1-topshiriq Guruh: 033-19 Talaba: Baxromxo‘jayev Xayriddin Vazifa – 1




Download 23.02 Kb.
bet2/2
Sana12.05.2023
Hajmi23.02 Kb.
#58928
1   2
Bog'liq
Psixologiya 1-topshiriq
fizika.amaliy, 1658889531, 11 sinf fizika masalalar yechimi, Q. Yakubov - Oqova suvlarini tozalash, TAQDIMOT, Ovoz yozuvchi va ularga ishlov beruvchi tahrirlagichlar(dasturla, Ovoz va video lavhalarga ishlov berish. Reja Videomontaj dastu
Vazifa – 3

1. Har qanday fan o‘zining ilmiy-tadqiqot metodlariga ega. Bu metodlari orqali u o‘z mazmunini boyitib, yangilab boradi. Hayotda va obyektiv dunyoni bilish nazariyasida nimani o‘rgatish va qanday o‘rgatish kerak, kimni qanday tarbiyalash lozim degan masalalar mavjud bo‘lib, ular o‘zaro bog‘liqdir. Nima qilish kerak va qanday amalga oshirish lozim – degan muammolar o‘rtasida dialektik birlik mavjuddir.


Pedagogika o‘z mazmunini boyitish va yangilash maqsadida mavjud pedagogik hodisa hamda jarayonlarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan metodlari bilan o‘rganadi. Shu ma‘noda pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari deganimizda yosh avlodni tarbiyalash, bilim berish va o‘qitishning real jarayonlariga xos bo‘lmagan ichki aloqa va munosabatlarni tekshirish, bilish metodlari, uslublari hamda vositalari majmuini tushunamiz. Pedagogika o‘qitish, bilim berish, tarbiyalash jarayonlarini va ularning mohiyatini quyidagicha o‘rganishni nazarda tutadi:
1) ularning umumiy aloqasi, bir-birini taqozo etishi hamda o‘zaro ta‘sir jarayonida bolalarni o‘qitish, tarbiyalash, fan, madaniyat, axloq va san‘at, ta‘lim-tarbiyaning qayerda amalga oshirilishidan qat‘iy nazar uzviy aloqada bo‘lishi;
2) ularning to‘xtovsiz harakati, o‘zgarishi va taraqqiy etish jarayonida vujudga keladigan o‘qitish hamda tarbiyalash vazifalari, metodlarining o‘zgarishi, hamma bolalarni bir xil andozada o‘qitish va tarbiyalash mumkin emasligi;
3) bolalarning o‘sishida ularning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, aqliy va xulqiy faoliyat, so‘z va ish birligi mezonlariga tayanish;
4) bolalar kamolotiga ta‘sir etuvchi an‘ana, urf-odatlar, ular eskilik bilan yangilik, o‘rtasida yuz beradigan nizolarni hisobga olish, o‘zaro tanqid va hokazo.
2. Muloqot odamlar oshiradigan faoliyat ichida yetakchi o’rinni egallab, u insondagi eng muhim extiejni - jamiyatda yashash va o’zini shaxs deb hisoblash bilan bog’liq etiejini kondiradi. Shuning uchun ham har bir inson uchun ahamiyati kattadir.
M u l o k o t - odamlarning birga likda faoliyatlari extiyojlaridan kelib chiqadigan turli faolliklari mobaynida bir - birlari bilan o’zaro munosabatlarga kirishish jarayonidir. Ya’ni har bir shaxsning jamiyatda ado etadigan ishlari (mehnat, ukish, o’yin, ijod qilish va boshqalar) o’zaro munosabat va o’zaro ta’sir shakllarini o`z ichiga oladi. Chunki har qanday ish odamlarning bir birlari bilan til topishishi, bir birlariga turli xil ma’lumotlarni uzatishni, fikrlar almashuvi kabi murakkab xamkorlikni talab qiladi. Shuning uchun har bir shaxsning jamiyatga tutgan o’rni, ishlarining muvaffakiyati, obrusi uning muloqotga kirisha olish qobiliyati bilan bevosita bog’liqdir.
Bir qarashga osonga o’xshagan shaxslararo muloqot jarayoni aslida murakkab jarayon bo`lib, unga odam hayoti mobaynida o’rganib boradi. Muloqotning psixologik jixatdan murakkab ekanligi haqida B. F. Parigin shunday yozadi:"Muloqot shunchalik ko’p kirralik jarayonki, unga bir vaqtning o’zida quyidagilar kiradi:
a) individlarning o’zaro ta’sir jarayoni; b) individlarning o’rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni; v) bir shaxsning boshqa shaxsga munosabati jarayoni; g) bir kishining boshqalarga ta’sir ko’rsatish jarayoni; d) bir-birlariga hamdardlik bildirish imkoniyati; e) shaxslarning bir-birlarini tushunishi jarayoni; Muloqotning turli shaklllari yoki bosqichlari mavjud bolib, dastlabki bosqich - odamlarning oz-o’zi bilan muloqotidir.
3. Pedagogika fani yakka holda mukammallikka erisha olmaydi. U ham boshqa fanlar singari ijtimoiy fan yutuqlaridan foydalanadi va mazmunan boyib boradi. Hozirgi kuniizda umumbashariyat tomonidan yaratilgan bilimlar va kelajak haqida ma‘lumot beruvchi nazariyalar muayyan darajada pedagogika fani uchun manba bo‘ladi. Boshqa fanlar kabi pedagogika har bir insonning ijtimoiy kamolotiga xizmat qiladi. Tabiat va jamiyatning rivojlanish qoidalari to‘g‘risidagi ma‘lumotlarga asoslanadi va o‘zi ham ijtimoiy fan sifatida rivojlanib boradi.
Avvalo har bir o‘quvchi, o‘qituvchi-murabbiy o‘z ona yurti tarixini bilish, uni sevishi, vatanparvar bo‘lishi zarur. Ta‘lim-tarbiya tarixi, pedagogika tarixi fanidan xabardor bo‘lmay turib pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish mumkin emas. Pedagogika nazariyasini chuqurroq anglash uchun esa uning o‘tmishdagi taraqqiysini bilmoq kerak.
Tarbiyaning mohiyatini ilmiy asosda tushunish uchun aniq tarixiy shariatda uning taraqqiy etishi qonuniyatlarini bilish zarur.Shuning uchun pedagogika ijtimoiy fanlardan biri sifatida ijtimoiy fanlar bilan yaqin aloqada rivojlanib boradi. Tarbiya maqsad va vazifalarini inson shaxsining har tomonlama rivojlanish qonuniyatlarini ishlab chiqarish jarayonida tarix, falsafa, iqtisod, sosiologiya, etika, estetika, umumiy psixologiya, yosh psixologiyasi, pedagogik psixologiya, kasb psixologiyasi, oila psixologiyasi, ijtimoiy psixologiya odam psixologiyasi, harbiy psixologiya va fiziologiyasi bolalar gigienasi, pediatriya, medisina, kibernetika va boshqa fanlar bilan aloqa qiladi. Psixologiya fani bilan aloqasini tahlil qilamiz. Pedagog o‘quvchilarga ta‘lim-tarbiya berishda ularni sezgisi, idroki, tasavvur, diqqat, tafakkur va xotirasi kabi psixik jarayonlarni bilish darkor. Shuning uchun pedagogika fani psixologiya fani bilan alohida ish olib boradi. Har bir fan o‘z rivojlanishida o‘z nazariyalarini boyitishda o‘zining ichki ilmiy yo‘nalishlariga tayanib, takomillashib boradi. Hozirgi davrda umuminsoniyat tomonidan yaratilgan bilimlar va kelajak haqida axborot, ma‘lumot beruvchi turli fanlar muayyan darajada pedagogika fani uchun manba bo‘ladi. Boshqa fanlar kabi pedagogika har bir insonning umumiy kamolatiga xizmat qiladi.
O‘qituvchi-tarbiyachiyoshlargabilimberish, ma‘lumotliqilish, tarbiyalashmaqsadidaungatizimlita‘sirko’rsatadi.Bunda psixologiya va ijtimoiy omillarga asoslanadi. Ya‘ni, ko‘rsatilayotgan ta‘sirning samarasini bilish uchun o‘quvchining sezgi, idroki, tasavvur, diqqat va tafakkur- fikrlash jarayonining qanday kechayotganini bilishga asoslanib ta‘sir ko‘rsatish rejasini belgilaydi. Demak, pedagogika fani psixologiya va sotsiolagiya kabi fanlar bilan uzviy bog‘langandir.
Falsafa fani esa pedagogika fani uchun metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi. Chunki, hozirgi ta‘lim-tarbiya nazariyasi yutuqlari falsafiy fikrlar kurashi va taraqqiyotining mahsulidir. Falsafa pedagogikani ilmiy usullar bilan qurollantiradi, ta‘lim va tarbiyaning ob‘ektiv qonun-qoidalarini ishlab chiqishga manba bo‘ladi.
Umuman, pedagogika fani o‘z oldidagi maqsad va vazifalarni hal etishda boshqa fanlar yutuqlaridan foydalanmasdan ish olib borish mumkin emas degan xulosaga kelish mumkin.
Download 23.02 Kb.
1   2




Download 23.02 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-topshiriq Guruh: 033-19 Talaba: Baxromxo‘jayev Xayriddin Vazifa – 1

Download 23.02 Kb.