1. Viruslarining asosiy xossasini. Gripp, paragripp, qizamiq, gepatitlar keltirib chiqaradigan kasalliklari




Download 76.43 Kb.
bet5/8
Sana10.05.2022
Hajmi76.43 Kb.
#20810
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
17-Mavzu
Informatika va informatsion texnologiyalar faniga kirish va kurs (1), Mavzu Tibbiyotda ishchi o’rinlarini avtomatlashtirishda va tibb, 1-mavzu
-------Gripp virusi Otrhomyxoviridae oilasiga kiradi.
Bu oilaga odamlarda, hayvonlarda va qushlarda kasallik keltirib chiqaruvchi viruslar ham kiradi.
Morfologiyasi. Gripp virusining tuzilishi murakkab. Uning tarkibiga bitta RNK ipchasi kiradi va u nukleokapsid, spiralsimon va lipiduglevod proteinli (yog‘, uglevod, oqsil) qobiq bilan himoyalangan. Kapsomer- larining miqdori to‘liq aniqlanmagan. Virusni, asosan, sferik shakli, kamroq hollarda ipsimon shakllari ham uchrab turadi. RNK xo‘jayin to‘qimasi yadrosida sintezlanadi. Virusning oqsili esa sitoplazmada sintezlanadi. Virus tarkibi to‘qima qobig‘iga yaqin holda tashkil topgan.
Kultural xossasi. Gripp virusi tovuq embrionining aminotik va al­lantois qobig‘ida yaxshi rivojlanadi. Bundan tashqari, maymun buyrak to‘qimasi kulturasida va odam embrionida yaxshi rivojlanadi.
Antigenlik tuzilishi. Gripp virusi S — antigenini saqlaydi, komplement bog‘lanish reaksiyasida ular A, B, C turlariga bo‘linadi. A virusida yana 2 ta antigen—gemagglutinin va neytraminidaza antigenlari aniqlangan. Gemagglutinin 4 ta (H, H, H2, H3), neyraminidaza 2 ta (Nj va N2) hisoblanadi. B tur virusi chidamli, C tur virusi eng chidamli hisoblanadi.
Gripp virusi o‘z tarkibida kichik turlarini saqlaydi.
Chidamliligi. 65°C harorat ta’sirida 5—10 daqiqada, 50°C ta’sirida bir necha daqiqada nobud bo‘ladi. Uy haroratida bir necha daqiqadan so‘ng inaktivatsiyalanadi. Kislota, ishqor, efir, dezinfeksiyalovchi moddalar ta’sirida tez nobud bo‘ladi. UBN (ultrabinafsha nur) ta’siriga sezgir.
Infeksiya manbai. Kasal odam infeksiya manbai hisoblanadi.
Tarqalish yo‘li. Havo-tomchi (gaplashganda, aksirganda, yo‘tal- ganda) yo‘li orqali tarqaladi.
Patogenezi. Virus yuqori nafas yo‘li shilliq pardalari orqali kirib, uning epitelial hujayralariga kiradi va qonga so‘riladi hamda intoksikatsiyani keltirib chiqaradi. Viruslar shilliq qavatdagi to‘qimalarni nobud qiladi. Bu esa boshqa mikroblarni ham organizmga kirib kasallik keltirib chiqarishiga sababchi bo‘ladi (masalan, zotiljam, bronxit va b.).
Bundan tashqari, u sil kasalligini kelib chiqishiga ham qulay sharoit yaratib beradi. Kasallikdan so‘ng tipospetsifik immunitet yuzaga keladi.
Profilaktikasi. Bemorlarni izolatsiya, gospitalizatsiya qilish, xonalarni shamollatish, namli sharoitda tozalash va boshqalar. Organizmni sovuq olishining oldini olish, ya’ni interferonni kam ishlab chiqarilishini oldini olish.
Maxsus profilaktikasi. Tirik vaksina qo‘llaniladi. Uning tarkibida A va B turli kuchsizlangan viruslar mavjud. Bolalarning og‘zidan yuboriladigan tirik vaksina ham ishlab chiqilgan. Grippdan saqlanish uchun interferonli va oksalinli surtmalar qo‘llaniladi. Sanitariya maorifi ishlarini olib borish, kasallikning oldini olishda muhim ahamiyatga ega.
Davosi. A gripp virusida yo‘talning oldini olish uchun remantadin qo‘llaniladi. Ikkilamchi infeksiyaning oldini olish uchun antibakterial preparatlar beriladi.

Download 76.43 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 76.43 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Viruslarining asosiy xossasini. Gripp, paragripp, qizamiq, gepatitlar keltirib chiqaradigan kasalliklari

Download 76.43 Kb.