• Savdodagi firibgarliklar
  • Shaxsiy ma’lumotlarni oshkor qilish
  • Pul o‘g‘irlash/fishing-firibgarlik




    Download 32,94 Kb.
    bet9/10
    Sana23.01.2024
    Hajmi32,94 Kb.
    #143783
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    10-mavzu Internet imkoniyatlari va xatarlar. Yoshlar va virtual dunyo
    Togaliyev Daler 1-maruza, 3-SINF Jismoniy tarbiya ish reja 2021-yil, 88, Learning-Go-latest, postgresql tutorial, grokking-algorithms-illustrated-programmers-curious, 259-буйрук 2 илова, 3-sinf-tasviriy-sanat, 999996, samandar psixologiya, Mahsimov M, ZDIF1606, 15-mavzu Antiviruslar va ularning turlari. Kompyuter viruslari, MAGNIT
    Pul o‘g‘irlash/fishing-firibgarlik: fishing deb fuqarolarning bankdagi hisob raqamlaridan pul yechib olish maqsadida ularning shaxsiy bank hisob raqamlari, xususan shaxsiy identifikatsiya raqamlari (PIN) va bitimlarning individual raqamlari (TAN) haqida ma’lumotlarni olish jarayoniga aytiladi. Yoshlar yolg‘on veb-saytlarni haqiqiy veb-saytlardan ajratishni bilmaydilar va o‘zlarining bank ma’lumotlarini oshkor qiladilar.
    Savdodagi firibgarliklar: sotuvchilar xuddi tovar yoki xizmatni sotayotgandek bo‘lib, aslida esa to‘lov amalga oshirilganidan so‘ng bu tovar yoki xizmatlar aytilgan tavsiflarga ega bo‘lmasligi yoki xaridorga umuman yetkazib berilmasligi savdodagi firibgarlik deb ataladi. Bu firibgarlik ham shaxsiy ma’lumot lar o‘g‘irlanishi yoki fishing bilan bog‘liq. Savdodagi yana bir firibgarlik — raqamli xizmat-larni (masalan, ringtonlarni) yolg‘on yoki noto‘g‘ri narxda sotish bo‘lib, ko‘pincha, foydalanuvchi istamagan xizmatlarga doimiy yozilishiga bog‘langan bo‘ladi. Ko‘p hollarda foydalanuvchilar (o‘smirlar va bolalar ayniqsa) bunday shartnomalarni onlayn tuzish bilan bog‘liq xavfni to‘liq anglamaydilar.
    Gruming: gruming deganda o‘z yoshini yashiradigan va Internetdan bolalar va o‘smirlar bilan aloqa o‘rnatish uchun foydalanadigan pedofil larning faoliyati tushuniladi.
    Uning strategiyasi bolalarning o‘ziga yangi do‘st yoki yangi tanish topish istagiga asoslanadi. Shaxsiy kontaktlar yoki almashinuvlar uchun platforma taqdim etadigan barcha Internet-platformalar gruming-hujum uchun maydon bo‘lib xizmat qiladi.
    Bulling: bullingning turli ko‘rinishlari doim inson hayotining ajralmas qismi bo‘lgan. Internet bu jarayonni osonlashtirdi, chunki pinxona ish qilish uchun imkoniyat yaratdi. Bolalar va o‘smirlar bulling qurboni bo‘lish lari ham mumkin, o‘zlari jafokor bo‘lishlari ham mumkin. Shuning uchun bulling ham insonning o‘z xatti-harakatlari hamda boshqalarning xatti-harakat lari bilan bog‘liq.
    Shaxsiy ma’lumotlarni oshkor qilish: ijtimoiy tarmoqning biron platformasida profil yaratilayotganida, foydalanuvchi o‘zini hamjamiyatga tanitish uchun o‘zi haqidagi shaxsiy ma’lumot larni ko‘rsatishga majbur. Chat larda va forumlarda odamlar foydalanuvchi larga uy manzili va telefon raqami kabi o‘zlarining shaxsiy ma’lumotlarini oshkor qilishlari mumkin. Ayniqsa yoshlar o‘z shaxsiy ma’lumotlarini oshkor qilish oqibatlarini oldindan ko‘ra bilmaydilar. Ular ko‘pincha, chat — bu shaxsiy emas, balki ommaviy faoliyat maydoni ekanligini tushunmaydilar.

    Download 32,94 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 32,94 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pul o‘g‘irlash/fishing-firibgarlik

    Download 32,94 Kb.