|
1. “Yashil iqtisodiyotni” rivojlantirishda tiklanadigan energiya manbalarining o„rniBog'liq 7-MavzuYashil energetika barqaror iqtisodiy rivojlanish 2.
Iqtisodiy dastaklar.
Mazkur dastaklar energetika sohasida narx mexanizmi
va iqtisodiy sub‘ektlar faoliyatini o‗zgartirishga xizmat qiluvchi bozor
munosabatlari yordamida ishlaydi. ―Yashil energetika‖ni rivojlantirishni qo‗llab-
quvvatlashning iqtisodiy dastaklari turli-tuman bo‗lib, jahon amaliyotida quyidagi
dastaklardan faol foydalaniladi.
Imtiyozli kreditlash dasturlari.
Yaponiyada ushbu o‗n yillik dastur muqobil
energiya manbalaridan foydalanish va ortiqcha ishlab chiqarilgan elektr energiyani
sotib olishni qo‗llab quvvatlash uchun ajratilgan. Bu kabi dasturlar Italiya,
Shvesiya, Germaniya, Koreya Respublikasida energiya samaradorligi yuqori
texnolgiyalarni harid qilishda soliq va boshqa imtiyozlar berish ko‗rinishida keng
qo‗llaniladi.
Davlat subsidiyalari va dotatsiya.
Daniya hukumati tomonidan issiqlik ta‘minoti
tizimini bioyoqilg‗iga o‗tkazish oqibatida iste‘molga uzatiladigan issiqlik
energiyasi narxi o‗sadigan bo‗lsa, u holda investitsiya subsidiyasi taqdim etiladi.
Shuningdek ishlab chiqarishning energiya samardorligini oshirish va issiqlik
elektrstansiyalarini modernizatsiya qilish loyihalariga ushbu imkoniyat joriy
etiladi.
Ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari uchun investitsiyalar.
2019
yilda tiklanadigan energiya manbalarini o‗zlashtirish uchun yo‗naltirilgan venchur
kapitali miqdori bo‗yicha Hindiston (1,4 mlrd. Doll.), AQSh (797 mln. doll.) va
Yevropa mintaqasi (443 mln. doll) yetakchilik qilishdi
10
.
Sertifikatlashtirish dasturlari.
AQShda ishlab chiqarish korxonalari energiya
samaradorligini doimiy oshirishni ta‘minlash uchun 2012 yildan boshlab ―Yuqori
energiya samaradorligi‖ (Superior Energy Performance) sertifikatlash dasturi
amaliyotga joriy qilingan. Ushbu dasturning asosiy maqsadi energiya
menejmentiga ISO 50001 xalqaro standartini joriy qilish bo‗lib, bunda energiya
samaradorligi bo‗yicha maqsadlarni o‗rnatish va erishilgan yutuqlarni doimiy
nazorat qilib borish talablari qo‗shimcha tarzda o‗rnatilgan
11
.
|
| |