• Ijtimoiy media
  • Ijtimoiy media shakllari
  • 10-mavzu Internet imkoniyatlari va xatarlar. Yoshlar va virtual dunyo Reja




    Download 32,94 Kb.
    bet2/10
    Sana23.01.2024
    Hajmi32,94 Kb.
    #143783
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    10-mavzu Internet imkoniyatlari va xatarlar. Yoshlar va virtual dunyo
    Togaliyev Daler 1-maruza, 3-SINF Jismoniy tarbiya ish reja 2021-yil, 88, Learning-Go-latest, postgresql tutorial, grokking-algorithms-illustrated-programmers-curious, 259-буйрук 2 илова, 3-sinf-tasviriy-sanat, 999996, samandar psixologiya, Mahsimov M, ZDIF1606, 15-mavzu Antiviruslar va ularning turlari. Kompyuter viruslari, MAGNIT
    Internetga bog‘lanish. Internet tarmog‘iga ulanish ajratilgan aloqa kanali (optik tola, sun’iy yo‘ldosh aloqasi, radiokanal, ajratilgan kommutatsiyalanmaydigan telefon liniyasi) bo‘yicha doimiy ulanish, shuningdek kommutatsiyalanadigan, ya’ni uzib-ulanadigan ulanish (Dial-ur access, Dial-ur) ko‘rinishida amalga oshiriladi.
    Ijtimoiy media
    Ijtimoiy media foydalanuvchilarning bevosita muloqotini ta’minlaydi.
    Foydalanuvchi lar o‘z mediakontentini ochiq foydalanish uchun yuklashi mumkin.
    Internetning xususiyati va an’anaviy OAVdan farq laridan biri foydalanuvchilar imkoniyatini kengaytirishidir. Zarur dasturlar yordamida keng auditoriya uchun har bir foydalanuvchi o‘z kontentini yaratishi mumkin.
    Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, Internetda uncha keng bo‘lmagan foydalanuvchilar guruhi kontentning asosiy qismini yaratadi, masalan, video, bloglar yoki matnlar. Ijtimoiy mediada ishtirok etishning eng keng tarqalgan usuli — mavjud kontentni tahrir qilish, baholash va izohlashdir. Ishtirok etishning boshqa usullari qatoriga turli guruhlarga a’zo bo‘lish, “menga yoqadi” belgisini qo‘yish orqali munosabat bildirish yoki onlayn imzolash aksiyalari kabilar kiradi.


    Ijtimoiy media shakllari:

    1. Foydalanuvchilar profillarini o‘z ichiga oluvchi hamjamiyatlar portali, tarmoqdagi o‘zaro harakat va izohlar.


    2. Munozara va izohlarga asoslangan bloglar.
    3. Foydalanuvchilar tomonidan tahrir qilinadigan viki-veb sahifalari. Unda taqdim etilgan axborot foydalanuvchilar hamjamiyatiga nafaqat mavjud axbo-rotni izohlash, balki yangi bilimlarni yaratishda ishtirok etish imkonini beradi. Bunda hamjamiyatning har bir a’zosi unga axborot kiritishi yoki uni olib tashlashi mumkin.
    4. Foydalanuvchi lar bir biridan qanday masofada bo‘lishidan qat’iy nazar yuzma-yuz muloqotga kirishish imkonini beruvchi tezkor axborot almashinuvi.
    Ijtimoiy platformada profilni yaratishda foydalanuvchi lar hamjamiyatga o‘zini tanishtirish uchun shaxsiy axborotni taqdim etishi lozim. Chat yoki forum-larda foydalanuvchilar ba’zan shaxsiy axborotni ham, ya’ni manzil yoki telefon raqamlarini taqdim etishadi. Bolalar va o‘smir lar shaxsiy ma’lumotni barchaning e’tiboriga taqdim etish oqibatlarini ko‘ra olmaydi. Ko‘plab ijtimoiy media xizmatlaridagi muloqot ma’lumotlari formasi shaxsga yuboriluvchi reklamaga asoslangan. Foydalanuvchi o‘zi haqida qanchalik ko‘p ma’lumot bersa, reklama shunchalik ixtisoslashtirilgan bo‘ladi.
    Internetdagi axloqsiz xatti-harakat (bulling) asosan undagi foydalanuvchilarning anonimligi natijasida yuzaga keladi. Bugungi kunda ijtimoiy mediada bulling ommaviy tus olgan. Demak, bulling obyektiga aylangan inson uchun uning oqibatlari o‘ta jiddiydir. Tanaffus paytida sinfdosh lar tomonidan aytilgan haqoratli so‘zni bir nechta odam eshitishi mumkin, chunki qurbon va uni haqorat qilgan shaxs bir maktabda o‘qib, bir birini taniydi. Ammo tuhmat mazmunidagi videodan Internetda juda ko‘p saytlarga, uyali aloqa telefon-lariga, kompyuter lardagi arxivlarga nusxa ko‘chirish mumkin. Bunday material tarmoqda uzoq vaqt saqlanadi.
    Internetning anonimligi hisobiga muayyan guruh va alohida shaxslarga nisbatan nafrat uyg‘otish va uning targ‘iboti keng tarqalishi mumkin. Bundan tashqari, virtual dunyoda inson larning xatti-harakati u larning real hayotdagi faoliyatidan tubdan farq qiladi. Chunki ular o‘z raqibining yuzini ko‘rmaydi va o‘z harakatining oqibati haqida o‘ylamaydi. Shuning uchun ham Internetda inson huquqlarining kamsitilishi va tuhmat qurboniga aylanish xavfi yuqoriroq.
    Bundan tashqari axloqsiz kontent bolalar va yoshlar uchun xavfli hisoblanadi.
    Chunki berilgan soxta ma’lumotlar ularning qarashlariga salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkin.
    Aksariyat hollarda yoshlar o‘z yoshiga mos bo‘lmagan material lar, masalan, pornografiya yoki reklamani Internetdan olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
    Pornografiya mazmunidagi material bilan tanishish yoshlarning ruhiyatiga ham, jinsiy rivojiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

    Download 32,94 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 32,94 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    10-mavzu Internet imkoniyatlari va xatarlar. Yoshlar va virtual dunyo Reja

    Download 32,94 Kb.