|
1. Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]
|
bet | 18/22 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 0,6 Mb. | | #159748 |
Bog'liq PF-199 23.11.2023 | V. Donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari, jamg‘armalar va kompaniyalar mablag‘larini keng jalb qilish bo‘yicha xalqaro aloqalarni yanada kengaytirish
43.
|
“Orol dengizi havzasi landshaftining tanazzul yerlarida barqaror hayotni ta’minlashni qo‘llab-quvvatlaydigan asos sifatida ko‘llar, suv-botqoq yerlar va qirg‘oqbo‘yi hududlarni saqlash, erning degradatsiyasiga qarshi kurashish va neytral holatga keltirish hamda boshqarish” loyihasini amalga oshirish.
|
1. Loyiha komponentlarini amaliyotga tatbiq etish.
2. Loyiha yuzasidan erishilgan natijalarning hisobotini tayyorlash.
|
2023 — 2026-yillar
|
Global ekologik jamg‘arma mablag‘lari BMT TD
(3.8 mln AQSh dollari)
|
Ekologiya vazirligi
|
3. Hisobotni axborot tariqasida Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
|
Har yili
|
44.
|
“O‘zbekiston oziq-ovqat tizimi, yerdan foydalanish va qayta tiklash ta’sirini o‘rganish dasturi” loyihasini amalga oshirish.
|
1. Loyiha taklifini va to‘liq hujjatini ishlab chiqish.
2. Loyiha taklifini va hujjatini Global ekologik jamg‘arma tomonidan moliyalashtirish dasturiga kiritish choralarini ko‘rish.
|
2024-yil noyabr
|
Global ekologik jamg‘arma,
FAO mablag‘lari
(5,99 mln AQSh dollari)
|
Ekologiya vazirligi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi
|
3. Moliyalashtirishni tasdiqlash va loyihani ishga �ushirish.
|
2024-yil dekabr
|
45.
|
Orolbo‘yi tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda o‘simliklar navlarini ko‘paytirish hamda cho‘l sharoitida o‘suvchi kam suv talab qiladigan o‘simliklar navlarini yaratish, suv tejovchi, tuproqdagi tuz miqdorini kamaytiradigan texnologiyalarni joriy etish.
|
1. Xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish maqsadida xizmat safariga yuborish uchun ishchi guruhlarni shakllantirish.
2. Eron, Xitoy, Isroil va boshqa davlatlarga xizmat safariga yuborish yuzasidan tashkiliy choralarini ko‘rish.
3. Xizmat safari yakunlari bo‘yicha asoslangan takliflarni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
|
2024 — 2026-yillar
|
Manfaatdor vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari
|
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Ekologiya vazirligi,
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi
|
46.
|
“Orolbo‘yi mintaqasidagi yer maydonlarining sho‘rlanishiga qarshi kurashish, ularning unumdorligini oshirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida suv resurslaridan foydalanishni monitoring va nazorat qilishning yangi texnologiyalarini ishlab chiqish” loyihasini amalga oshirish.
|
1. Yaponiyaning JICA tashkiloti O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan loyihani amalga oshirish uchun kelishuv shartnomasini imzolash.
2. Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan SATREPS O‘zbekiston — Yaponiya hamkorligida qo‘shma xalqaro ilmiy loyihalar tanlovini e’lon qilish.
3. Tanlov g‘oliblarini aniqlash va qo‘shma xalqaro ilmiy loyihalarni moliyalashtirish.
4. Manfaatdor vazirlik va idoralar, yetakchi oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlar, Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi hamda xususiy sektor vakillaridan tashkil topgan konsorsium tomonidan “Orolbo‘yi mintaqasidagi yer maydonlarining sho‘rlanishiga qarshi kurashish, ularning unumdorligini oshirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida suv resurslaridan foydalanishni monitoring va nazorat qilishning yangi texnologiyalarini ishlab chiqish” loyihasini amalga oshirish.
|
2024 — 2026-yillar
|
Yaponiyaning SATREPS dasturining grant mablag‘lari, Davlat budjetidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ajratiladigan mablag‘lar
(5 mln AQSh dollari)
|
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ,
Ekologiya vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
47.
|
Birlashgan Arab Amirligining Abu-Dabi taraqqiyot jamg‘armasining “Qoraqalpog‘iston Respublikasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish.
|
1. Loyihani O‘zbekiston tomonidan amalga oshirish uchun tegishli tashkilotlarni belgilab olish.
2. Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi taraqqiyot jamg‘armasi va O‘zbekiston tomonida Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘rtasida kelishuv hujjatini ishlab chiqish va imzolash.
3. Sho‘rlanish sharoitida biodehqonchilik xalqaro markazi bilan hamkorlikda loyihani amalga oshirish.
|
2024 — 2028-yillar
|
Birlashgan Arab Amirligining Abu-Dabi taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari
|
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
|
48.
|
AQSh, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Rossiya, Turkiya, Isroil va Yevropa mamlakatlarining ilg‘or ilmiy tajribalari asosida zamonaviy biotexnologik va boshqa usullarni o‘zlashtirish hamda ushbu usullarni cho‘llarni o‘zlashtirish amaliyotiga tatbiq etish.
|
1. Rivojlangan xorijiy davlatlarning universitet va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan memorandumlar tuzish va har yili 20 nafar soha mutaxassisini ilmiy stajirovkalarga yuborish.
2. Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish, innovatsiyalar va yashil texnologiyalarni keng joriy etish borasida xorijda doktoranturada dissertatsiya tadqiqotlari olib borilishini tashkillashtirish maqsadida ochiq tanlov asosida maqsadli stipendiyalar ajratish.
|
2024 — 2028-yillar
|
“El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari, manfaatdor vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablag‘lari
|
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,
Ekologiya vazirligi,
Fanlar akademiyasi,
“El-yurt” umidi jamg‘armasi, manfaatdor vazirlik va idoralar
|
49.
|
Kembrij tabiatni muhofaza qilish tashabbusiga (CCI) qo‘shilgan nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik o‘rnatish.
|
1. CCI`da joylashgan nufuzli xalqaro tashkilotlar va Ekologiya vazirligi o‘rtasida ilmiy hamkorlik o‘rnatish, o‘quv treninglar va dala tadqiqotlarini tashkil etish.
2. Ko‘chib yuruvchi yovvoyi hayvonlarni, flora va faunani muhofaza qilish bo‘yicha qo‘shma loyiha ishlab chiqish hamda amalga oshirish.
3. O‘zbekistonda yangi tashkil etilgan va etilayotgan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Protected planet” global ma’lumotlar bazasiga joylashtirish.
|
2024 — 2026-yillar
|
Xalqaro grant mablag‘lari
|
Ekologiya vazi�ligi
|
50.
|
Milliy dasturni amalga oshirish bo‘yicha Trast jamg‘armasi huzuridagi Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish bo‘yicha maslahat qo‘mitasining alohida ishchi guruhini tuzish.
|
1. Global yashil o‘sish institutining O‘zbekistondagi vakolatxonasi ishtirokida Milliy dasturni amalga oshirish bo‘yicha Trast jamg‘armasi huzuridagi Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish bo‘yicha maslahat qo‘mitasining alohida ishchi guruhini tuzish.
2. Maslahat qo‘mitasining alohida ishchi guruhi ish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.
|
2024-yil noyabr
|
Mablag‘ talab etilmaydi
|
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,
Ekologiya vazirligi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar
|
51.
|
Milliy dastur doirasida loyihalarni ishlab chiqish, amalga oshirish va monitoring qilishga xalqaro tashkilotlar, donor davlatlar va boshqa tashqi ko‘mak mablag‘larini jalb qilish maqsadida Ekologiya vazirining o‘rinbosarini BMTning Orolbo‘yi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama sheriklik trast jamg‘armasi boshqaruv qo‘mitasi tarkibiga kiritish.
|
Ekologiya vazirligi vakilini BMTning Orolbo‘yi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama sheriklik trast jamg‘armasi boshqaruv qo‘mitasi tarkibiga kiritish.
|
2024-yil
|
Mablag‘ talab etilmaydi
|
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,
Ekologiya vazirligi
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-noyabrdagi PF-199-son Farmoniga
9-ILOVA
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tizimida yangi tashkil etilayotgan tuzilmalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish
JADVALI
| |