O„zbekistonda “yashil energetika”ni rivojlantirish istiqbollari




Download 0,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/22
Sana28.06.2024
Hajmi0,92 Mb.
#266058
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
7-MavzuYashil energetika barqaror iqtisodiy rivojlanish

 
5. O„zbekistonda “yashil energetika”ni rivojlantirish istiqbollari.
O‗zbekistonda iste‘mol qilinayotgan elektrenergiyaning
katta qismi (88,7%) 
issiqlik elektrostansiyalarida ishlab chiqariladi. Bunda energiya iste‘moli 
tarkibining o‗zagini neft va gaz resurslari tashkil etadi. Tabiiy gaz va neftdan 
foydalanishning hozirgi darajasi saqlanib qolgan holda ularning zaxiralari tabiiy 
gaz va neftga bo‗lgan ehtiyojni 20-30 yil davomida qondirishga yetishi mumkin. 


Agar milliy iqtisodiyotda elektr energiyasiga bo‗lgan yillik ehtiyoj hozirgi 59-60 
mlrd. kVt/soatdan 2030 yilga borib 107 mlrd. kVt/soatgacha ortishiini e‘tiborga 
oladigan bo‗lsak, tabiiy neft va gaz zaxiralarining tugash muddati yanada 
qisqarishi tabiiy.
Mamlakatimizda iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanishi va aholi ehtiyojlari o‗sishi 
natijasida elektr energiyasiga bo‗lgan ehtiyoj kun sayin ortib bormoqda. 2000 yilda 
bir nafar maishiy foydalanuvchi bir oyda 114 kVt/soat elektr energiyasi ishlatgan 
bo‗lsa, oxirgi yillarda bu ko‗rsatkich 200 kVt/soatga yetdi. Bugungi kunda 
respublikamiz bo‗yicha elektr energiyasidan umumfoydalanishda aholi ulushi 
26,5%ga yetgan. Vaholonki, 1990 yilda ushbu ko‗rsatkich 13,9%ga teng edi. 
Elektr energiyasi ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlar tarkibida tabiiy gaz, 
mazut, ko‗mir ulushi 43 foizga teng. Mamlakat issiqlik elektr stansiyalarida yiligi 
17 mlrd. m3 tabiiy gaz sarflanmoqda. Issiqlik elektr stansiyalarida sarflanayotgan 
gazni qo‗shimcha qiymat yaratish (sintetik yoqilg‗i, polipropilen olish) 
jarayonlariga yo‗naltirish ijtimoiy (aholi bandligi, atrof muhit muhofazasi) 
muammolarni hal etish imkoniyatlarini yanada oshiradi
13
.
Mutaxassislar tomonidan O‗zbekistonning umumiy energiya tejash salohiyati 
yiliga 3 mln. tonna neft ekvivalentida baholanmoqda. Ulardan foydalanish 
natijasida 40 mln. tonna ortiqcha chiqindi gazlarini kamaytirish imkoni bor. 
Energiya tejash energiya resurslariga bo‗lgan talabni qondirish uchun yangi elektr 
va issiqlikni ishlab chiqarish quvvatlarini qurishdan 2-5 barobar ko‗proq foydali 
bo‗ladi. Iqtisodiyotning energiya ko‗p sarflaydigan tarmoqlarida energiya 
samaradorligini oshirish bo‗yicha kompleks chora-tadbirlarni joriy etish 30-40% 
gacha energiya sarfini tejash imkonini beradi
14
.
Hozirgi vaqtda ―yashil energetika‖ turi hisoblangan gidroelektrostansiyalar va 
qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisobidan ishlab chiqarilayotgan elektr 
energiyasi jami elektrenergiyaning bor-yo‗g‗i 11,3%ini tashkil etmoqda. Hisob-
kitoblar ko‗rsatishicha, O‗zbekistonda muqobil energiya manbalarining katta 
imkoniyatlari mavjud. Quyosh energiyasi, kichik daryolar, suv omborlari va 
kanallar, organik va noorganik chiqindilardan ishlab chiqariladigan biogaz 
energiyasi bu borada istiqbolli hisoblanadi. O‗zbekistonda quyosh energiyasidan 
foydalanish imkoniyatlari juda yuqori. Mamlakatimizda yil davomida quyoshli 
kunlar soni 320 kundan ortiqni tashkil etadi va quyosh energiyasi miqdori 51 mlrd. 
tonna neft ekvivalentidan oshib ketadi. Elektr energiyasini ishlab chiqarishda 
quyosh 
elektrostansiyalaridan 
an‘anaviy 
manbalar 
bilan 
birgalikda 


uyg‗unlashtirilgan holda foydalanish har yili 1,8 mlrd. kub metr tabiiy gazni tejab 
qolish imkonini beradi.
Yevropalik mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‗ra, O‗zbekistonda bir yilda 
yillik iste‘mol hajmidan 40 baravar ko‗p elektrenergiya ishlab chiqarish imkoniyati 
mavjud va zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga keng miqyosda joriy etish 
orqali 2030 yilga qadar mamlakat yalpi ichki mahsulotining energiya 
sig‗imkorligini ikki baravarga kamaytirish mumkin
15
.
―Yashil energetika‖ni rivojlantirish O‗zbekistonda energetik, ekologik, iqtisodiy 
xavfsizlikni ta‘minlashda va energetika sohasini barqaror rivojlanishi uchun 
muhim ahamiyatga ega. So‗nggi yillarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan 
foydalanishni rivojlantirish borasida keng ko‗lamli chora-tadbirlar amalga 
oshirilmoqda. O‗zbekiston Respublikasining ―Qayta tiklanuvchi energiya 
manbalaridan foydalanish to‗g‗risida‖gi Qonuni, O‗zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2015 yil 5 maydagi ―Energiya tejovchi texnologiyalar va tizimlarni 
joriy etish bo‗yicha chora-tadbirlar dasturi‖ to‗g‗risidagi PQ-2343-sonli, 2017 yil 
26 maydagi ―2017 — 2021 yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada 
rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini 
oshirish chora-tadbirlari dasturi to‗g‗risida‖gi PQ-3012son, 2017 yil 8 noyabrdagi 
―Energiya resurslaridan oqilona foydalanishni ta‘minlash chora-tadbirlari 
to‗g‗risida‖gi PQ-3379-son, 2020 yil 13 may kuni ―Samarqand viloyatida quvvati 
100 mvt bo‗lgan fotoelektrik stansiyani qurish‖ investitsiya loyihasini amalga 
oshirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PQ-4712-son qarorlari shular jumlasidandir.
Respublikamizda tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni davlat 
tomonidan rag‗batlantirish maqsadida tadbirkorlik sub‘ektlari uchun qator soliq 
imtiyozlari va preferensiyalar qo‗llaniladi
16
:
-
qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini ishlab chiqaruvchilar 
davlat ro‗yxatidan o‗tkazilgan sanadan e‘tiboran besh yil muddatga soliqning 
barcha turlarini to‗lashdan;
-
qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini (nominal quvvati 0,1 
MVt va undan ortiq bo‗lgan) o‗rnatganlik uchun ular foydalanishga topshirilgan 
paytdan e‘tiboran o‗n yil muddatga mol-mulk solig‗ini hamda ushbu qurilmalar 
bilan band bo‗lgan uchastkalar bo‗yicha yer solig‗ini to‗lashdan;
-
ishlab turgan energetika resurslari tarmoqlaridan to‗liq uzib qo‗yilgan 
yashash uchun mo‗ljallangan joylarda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan 


foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanilgan 
oydan e‘tiboran uch yil muddatga yer solig‗ini to‗lashdan ozod etiladi.
Mamlakatda 2018 yil 1 yanvardan boshlab Energiya resurslaridan oqilona 
foydalanishni ta‘minlash
maqsadida
17
:
-
davlat organlari va muassasalarining bino va inshootlari, shuningdek, ko‗p 
kvartirali uy-joy fondini loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish, qurish va 
foydalanishga topshirishda ularda energiya samarador va energiya tejamkor 
texnologiyalardan foydalanilganligi yuzasidan shaharsozlik normalari va 
qoidalariga muvofiqligi tekshiriladi; - yakka tartibdagi uy-joy qurilishidan tashqari, 
barcha bino va inshootlarni loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish va qurishda, issiq 
suv ta‘minoti uchun sertifikatlangan quyosh suv isitkich qurilmalarini, shuningdek, 
energiya tejamkor lampalarni majburiy tartibda o‗rnatish ko‗zda tutiladi.
Mamlakatimizda ―yashil energetika‖ni rivojlantirishda dastlabki amaliy qadamlar 
tashlandi. Jumladan, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 oktabrda 
Fransiya Respublikasiga rasmiy tashrifi davomida ―Total Eren SA‖ (Fransiya) 
kompaniyasi bilan Samarqand viloyatida umumiy quvvati 100 MVt bo‗lgan 
fotoelektrik stansiyani loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish va ishlatish 
to‗g‗risida hamkorlik bitimi imzolanganligi, ushbu investitsiya loyihasini amalga 
oshirish uchun O‗zbekiston Respublikasida ish yuritadigan ―Tutly Solar‖ 
mas‘uliyati cheklangan jamiyati shaklida xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona 
ta‘sis etildi. 2019 yil 13 sentabrda Investor va Loyiha kompaniyasi o‗rtasida 
Investitsiya bitimi tuzildi. ―O‗zbekiston milliy elektr tarmoqlari‖ AJ va Loyiha 
kompaniyasi o‗rtasida Elektr energiyasini sotib olish to‗g‗risida bitimga muvofiq 
loyiha doirasida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi ―O‗zbekiston milliy elektr 
tarmoqlari‖ AJ tomonidan yagona xaridor sifatida sotib oladi
18
.
2019 yilda BAA Masdar Clean Energy kompaniyasi 100 MVt quvvatga ega 
quyosh elektrstansiyasini qurish huquqini qo‗lga kiritdi (1 kVt*s narxi 2,679 sent). 
Tenderda Xitoy, Koreya Respublikasi, Yaponiya, Saudiya Arabistoni, Rossiya va 
boshqa mamlakatlardan 23 ta kompaniya qatnashdi. Tijorat tenderida ―Acwa 
Power‖ (Saudiya Arabistoni); ―Jinko Power‖ va ―Aljoimah Energy & Water 
Consortium‖ (Xitoy/ Saudiya Arabistoni); ―Masdar‖ (BAA); ―TBEA Xinjianing 
Sunoasis Co Ltd‖ (Xitoy) va ―Total Eren‖ (Fransiya) kompaniyalari ishtirok etdi. 
Yaqin istiqbolda quyosh energetikasi sohasida 400 va 500 MVt quvvatga ega yangi 
ikkita loyiha e‘lon qilinishi kutilmoqda. 2030 yilga qadar mamlakatda quyosh 
energiyasi miqdorini 5 GVt ga yetkazish va umumiy energiya iste‘moli tarkibida 
tiklanadigan energiya manbalari ulushini 21%ga yetkazish rejalashtirilgan.


5.5.1-jadval 

Download 0,92 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Download 0,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 O„zbekistonda “yashil energetika”ni rivojlantirish istiqbollari

Download 0,92 Mb.
Pdf ko'rish