maqsadli parametrlarga erishish uchun sanoatni texnik qo‗llab-quvvatlash,
maslahat va iqtisodiy rag‗batlar ko‗rsatiladi.
Grantlar
. Rivojlangan davlatlar hukumatlari tomonidan korxonalarga energiya
samaradorligini oshirish dasturlarini ishlab chiqish uchun grantlar shaklida yordam
berish qonun bilan belgilab qo‗yilgan. Masalan, Qo‗shma
Shtatlarda ushbu
dasturlarni amalga oshirishda sanoat birlashmalarini qo‗llab-quvvatlash qonun
bilan ruxsat etiladi. Daniya hududida issiqlik tarmoqlarini qurish va ta‘mirlash
uchun investitsiya grantlari mavjud bo‗lib, kapital qo‗yilmalarning 30-60
foizi
qoplanadi.
Energiya resurslari narxini tartibga solish.
Shvesiyada elektr energiyasini oxirgi
iste‘molchilarga sotish bahosi
bevosita elektr narxidan, energetik samaradorlik
uchun ―yashil sertifikatlar‖, tarmoqdan foydalanish haqi va soliqlardan (energiya
solig‗i va qo‗shilgan qiymat solig‗i) iborat bo‗lsa, Qozog‗istonda qayta tiklanuvchi
manbalardan elektr energiyasi ishlab chiqarishni amalga
oshiruvchi investorlarga
soliq imtiyozlari, muddati kafolatli va qat‘iy belgilangan tariflarda sotish bo‗yicha
uzoq muddatli shartnomalar tuzish qonun bilan mustahkamlangan.
3. Axborot dastaklari.
Ushbu dastaklar ―yashil energetika‖ni ommalashtirishga
xizmat qiluvchi chora-tadbirlardan iborat bo‗ladi. AQShda 1992
yildan boshlab
Energetika vazirligi va Atrof-muhit muhofazasi agentliklari tomonidan ishlab
chiqilgan ―Energy Star‖ dasturi amal qiladi. Mazkur
dastur doirasida energiya
iste‘moli o‗rtacha energiya iste‘moli ko‗rsatkichidan 20-30%ga past bo‗lgan
qurilmalar ―Energy Star‖ dasturining obro‗li logotipi bilan markirovkalanadi.
Hozirda ―Energy Star‖ logotipini 60 dan ortiq guruh tovarlarda ko‗rish mumkin.
Bu dastur doirasida litsenzion va hamkorlik kelishuvlari sanoat sohasi (2000 dan
ortiq), chakana savdo (2000 dan ortiq), qurilish kompaniyalari (6000 dan ortiq) va
biznesning boshqa sohalarida amal qiladi. 2017 yilda ―Energy Star‖ mahsulotlarini
sertifikatlash bilan 23 ta mustaqil tashkilot va 255 ta laboratoriyalar faoliyat olib
borgan
12
.