida daraxt va butalarning onalik plantatsiyalarini tashkil etish;
o‘rmon xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligi sohasida davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
o‘rmon xo‘jaligi ekinlarining urug‘liklarini yetishtirish uchun foydalaniladigan maydonlarni aprobatsiyadan o‘tkazish;
o‘rmon xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarining nav va ekinboplik sifatlarini aniqlash;
o‘rmon xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarining genetik (nav) va urug‘ nazoratini, laboratoriya sinovlarini, sifati ekspertizaga doir qoidalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
O‘rmon urug‘chiligi markazining hududiy (Qoraqalpog‘iston, Farg‘ona, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlari) regional tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirish.
|
3.
|
|
|
| |