kelayotgan ekologik muammolarning keskinlashuvi jahon energetika balansida
tiklanadigan energiya manbalari ulushining jadal sur‘atlarda oshishini ta‘minlaydi.
Jahonda tiklanadigan energiya manbalariga ko‗proq e‘tibor qaratishga quyidagi
omillar ta‘sir ko‗rsatadi:
-
tiklanadigan
energiya
manbalarini o‗zlashtirishda
ilg‗or
texnologiyalarni qo‗llash hisobiga narx raqobatining o‗sishi;
-
ushbu sohaning rivojlanishi uchun ijobiy ta‘sir etuvchi siyosiy
tashabbuslarning ommalashuvi;
-
sohani moliyalashtirish uchun qulay investitsiya muhitining yaratilishi;
energetik va ekologik muammolarni hal qilish masalasi;
-
rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotida energiyaga bo‗lgan talabning
ortib borishi;
-
barchaga energiyadan foydalanish imkoniyatini yaratish va energetik
yetishmovchilikdan qutilish.
Shuningdek, BMT Sanoatni rivojlantirish tashkiloti (UNIDO) tomonidan ishlab
chiqilgan energiya strategiyasi ―yashil energetika‖ni rivojlantirishni qo‗llab-
quvvatlaydi. Ushbu strategiyani amalga oshirishda quyidagi ustuvor vazifalar
muhim ahamiyat kasb etadi
-
aholining kam daromadli qatlamini tiklanadigan energiya manbalariga
asoslangan zamonaviy energiya xizmatlari bilan ta‘minlash darajasini oshirish;
-
sanoatda
energiya
sig‗imkorligini
pasaytirish
evaziga
sohaning
raqobatbardoshlik darajasini kuchaytirish;
-
sanoatda issiqxona gazlarini atmosferaga chiqarish hajmini qisqartirish
hisobiga iqlim o‗zgarishlariga salbiy ta‘sirni kamaytirish va muqobil energiya
manbalaridan foydalanishni rag‗batlantirish;
-
korxonalarning qishloq joylarda muqobil energiya manbalaridan foydalanish
hisobiga uzoq muddatli faoliyat ko‗rstishini ta‘minlash va samaradorligini oshirish.