|
V. “Yashil makon” umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni ta’minlash chora-tadbirlari
|
bet | 13/22 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 0,6 Mb. | | #159748 |
Bog'liq PF-199 23.11.2023 | V. “Yashil makon” umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni ta’minlash chora-tadbirlari
12.
|
Respublikaning barcha hududlarida tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda ekilgan ko‘chatlarning ko‘karuvchanlik ko‘rsatkichlari hamda ko‘chatlarning standartlarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.
|
1. Ekilgan ko‘chatlarning ko‘karuvchanlik ko‘rsatkichlari hamda ko‘chatlarning standartl�rini belgilashga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan o‘tkazish.
2. Sohaga oid xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish.
3. Ekilgan ko‘chatlarning ko‘karuvchanlik ko‘rsatkichlarini aniqlash hamda ko‘chatlarning standartlarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.
|
Mablag‘ talab etilmaydi
|
2024-yil dekabr
|
Ekologiya vazirligi,
O‘rmon xo‘jaligi agentligi,
Fanlar akademiyasi
|
13.
|
O‘rmon xo‘jaligi agentligi tizimidagi davlat o‘rmon fondi yer maydonlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazish.
|
1. Davlat o‘rmon fondi chegaralarini aniqlab chiqish.
2. Davlat o‘rmon fondining toifalarini xatlovdan o‘tkazish.
3. O‘rmon yer maydonlarining bo‘lim, bo‘lak, sarhadlarini belgilab chiqish.
4. Belgilangan tartibda yer hisobotlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish.
|
Respublika budjeti mablag‘lari
|
2024 — 2028-yillar
|
Ekologiya vazirligi,
O‘rmon xo‘jaligi agentligi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
“O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti,
Suv xo‘jaligi vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari
|
14.
|
“O‘rmon urug‘chiligi markazi” davlat muassasasi uchun ma’muriy bino, laboratoriya binolari va boshqa inshootlarini qurish va jihozlash.
|
1 “O‘rmon urug‘chiligi markazi” davlat muassasasiga talab etiladigan ma’muriy bino, laboratoriya va boshqa inshootlarini loyihasini tayyorlash.
2. “O‘rmon urug‘chiligi markazi” davlat muassasasini laboratoriyasini jihozlash uchun talab etiladigan o‘lchov, nazorat-asbob uskunalari ro‘yxati, miqdori va ularning texnik talablarini shakllantirish.
3. Talab etiladigan bino va inshootlar hamda o‘lchov, nazorat-asbob uskun�lari ro‘yxati, miqdori va ularning texnik talablarini O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi loyihasiga kiritish va xaridni amalga oshirish.
|
Respublika budjeti mablag‘lari hisobiga O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida
|
2024 — 2026-yillar
|
Ekologiya vazirligi,
O‘rmon xo‘jaligi agentligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
|
15.
|
Respublikada daraxt kasallik va zararkunandalariga qarshi kurashish tadbirlarini amalga oshirish tizimini shakllantirish uchun Daraxt kasallik va zararkunandalariga qarshi kurashish xizmatining moddiy texnik bazasini takomillashtirish choralarini ko‘rish.
|
1. “Yashil hudud” davlat unitar korxonasi tuzilmasidagi Daraxt kasallik va zararkunandalariga qarshi kurashish xizmatining moddiy texnika bazasini takomillashtirish, 2024-2026-yillarga mo‘ljallangan manzilli dasturini tayyorlash va tasdiqlash.
2. Daraxt kasallik va zararku�andalariga qarshi kurashish tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur asbob-uskunalar va mobil laboratoriyalar xaridi uchun Respublika davlat budjetidan 10 mlrd so‘m va Ekologiya vazirligining Ekologiya jamg‘armasidan 10 mlrd so‘m mablag‘lar ajratish.
|
Respublika davlat budjeti va Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari
|
2024 — 2026-yillar
|
Ekologiya vazirligi,
O‘rmon xo‘jaligi agentligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
|
16.
|
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida fuqarolar va tadbirkorlarning manzilli buyurtmalariga asosan — ularning mablag‘lari doirasida daraxt va buta ko‘chatlarini ekish va ularni parvarishlash tadbirlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Ekologiya vazirligi tomonidan “Yashil to‘lov” elektron xayriya to‘lov turini tashkil etish.
|
1. Ekologiya vazirligi huzurida jamoatchilik nazorati ostida boshqariladigan, a’zolik va yuridik shaxs tashkil etilmagan holda “Yashil to‘lov” elektron xayriya to‘lov turini joriy etish.
2. “Yashil to‘lov” elektron xayriya to‘lov turi mablag‘lari shakllanadigan maxsus hisob raqamini ochish.
3. “Yashil to‘lov” to‘lov turi to‘g‘risida Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish.
|
Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining budjetdan tashqari mablag‘lari
|
2024-yil fevral
|
Ekologiya vazirligi,
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi,
Markaziy bank,
Tijorat banklari,
Adliya vazirligi
|
17.
|
“Yashil makon” elektron platformasining ochiq va shaffof yuritilishini ta’minlash.
|
“Yashil makon” elektron platformasida aholi tomonidan daraxt va buta ko‘chatlarini ekish, ular ekilayotgan joylarning aniq manzili va suratlari, lokatsiyasi, sug‘orish tizimini yaratish va parvarish qilish jarayonlarini monitoring qilish imkonini yaratish.
|
Ekologiya jamg‘armasi
|
2024-yil mart
|
Ekologiya vazirligi
|
18.
|
“Yashil makon” umummilliy loyihasi tadbirlari doirasida ko‘kalamzorlashtirish va daraxtzorlar barpo etish tadbirlarini uzoq muddatli prognozlashtirish va rejalashtirish maqsadida hududlarning gidrogeologik potensialini baholash bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish orqali Respublika yer osti suvlari holati xaritasini yaratish.
|
1. Suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish maqsadida respublika hududining yer osti suvlarining holati bo‘yicha ilmiy-tahliliy o‘rganishlarni amalga oshirish.
2. Yer osti suvlarining holatini ilmiy-tahliliy o‘rganishlar natijalari bo‘yicha hududlarning gidrogeologik potensialini baholash.
3. O‘rganishlar natijasida Respublika yer osti suvlarining holati xaritasini yaratish va Vazirlar Mahkamasi, Ekologiya vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdim etish.
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjet mablag‘lari, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari
|
2024-yil dekabr
|
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, vazirlik va idoralar
|
19.
|
Respublika yer osti suvlari holati xaritasi hamda har bir hududning tuproq-iqlim sharoiti haqidagi ilmiy xulosalar asosida har yili tuman, shahar, viloyat kesimida qanday daraxt va buta turlarini ekish bo‘yicha 5 yillik dastur loyihasini ishlab chiqish.
|
1. Respublika yer osti suvlari holati xaritasi ma’lumotlari hamda har bir hududning tuproq-iqlim sharoiti haqidagi ilmiy xulosalarini tahlil qilish.
2. Tahlillar natijalariga ko‘ra har yili tuman, shahar, viloyat kesimida qanday daraxt va buta turlarini qaysi hududlarda ekish bo‘yicha 5 yillik dastur loyihasini ishlab chiqish.
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjet mablag‘lari
|
2025-yil dekabr
|
Ekologiya vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar
|
20.
|
Yashil bog‘ va yashil jamoat parklarini tashkil qilish uchun “Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan “Mening bog‘im” loyihalarini moliyalashtirish tartibini joriy etish.
|
Yashil bog‘ va yashil jamoat parklarini tashkil qilish uchun “Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan “Mening bog‘im” loyihalarini moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizom loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
|
Mablag‘ talab etilmaydi
|
2024-yil yanvar
|
Ekologiya vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Adliya vazirligi
|
21.
|
Ko‘chatchilik sohasiga xususiy tadbirkorlikni keng jalb qilish, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash hamda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishda o‘zaro aloqalarni mustahkamlash maqsadida “Ko‘chatchilik uyushmasi”ni tashkil etish masalasini o‘rganish.
|
1. Yuridik shaxs maqomiga ega “Ko‘chatchilik uyushmasi”ni tashkil etish masalasini jamoatchilik va soha mutaxassislari bilan muhokama qilish.
2. “Ko‘chatchilik uyushmasi”ni tashkil etish bo‘yicha hukumatga taklif kiritish.
|
Mablag‘ talab etilmaydi
|
2024-yil dekabr
|
Ekologiya vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi,
vazirlik va idoralar,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
22.
|
Zamonaviy, innovatsion va raqamli texnologiyalarni qo‘llagan holda o‘rmon xo‘jaliklarida manzarali ko‘chat yetishtirishga ixtisoslashgan ko‘chatxonalarini qurish.
|
1. Tajriba tariqasida har bir hududda 1 gektargacha zamonaviy, innovatsion va raqamli texnologiyalarni qo‘llagan holda quyidagi o‘rmon xo‘jaliklarida manzarali ko‘chat yetishtirishga ixtisoslashgan ko‘chatxonalarni qurish.
Bunda, issiqxonalar qurilib bitkazilgandan keyin jami yetti yilga bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti (uch yil imtiyozli davr) bilan jismoniy yoki yuridik shaxslarga auksion orqali berish.
2. Bitta o‘rmon xo‘jaligi hududini to‘liq raqamli texnologiyalar asosida nazorat qilish tizimiga o‘tkazish.
|
Ekologiya jamg‘armasi
|
2024 — 2026-yillar
|
Ekologiya vazirligi
|
23.
|
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida eksperiment tariqasida Toshkent shahri hududidagi daraxtlarni raqamlashtirish orqali ularning pasportini yaratish.
|
1. Quyidagilarni bosqichma-bosqich amalga oshirish:
birinchi bosqich (2024-yil 1-martga qadar) — aerokosmik tasvirlar va dasturiy vositalardan foydalangan holda mavjud daraxtlar to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi (yakka tartibdagi uy-joylar hududidagi daraxtlar bundan mustasno);
ikkinchi bosqich (2024-yil 1-noyabrga qadar) — xatlov natijasiga ko‘ra aniqlangan daraxtlarning turi, yoshi, bo‘yi, holati va joylashuv koordinatasini aks ettiruvchi ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi;
uchinchi bosqich (2024-yil 31-dekabrga qadar) — ma’lumotlar bazasi asosida “Yashil makon” elektron platformasida har bir daraxtga pasport shakllantiriladi va ID raqam beriladi.
|
Ekologiya jamg‘armasi, Toshkent shahar hokimligi mahalliy budjeti, grantlar, homiylik xayriyalari
|
Belgilangan muddatlarda
|
Toshkent shahri hududidagi daraxtlarni pasportlashtirish ishlarini muvofiqlashtiruvchi idoralararo respublika ishchi guruhi
|
2. Ushbu tadbirlarga haq evaziga volontyorlarni jalb qilish.
|
Ekologiya jamg‘armasi, Toshke�t shahar hokimligi mahalliy budjeti, grantlar, homiylik xayriyalari
|
Toshkent shahri hududidagi daraxtlarni pasportlashtirish ishlarini muvofiqlashtiruvchi idoralararo respublika ishchi guruhi
|
3. Ushbu tadbirlarni amalga oshirishga talab etiladigan 100 komplekt uskunalarni xarid qilishga zarur mablag‘larni ajratish.
|
Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi
|
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
|
24.
|
Farzand tug‘ilganida uning nomiga tamg‘alangan holda daraxt ko‘chatlarini ekishga mo‘ljallangan “Yangi avlod bog‘lari” hududlarini tashkil etish.
Bunda tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma olishda daraxtni ekish uchun buyurtma berish bo‘yicha davlat xizmatini joriy qilish hamda ushbu bog‘larni tashkil qilish va kafolatli saqlash mexanizmlarini joriy qilish.
|
1. Hududlarda “Yashil bog‘” va “Yashil jamoat parklari”ga ajratilishi nazarda tutilgan joylarni “Yangi avlod bog‘lari” uchun ajratish choralarini ko‘rish.
|
Mablag‘ talab etilmaydi
|
2024-yil mart
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
|
2. Davlat xizmatini joriy qilish va bunga tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish bo‘yicha tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda kiritish.
|
Mablag‘ talab etilmaydi
|
2024-yil aprel
|
Ekologiya vazirligi,
Adliya vazirligi
|
3. Daraxt ko‘chatlarini tanlash, ekish jarayonini monitoring qilish va ushbu xizmatdan foydalanish bo‘yicha platformani yaratish uchun “Ay-Ti” mutaxassislari orasida “xakaton” e’lon qilish.
|
Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari
|
2024-yil may
|
Ekologiya vazirligi
Raqamli texnologiyalar vazirligi
|
4. Davlat xizmati va platformani to‘laqonli yo‘lga qo‘yish.
|
Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari
|
2024-yil iyun
|
Ekologiya vazirligi
|
25.
|
Birlashgan millatlar tashkilotining Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi hadli konvensiyasi ishtirokchilarining 28-konferensiyasida O‘zbekiston Respublikasining samarali ishtirokini ta’minlash. Bunda, ko‘kalamzorlashtirish va cho‘llanishga qarshi kurashish masalalariga alohida e’tibor qaratish.
|
1. O‘zbekiston Respublikasining mazkur Konvensiyaga hamkorlik va muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organi (Ekologiya vazirligi) tomonidan Konvensiya kotibiyati bilan hamkorlik qilishga tegishli mutaxassis va eksportlarni jalb qilish.
2. Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi hadli konvensiya ishtirokchilarining 28-konferensiyasi doirasida Markaziy Osiyo davlatlarining iqlim tashabbuslarini birgalikda ilgari surish.
|
Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari va boshqa tegishli mablag‘lar
|
2023-yil noyabr-dekabr
|
Ekologiya vazirligi
(Abduxakimov)
|
26.
|
Daraxt va butalarni ekish tadbirlarini an’ana hamda milliy urf-odat va qadriyat darajasiga chiqarishga qaratilgan targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish.
|
1. Umumxalq bayramlari, xalqaro, respublika va hududlar darajasida o‘tkaziladigan konferensiyalar, qabullar, forumlar va boshqa tadbirlarda ko‘chat ekish an’anasini tizimli yo‘lga qo‘yish.
2. Aholi o‘rtasida turli sanalar (to‘y, farz�nd tug‘ilishi, yubiley, xotirlash marosimlari va boshqalar) munosabati bilan ko‘chat ekishni milliy urf-odat va qadriyat darajasiga chiqarishga qaratilgan targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish.
3. Raqamli texnologiyalar yordamida ko‘chat ekishni targ‘ib qiluvchi rolik, dastur, mobil ilova va anonslar yaratilishi va yoritilishini ta’minlash.
|
Tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari
|
Doimiy
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
Ekologiya vazirligi,
Yoshlar siyosati va sport vazirligi,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi,
Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi
|
27.
|
Mazkur Farmonning ahamiyatini va uni amalga oshirish jarayonini ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish.
|
1. Farmonda belgilangan tadbirlarning ijrosi, erishilgan natijalar hamda tahliliy ma’lumotlarni televideniya, radio va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng ommaga yetkazish.
|
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
|
Belgilangan muddatlarda
|
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, Ekologiya vazirligi
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-noyabrdagi PF-199-son Farmoniga
7-ILOVA
Toshkent shahri hududidagi daraxtlarni pasportlashtirish ishlarini muvofiqlashtiruvchi idoralararo respublika ishchi guruhi
TARKIBI
1.
|
A.A. Abduxakimov
|
—
|
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri, Respublika ishchi guruhi rahbari
|
2.
|
Sh.B. Umurzoqov
|
—
|
Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi, Respublikaishchi guruhi rahbari o‘rinbosari
|
3.
|
B.A. Musayev
|
—
|
kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri
|
4.
|
Sh.S. Xidoyatov
|
—
|
qurilish uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari
|
5.
|
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
V. “Yashil makon” umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni ta’minlash chora-tadbirlari
|