10-mavzu Internet imkoniyatlari va xatarlar. Yoshlar va virtual dunyo Reja




Download 32,94 Kb.
bet4/10
Sana23.01.2024
Hajmi32,94 Kb.
#143783
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
10-mavzu Internet imkoniyatlari va xatarlar. Yoshlar va virtual dunyo
Togaliyev Daler 1-maruza, 3-SINF Jismoniy tarbiya ish reja 2021-yil, 88, Learning-Go-latest, postgresql tutorial, grokking-algorithms-illustrated-programmers-curious, 259-буйрук 2 илова, 3-sinf-tasviriy-sanat, 999996, samandar psixologiya, Mahsimov M, ZDIF1606, 15-mavzu Antiviruslar va ularning turlari. Kompyuter viruslari, MAGNIT
Onlayn matnlar
Aksariyat hollarda Internetda e’lon qilingunga qadar matnlarning aniqligi tekshirilmaydi. Foydalanuvchi lar tomonidan tayyorlanadigan kontent parchalari, xolis bo‘lmagan yoki noaniq axborotni o‘z ichiga olishi mumkin. Forum va bloglarning foydali jihatlarini inkor etmagan holda aytish joizki, ular shuningdek, amalda tavsiyalari zararli bo‘lgan «maslahatchilar» bilan ham muloqotga kirishishga sabab bo‘lishi mumkin. Internet foydalanuvchi-lari unda berilgan har qanday axborotga ishonish qanchalik xavfli ekanini bilishi kerak.
Shunday saytlar borki, ularning mazmuni foydalanuvchi larni o‘ziga o‘zi zarar yetkazishga undaydi, masalan, o‘z joniga qasd qilishni, anoreksiya yoki turli sekta-larni targ‘ib qiluvchi saytlar. Internetda axborotlarni e’lon qilish tartibi soddalashtirilgani sayin zararli kontent ta’siriga tushib qolish ehtimoli ortib bormokda. Bolalar va yoshlar bunday saytlarda e’lon qilingan ko‘rsatma va axborotlar o‘zida qanday xatarlar saqlashini to‘g‘ri baholash salohiyatiga ega bo‘lmaydi.
Tarmoqdagi axborotni tahlil qilish muammosi, Internetda material e’lon qilishni soddalashtirilishining ikkinchi tomonidir. Aytaylik, biror bir mashhur insonning ashaddiy muxlisi bo‘lgan maktab o‘quvchisi yaratgan veb-saytni o‘sha “yulduz”ning rasmiy sayti, deb noto‘g‘ri qabul qilish mumkin. Bundan tashqari, ba’zida reklamani haqiqiy axborotdan ajratib olish ham murakkablashib bormokda.
Shaxsiy blogdagi axborot mahalliy gazeta yoki muayyan hamjamiyatning veb-saytidagi axborotdan farq qilishi mumkin. Agar muallif o‘zi yozayotgan soha yoki mavzuning eksperti bo‘lsa, bunday axborotni ishonchli, deb hisob lasa bo‘ladi. Shaxsiy blog-larda ayrim qarashlarga ortiqcha urg‘u berib yuboriladi, bu narsa atayin yoki bilmagan holda ham amalga oshiriladi. Mahoratli muallif o‘zi yozayotgan matn lar betaraf bo‘lishi uchun harakat qiladi. Shu bois matnning muallifi kim ekanligini bilish ham juda muhim. Matn hatto mutaxassis tomonidan tayyorlangan bo‘lsa ham, albatta uni boshqa manbalar bilan qiyoslash, uning mazmuni qanchalik mos kelishiga e’tibor qaratish zarur.
Agar veb-sayt mukammal ishlangan, foydalanuvchi uchun qulay bo‘lsa, to‘g‘ri til qo‘llanilsa, demak, uning yaratuvchilarini o‘z ishiga jiddiy yondashadi deyish mumkin. Aksincha, saytda tartib bo‘lmasa, tili pala-partish bo‘lsa, dalil lar chalg‘itsa, bunday saytning mazmuniga ishonmagan ma’qul.
Tijorat kompaniyalarining veb-saytlari savdo hajmini oshirish maqsadida yaratiladi. Ularning ba’zilari faqat reklama va o‘z-o‘zini maqtashdan iborat bo‘lgan ma’lumotni taqdim etadi. Lekin foydali ma’lumotlar jamlanganlari ham uchrab turadi. Ammo gap tijorat haqida borgani bois, bu o‘rinda dalil va raqamlar ham marketing kompaniyasining bir qismi bo‘lib hisoblanadi. Marketing masalalari bo‘yicha mutaxassislarning fikriga ishonish yaramaydi. Xolis axborotga masalan, mijozlarning fikriga tayanish lozim.



Download 32,94 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 32,94 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



10-mavzu Internet imkoniyatlari va xatarlar. Yoshlar va virtual dunyo Reja

Download 32,94 Kb.