olinadigan energiya esa ―muqobil energiya‖ deyiladi. Tiklanadigan energetika
―yashil energetika‖ hisoblanib, energetikaning ushbu turi an‘anaviy energetikaga
nisbatan tabiatga juda kam zarar yetkazadi.
―Yashil energetika‖ – qazilma yoqilg‗i sarfisiz, atmosferaga
issiqxona gazlarini
chiqarmaydigan va atrof-muhit ekologiyasiga ziyon yetkazmagan holda energiya
ta‘minotini amalga oshirilishini ko‗zda tutadigan konsepsiyadir. Bunda iste‘mol
talabini imkon qadar tiklanadigan energiya manbalari evaziga qondirilishi maqsad
qilingan. Energetikaning ushbu turi ―musaffo energiya‖ ham deyiladi.
―Yashil energetika‖ atamasi quyidagi texnologiyalarga nisbatan qo‗llaniladi:
-
yer va dengizga o‗rnatilgan shamol generatorlari;
-
turli quyosh elektrenergetikasi texnologiyalari — binolar va uylarning
tomiga o‗rnatilgan quyosh panellaridan tortib quvvati 50 mvt gacha bo‗lgan
quyosh elektrostansiyalari;
-
o‗simlik moyi yoki o‗tinlarni yoqish hisobidan ishlaydigan
generatorlar;
-
yer ostidagi issiq suvlar yoki oqimlar hisobidan issiqlik va energiya ishlab
chiqaradigan geotermal manbalar;
-
daryolarga o‗rnatilgan kichik gidroturbinalar;
-
dengiz to‗lqini, suvning ko‗tarilish yoki pasayishidan foydalanib ishlaydigan
texnologiyalar.
Ushbu texnologiyalar elektrenergiyani qazib chiqariladigan tabiiy resurslardan
foydalanmasdan va atmosferaga
chiqarilayotgan SO
2
miqdorini qisqartirish
imkonini beradi. Yirik gidroelektrostansiyalar ham shu kabi imkoniyatlarga ega
bo‗lsa-da, ularning faoliyati suv, yer va daryo ekotizimiga salbiy ta‘sir qiladi. Shu
sababli
yirik
gidroelektrostansiyalar
tomonidan
ishlab
chiqariladigan
elektrenergiya ekologik toza hisoblanmaydi.
Turli xalqaro va nodavlat tashkilotlar tomonidan tayyorlangan hisobotlarda
tiklanadigan energiya to‗g‗risidagi ma‘lumotlar bir-biridan keskin farq qilishi
mumkin. Ushbu holtni amaldagi hisobotlarni tayyorlashda qo‗llaniladigan
hisob-
kitob uslubiyoti bilan bog‗liq farqlar orqali izohlash mumkin. Jumladan,
BP
2
hisobotlarida faqat elektrenergiya ishlab chiqarishda foydalanilgan tiklanadigan
energiya iste‘moli to‗g‗risida ma‘lumotlar beradi. REN21
3
hisobotlarida esa
pirovard energiya iste‘molining tarkibi qazilma yoqilg‗i, atom energiyasi,
an‘anaviy biomassa va zamonaviy tiklanadigan energiyaga bo‗linadi. Zamonaviy
tiklanadigan
energiya turlariga shamol, quyosh, biomassa, geotermal, okean
energiyasi yordamida ishlab chiqarilayotgan elektrenergiya;
gidroenergetika;
biomassa, quyosh, geotermal energiya yordamida olinayottgan issiqlik energiyasi;
transport uchun bioyoqilg‗ilar kiradi.
2020 yilda jahon bo‗yicha COVID-19 pademiyasi bilan bog‗liq cheklovlarni joriy
etishning faollashuvi natijasida energiyaga bo‗lgan talab keskin qisqardi.
Jumladan, 2020 yilning birinchi choragida jahonning elektrenergiyasiga talabi
2,5%ga, ko‗mir va neftga bo‗lgan talabi esa mos ravishda 8 va 5%ga qadar
qisqardi. Elektrenergiya ishlab chiqarishning yagona manbai hisoblangan
tiklanadigan energiyaga bo‗lgan talab ekspluatatsiya xarajatlari va sohadagi
imtiyozlar tufayli o‗sganligini kuzatish mumkin. Jumladan, 2020 yil 10 martdan 10
aprelgacha YeI va Buyuk Britaniyada ko‗mir yordamida
ishlab chiqariladigan
elektrenergiya ishlab chiqarish hajmi 29%ga qisqargani holda, muqobil energiya
manbalari jami elektrenergiya ishlab chiqarishning 46%ini ta‘minlab 2019 yilga
nisbatan 8%ga o‗sgan
4
. Ushbu ma‘lumotlar ―yashil energetika‖ sohasi istiqbolda
energetikaning yetakchi sohasiga aylanishini yana bir marta isbotlaydi.
VR ma‘lumotlariga ko‗ra, 2019 yilda 692,2 mln. tonna
neft ekvivalentiga teng
bo‗lgan miqdorda tiklanadigan energiya iste‘mol qilingan bo‗lib, ushbu ko‗rsatkich
jami birlamchi energiya iste‘molining 5,0%iga tenglashdi. 1990-2019 yillarda
tiklanadigan energiya iste‘moli 18,4 martaga, muqobil elektrenergiya ishlab
chiqarish miqdori esa 23,2 baravarga oshgan (5.2.1-rasm). 2019 yilda jahon
bo‗yicha 2805,5 TVt-soat miqdorida tiklanadigan energiya ishlab chiqilgan va
ushbu energiyaning 51,0%i shamol, 25,8%i esa quyosh energiyasi hissasiga to‗g‗ri
keldi. Tiklanadigan energiya ishlab chiqarishning
mintaqaviy tarkibida Osiyo
mintaqasi ulushi 40,9%ga teng bo‗lib, bu ko‗rsatkichning 26,1%i Xitoy hissasiga
to‗g‗ri kelgan. Yevropa mintaqasining ulushi 29,8%ga teng bo‗lib, jumladan,
Germaniya (8,0%), Buyuk Britaniya (4,0%), Ispaniya (2,8%) kabi mamlakatlar
muqobil energiya ishlab chiqarishda yetakchilik qilishadi. Shimoliy Amerika
mintaqasi ulushi esa 20,1%ga teng bo‗lib, uning 17,5%i AQSh hissasiga to‗g‗ri
keladi.