10-mavzu Internet imkoniyatlari va xatarlar. Yoshlar va virtual dunyo Reja




Download 32,94 Kb.
bet3/10
Sana23.01.2024
Hajmi32,94 Kb.
#143783
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
10-mavzu Internet imkoniyatlari va xatarlar. Yoshlar va virtual dunyo
Togaliyev Daler 1-maruza, 3-SINF Jismoniy tarbiya ish reja 2021-yil, 88, Learning-Go-latest, postgresql tutorial, grokking-algorithms-illustrated-programmers-curious, 259-буйрук 2 илова, 3-sinf-tasviriy-sanat, 999996, samandar psixologiya, Mahsimov M, ZDIF1606, 15-mavzu Antiviruslar va ularning turlari. Kompyuter viruslari, MAGNIT
Onlayn va video o‘yinlar
Elektron o‘yinlar — kompyuter, konsol yoki mobil qurilmalar, interfaol televideniye yoki Internet vositasida o‘ynaladigan o‘yin lardir. Deyarli hamma umrida bir marotaba bo‘lsa ham elektron o‘yinni o‘ynagan. Uyali telefon va interfaol tartibdagi o‘yinlar esa uni oddiy mashg‘ulotga aylantirib qo‘ymoqda.
Kompyuter texnologiyalarining ilk kashfiyotchilari 1940-yilda oddiy shaxmat o‘yinini yaratganlar. Bugungi kompyuter o‘yinlarining ilk ko‘rinishi haqida esa 1950-yillardan gapirila boshlangan. 1980-yillarga kelib o‘yin konsollari shaxsiy kompyuterga nisbatan ommaviyroq bo‘lib qoldi. Shaxsiy kompyuter quvvati izchillik bilan oshib bordi va 1990-yil larga kelib, o‘yin konsol lari kompyuter o‘yinlarini ma’lum darajada siqib chiqardi. Uchinchi ming yillik boshida esa eski o‘yin konsollari modernizatsiyalashdi va yangi avlod qurilmalari ularga jiddiy o‘yin maqomini qaytardi. 2010-yilga kelib, kompyuter va konsol o‘yinlari bozorda raqobatchiga aylandi.
O‘yin konsollarining rivojlanishi hozir ham davom etmoqda. Elektron o‘yinlar o‘zaro bog‘liq harakatga asoslangan bo‘ladi: o‘yinchining harakati o‘yinning keyingi jarayoniga ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois o‘yinga mukkasidan ketish, aytaylik, kitob o‘qishga kirishib ketishdan osonroq va tezroq kechadi.
Ammo ayrim o‘yinchi lar meyorni unutgan holda o‘yinga o‘ta berilib ketadi, bu esa o‘yinga tobelikni keltirib chiqaradi. Bunday insonlarga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish zarur.
O‘yinchi lar uchun har doim ijtimoiy jihat muhim bo‘lgan: ular aksariyat hollarda birga o‘ynash uchun oila a’zo lari yoki do‘st larini taklif etadi.
Bugungi kunda ko‘plab onlayn o‘yinlar bir necha kishi ishtirokida o‘ynaladi.
Internetda o‘yin o‘ynash uchun sherikni istalgan paytda, xatto kechasi ham topish mumkin. Ko‘p kishilik o‘yinlar bir vaqtning o‘zida ko‘plab ishtirokchining o‘yinda qatnashishiga imkoniyat yaratadi. Bundan tashqari, aksariyat onlayn o‘yin larda o‘yinchi lar o‘zaro muloqot qilishi hamda o‘yin strategiyasini muhokama etib borishi uchun ham imkoniyat mavjud bo‘ladi. Ko‘ngilochar o‘yinlardan tashqari “jiddiy o‘yinlar” ham bor. Ular aniq ta’lim yo‘nalishiga egaligi bois, uyda yoki maktabda aniq ko‘nikmalarni singdirishni maqsad qiladi. Makonni qabul qilish, deduksiya, til va kooperativ (hamkorlikda harakat qilish) ko‘nikmalari o‘yin davomida yaxshilanib borishi mumkin. Ko‘plab strategik o‘yinlar mantiqiy masalalarning qiyinligi yuzasidan shaxmat bilan tenglasha oladi: xuddi shaxmatda bo‘lgani kabi bunday o‘yin larda ham bir necha yurishni oldindan o‘ylab mulohaza qilishga to‘g‘ri keladi. O‘yinlar shuningdek, sabr-bardoshga o‘rgatishi, muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini shakllantirishi mumkin. Chunki o‘yin davomida qiyin bosqichlardan sakrab o‘tib ketish mumkin emas. O‘tolmadingmi, har safar yana boshidan boshlash zarur.
Shu ma’noda o‘yinlarni ta’limning ko‘makchisi deyish mumkin, chunki ular o‘yinchini harakat qilishga, fikrlashga va muammolarni hal etishga o‘rgatadi.
Elektron o‘yinlar yordamida yosh lar mavzuni shunchaki yodlab olmaydi, balki ta’lim harakat va tajriba vositasida amalga oshiriladi.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi Ekspert komissiyasining 2017 yil 25 yanvardagi 1-son bayonnomasi bilan «O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, tayyorlash va tarqatish tavsiya etilmaydigan kompyuter o‘yinlari ro‘yxati” tasdiqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, tayyorlash va tarqatish tavsiya etilmaydigan kompyuter o‘yinlari ro‘yxati:

1. Postal 2 18. Left 4 Dead 1, 2, 3


2. Phantasmagoria Фантасмагория 19. Doom 3, 4
3. Grand Theft Auto: San Andreas 20. Hitman
4. Carmageddon 21. Resident evil 4
5. Mass effect 22. SOMA
6. Dead space 23. Silent Hill
7. Naughty bear 24. Until down
8. Mafia II 25. Hatred
9. Call of duty: Black ops 26. Dying light
10. Kane and Leanch 2: Dog days 27. Dead by Daylight
11. Castlevania: Lords of Shadow 28. Prototype
12. Assasin’s Creed: Brotherhood 29. The Punisher
13. Fallout: New Vegas 30. Bone Town
14. Dead Rising 31. Lula 3d
15. Manhunt 32. 3D Sex Villa 2
16. Mortal Kombat X 33. The Sims 3, 4
17. Manhunt II 34. Shadow Warrior



Download 32,94 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 32,94 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



10-mavzu Internet imkoniyatlari va xatarlar. Yoshlar va virtual dunyo Reja

Download 32,94 Kb.