• Xalqaro kelishuvlar va bolalar huquqlari bilan bog‘liq vositalar
  • Quyida veb-saytning ishonchliligini aniqlashga doir tavsiyalar keltirilgan




    Download 32,94 Kb.
    bet5/10
    Sana23.01.2024
    Hajmi32,94 Kb.
    #143783
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    10-mavzu Internet imkoniyatlari va xatarlar. Yoshlar va virtual dunyo
    Togaliyev Daler 1-maruza, 3-SINF Jismoniy tarbiya ish reja 2021-yil, 88, Learning-Go-latest, postgresql tutorial, grokking-algorithms-illustrated-programmers-curious, 259-буйрук 2 илова, 3-sinf-tasviriy-sanat, 999996, samandar psixologiya, Mahsimov M, ZDIF1606, 15-mavzu Antiviruslar va ularning turlari. Kompyuter viruslari, MAGNIT
    Quyida veb-saytning ishonchliligini aniqlashga doir tavsiyalar keltirilgan



    Axborotni kim tarqatayapti? (Muallif aniqmi: ismi-sharifi, lavozimi, kompaniya nomi keltirilganmi? Muallif shu soha bo‘yicha mutaxassis sifatida tanilganmi?)
    Veb-sayt qanday maqsadda yaratilgan?
    Mazkur ishlab chiqaruvchi tomonidan yaratilgan boshqa mediamahsulotlar ham mavjudmi?
    Fikrlar, reklama va boshqalarni dalillardan ajratib olish osonmi?
    Material baholanganmi (noshir, jurnalist, ekspert yoki nashriyot tomonidan)?
    Boshqa manbalarda ushbu materialga havolalar bormi? Agar Internetdagi boshqa manbalar ushbu resursga havola berayotgan bo‘lsa, bu uning keng ma’qullanishini bildiradi.
    Saytda keltirilgan nuqtai nazar va qarashlar asoslanganmi?
    Faqat bitta fikr va nuqtai nazar afzal, degandek tasavvur uyg‘on ma yaptimi?
    Dalil larning manbalari aniq ko‘rsatilganmi? Dalil va manbalar qanchalik dolzarb?
    Veb-saytning tili va dizaynining to‘g‘ri tanlanganligi borasida nima deyish mumkin?
    Sahifa oxirgi marta qachon yangilangan? Undagi axborot hali ham ishonchlimi?
    Material e’lon qilingan sana ko‘rsatilganmi?
    Axborot batafsil bayon etilganmi yoki u ilmiy yoxud ommabop axborot asosimi?
    Siz xuddi shunday axborotni bir nechta mustaqil manbadan topa oldingizmi?
    Ushbu axborotga nima sababdan ishonish mumkinligini asoslab bering.

    Internetda eng yangi xabarlar muntazam joylashtiriladi, ammo har doim ularning boshqa manbalardagi shunday axborotga muvofiqligini solishtirib ko‘rish zarar qilmaydi.
    Xalqaro kelishuvlar va bolalar huquqlari bilan bog‘liq vositalar
    Yo‘lda harakat xavfsizligini ta’minlash uchun ma’lum qoidalarga amal qilish lozim bo‘lgani kabi ommaviy axborot vositalari uchun ham yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ziddiyatli vaziyatlarni oldini olish uchun rioya etilishi lozim bo‘lgan umumiy qoidalar zarur. Medialar uchun ham qoidalar qabul qilinishi kerak, masalan, nima haqda gapirish mumkin yoki mumkin emasligi va mazkur qoidalarning buzilishi qanday oqibatlarga olib kelishi to‘g‘risida va hokazo.
    Matbuot ishlari va jurnalistika odob-axloq meyorlari bo‘yicha birinchi tavsiyalar Birinchi Jahon Urushidan so‘ng shakllana boshladi.
    Bugun deyarli barcha Yevropa mamlakatlarida mazkur yo‘nalishda muvofiq organ va standartlar ta’sis etilgan.
    Ularning aksariyati quyidagi tamoyillarga amal qiladi:
    − fikrni ifodalash va sharhlashda erkinlik;
    − irqi, jinsi, millati, diniy qarashlari, ijtimoiy kelib chiqishi, kasbi, jismoniy imkoniyatlari va boshqa har qanday shaxsiy sifatlaridan qat’iy nazar tenglik;
    − axborotni to‘plash va bayon etishda faqat halol usullardan foydalanish;
    − axborot manbalari va foydalanuvchilariga hurmat va shaxsiy hayotga daxlsizlik;
    − har qanday tashqi ta’sirni rad etish va pora olmaslik.
    Axloqiy meyor lar turli madaniyat lar doirasida va turli muddatlarda o‘zgarib boradi. Shuning uchun ham turli madaniyatlarda kommunikatsiya qay tarzda amalga oshirilishi xususida bir yoqlama xulosa chiqarish mumkin emas. OAV auditoriyasi turli madaniyatlarga mansub insonlar hisobiga kengayganida muammolar yuzaga keladi.
    Bunday holatda jurnalist turli auditoriya a’zo larining qadriyatlari o‘rtasidagi farqni inobatga olishi zarur.
    OAVni boshqarishning ikkita darajasini ajratish mumkin: qonunchilik va jurnalist odob-axloqi. Ularning o‘rtasidagi asosiy farq meyor va qoidalarga amal qilinishining ta’minlanishidadir. O‘z navbatida, jurnalist odob-axloqi mohiyatiga ko‘ra tavsiyaviy mazmunga ega bo‘lib, majburiy emasdir. Media ishlari bo‘yicha kengashlar kabi tashkilotlar sud vakolatlariga ega bo‘lmasada, odob-axloq meyorlariga rioya etilishini nazorat qiladi.
    Digitallashuv va ommaviy faoliyat yuritish imkoniyatining kengayishi qonun qabul qiluvchilar uchun yangi muammolarni yuzaga keltirmoqda. Virtual dunyoda qonunchi-likka rioya qilinishini ta’minlash og‘ir. Onlayn medialarning foydalanuvchilari undanda ko‘proq muammo lar keltirib chiqarmoqda, chunki u larning aksariyati Internetda faoliyat yuritishning axloqiy meyorlaridan bexabardir. Mazkur odob-axloq meyorlarining mohiyatini tushunish, shuningdek, foydalanuvchilarning medialarga oid huquqini bilishi media va axborot savodxonligining tarkibiy komponentlarini tashkil etadi.
    Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasining 19-moddasida aytilishicha: «Har bir inson e’tiqod erkinligi va uni erkin ifoda etish huquqiga ega; ushbu huquq o‘z e’tiqodiga to‘siqsiz tarzda sodiq bo‘lish hamda axborot va g‘oyalarni har qanday vositalar bilan har qanday davlat chegaralaridan qat’iy nazar izlash, olish va tarqatish erkinligini o‘zida mujassam etadi».
    Mazkur deklaratsiya Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyaning yuzaga kelishiga asos bo‘lib, uning 13-moddasiga yuqorida qayd etilgan larga quyidagi larni qo‘shadi: yoshi 18 yoshdan kam bo‘lgan shaxslar «o‘zining fikrini erkin ifodalash huquqiga ega: bu huquq har qanday axborotni chegarasidan qatiy nazar, og‘zaki, yozma yoki bosma shaklda, san’at asari ko‘rinishida yoki bolaning tanloviga ko‘ra boshqa vositalar yordamida izlash, olish va uzatish erkinligini o‘z ichiga oladi». Mazkur huquq boshqa shaxsning huquqi va mavqesini himoya qilishga qaratilgan qonunlar bilan cheklanishi mumkin.
    Bola huquqlari Konvensiyasi, bolalar va yoshlar huquqiga doir boshqa dek laratsiya lar ommaviy axborot vositalarining keng jamoatchilik va yoshlarga xizmat qilishida hamma uchun kafolatlangan bo‘lishi zarur. Yana OAV demokratiya sharoitida fuqarolarni mas’ulroq bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan bilim va axborotni olishini hamda barcha foydalanuvchi larning turfa manfaatining ta’minlashini kafolatlashi zarur.
    Bundan tashqari, Konvensiya qatnashchi davlatlarni bolalarni OAVning zararli kontenti va dasturlaridan himoyalash, ularning sog‘lom jismoniy va ruhiy rivojini ta’minlovchi dasturlar ishlab chiqishga chaqiradi (17 modda)
    Medianing global xarakteri, ayniqsa raqamli media va Internetga yosh larning jalb qilinishi, ularning OAVda ishtiroki, YUNESKOning asosiy strategiyasini qaytadan belgilashiga undadi. Mazkur strategiya mahalliy, hududiy, milliy va xalqaro miqyosda qo‘llab-quvvatlanishi lozim. Ushbu tamoyillar BMTning Ming yillik rivoj lanish maqsadlari va boshqa hujjatlarida ham o‘z aksini topgan.
    Ushbu deklaratsiya, qoida va konvensiyalar OAV va axborot savodxonligini rivojlantirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Yosh lar ularni o‘z madaniyati doirasida o‘rganishi lozim. Shuningdek, mazkur xalqaro konvensiya va deklaratsiyalarni xalqaro miqyosda ham muhokama qilish zarur. Zero, yoshlarning qiziqishlari global kommunikatsiya, madaniyatlararo aloqalar va Internetdagi hamkorlik sohasini taraqqiy etishiga qaratilgan.

    Download 32,94 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 32,94 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Quyida veb-saytning ishonchliligini aniqlashga doir tavsiyalar keltirilgan

    Download 32,94 Kb.