quvvatlariga ega bo‗lish imkoniyatini bersa-da, ushbu imkoniyat aksariyat hollarda
yirik kompaniyalarga tegishlidir. PPA korporativ xaridlarning keng tarqalayotgan
dastagiga aylanib bormoqda.
Korporatsiyalar tomonidan 2019 yilda dunyoning 23 ta mamlakatida 20Gvt
miqdorida PPA imzolangan
8
. Ushbu ko‗rsatkich oxirgi o‗n yilda kormporatsiyalar
tomonidan imzolangan kelishuvlarning 40%ini tashkil etadi. Google kompaniyasi
2,7 GVt ga teng tiklanadigan energiya xarid qilish orqali 2019 yilning eng yirik
korporativ xaridoriga aylandi. 2020 yilning boshlarida dunyoning 229 ta yetakchi
korporatsiyalari RE100 tashabbusiga qo‗shilishdi va yuz foiz tiklanadigan
energiyadan foydalanish majburiyatini olishdi
149
.