tiklanadigan energiya manbalari
Zamonaviy materiallar va yangi texnologiyalar: perovskit va 3D-pechat shamol va
quyosh energetikasini tubdan o‗zgartirib yuborishi mumkin.
Perovskit yordamida quyosh energiyasini olish texnologiyasi jadal sur‘atlarda
rivojlanib bormoqda. Ushbu texnologiya kashf etilganidan keyingi 10 yil ichida
quyosh panellarining foydalilik koeffitsientini keskin oshirish imkonini yaratdi.
Ushbu koeffitsientga kremniydan foydalanib erishish uchun 50 yildan ortiq vaqt
zarur bo‗lgan edi. 2018 yilning iyun oyida Buyuk Britaniya va Germaniyaga
tegishli innovatsion kompaniya quyosh nurlarini elektrenergiyaga aylantirish
bo‗yicha yangi eng yuqori – 27,3%lik ko‗rsatkichga erishdilar.