1. Elektrenergiya ishlab chiqarish xarajatlari (Levelized Cost of Electricity
(LCOE)).
Sodda tushuntirilganda LCOE ishlab chiqarilayotgan elektrenergiya
qiymatini o‗lchash usuli sanaladi. LCOE hisoblashda quyidagi o‗zgaruvchilarni
to‗g‗ri hisoblash muhim ahamiyatga ega:
1.
Tizimning to‗liq qiymati = moliyalashtirish xarajatlari –
soliq imtiyozlari,
amortizatsiya ajratmalari kabi rag‗batlar.
2.
Tizim qancha energiya ishlab chiqaradi?
1-misol. 50 kVt quvvatga ega loyihaning umumiy qiymati - 125 000 doll.,
qonunchilikda belgilangan soliq imtiyozlari - 75 000 doll., loyihaning sof qiymati -
50 000 doll, o‗rnatilgan uskunaning xizmat muddati - 25 yil.
O‗rnatilgan quvvatlarning yillik ishlab chiqarish hajmi - 62 500 kVt-soatga, xizmat
muddati davomidagi ishlab chiqarish hajmi esa - 62 500 * 25 yil= 1 562 500 kVt-
soatga teng. Demak, 1 kVts soat elektr energiya ishlab chiqarish xarajatlari -
LCOE = 50 000 doll. / 1 562 500 kVt-soat = 0,032 doll. / kVtsoat, ya‘ni 0,032
dollarga teng ekan.
2-misol. Quyoshli fotoelektrik tizimi tijorat ob‘ektining tomiga o‗rnatilgan va
loyiha ko‗rsatkichlari quyidagicha: loyiha quvvati - 100
kilovatt, boshlang‗ich
investitsiyalar miqdori 300 000 dollar, texnik xizmat ko‗rsatish xarajatlari - yiliga
3000 doll. (boshlang‗ich investitsiyalarning 1%i miqdorida), o‗rnatilgan
quvvatlarning yillik ishlab chiqarish hajmi - 182 500 kVt-soat, loyiha muddati - 25
yil.
Fotoelektrik tizimning xizmat muddati davomidagi
umumiy ishlab chiqarish
hajmini yillik ishlab chiqarish hajmini uskunaning xizmat muddatiga ko‗paytirish
orqali hisoblaymiz: 182 500 kVt-soat / yil x 25 yil = 4562 500 kVt-soat. Loyiha
uchun sarflangan boshlang‗ich investitsiyalar va texnik xizmat ko‗rsatish
xarajatlarini hisobga olgan holda loyihaning umumiy qiymatini topamiz: 300 000
doll. + 3 000 doll. x 25 yil = 375 000 doll. Demak, loyihaning 1
kVt-soat
elektrenergiya ishlab chiqarish uchun sarflangan xarajatlar darajasi (LCOE) - 375
000 doll. / 4562 500 kVt-soat = 0,0822 doll. / kVt-soat, ya‘ni 0,0822 dollarga teng
ekan.