Bog'liq 7-MavzuYashil energetika barqaror iqtisodiy rivojlanish
4. “Yashil energetika”ni davlat tomonidan qo„llab-quvvatlashning xorij tajribasi. ―Yashil energetika‖ milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta‘minlash uchun
ishlab chiqarishning energiya sig‗imini qisqartirish, energiya tejovchi
texnologiyalar va tiklanadigan energiya manbalarini tadbiq etish orqali mahsulot
tannarxini kamaytirishni talab etadi. Energiya tejamkorligi texnik jihatdan amalga
oshirsa bo‗ladigan, iqtisodiy jihatdan asoslangan, ekologik va ijtimoiy nuqtai
nazardan maqbul bo‗lgan hayotimizning odatiy tarzini o‗zgartirmaydigan
innovatsion qarorlarni qabul qilish hisobidan energiya resurslaridan samarali
foydalanish imkoniyatlaridir.
Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida energiya sig‗imkorligini pasaytirish
sabablaridan biri yangi texnika va yuqori texnologiyalarning imkoniyatlaridan
samarali foydalanish hisoblanadi. Ushbu imkoniyat o‗z navbatida energiyani tejash
va energiya samaradorligini oshirishni mamlakatning ilmiy-texnologik rivojlanish
strategiyasida ustuvor yo‗nalishlardan biri sifatida qabul qilinganligi bilan
izohlanadi. Dunyoning aksariyat mamlakatlarida energetika va atrof-muhit
muhofazasi sohasida amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik
ishlariga xarajatlar shu turdagi jami xarajatlarning 4,5%ini, atrofmuhitga
ajratilayotgan xarajatlar esa 1,7%ni tashkil etadi
9
.
Jahonda ―yashil energetikani‖ rivojlantirish tajribasi tahlili, sohani tartibga
solishning ma‘muriy, iqtisodiy va axborot dastaklari mavjudligini ko‗rsatmoqda.
1. Ma‟muriy dastaklar . Ma‘muriy dastaklar ―yashil
energetika‖ni
rivojlantirish maqsadida qabul qilingan me‘yoriy-huquqiy cheklov va
rag‗batlantirishlar hisoblanadi. Jumladan, AQShda 1997 yildan boshlab ―Millionta
quyosh tomlari‖ milliy dasturi amal qilmoqda
151
. Unga muvofiq bino tomlariga
quyoshda ishlaydigan energiya tizimlari o‗rnatilishi zarur. 2010 yildayoq
mamlakatdagi 13 ta ―quyosh shahar‖larida 1 millionta uyning tomiga quyosh
tizimlari o‗rnatildi.