|
10-mavzu Internet imkoniyatlari va xatarlar. Yoshlar va virtual dunyo Reja
|
bet | 7/10 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 32,94 Kb. | | #143783 |
Bog'liq 10-mavzu Internet imkoniyatlari va xatarlar. Yoshlar va virtual dunyoKontent tekshirilmasligi: Internetdan olingan kontent mustaqil ekspertlar tomonidan tekshirilmaydi, shunday ekan o‘smirlar kontentga tanqidiy yondashishni o‘rganishlari va u yerda o‘qiganlarining hammasiga ko‘r-ko‘rona ishonmasliklari juda muhim. Veb 2.0 muhitiga xos bo‘lgan foydalanuvchilik kontenti ko‘pincha to‘liq emas, noxolis va noaniq bo‘lishi mumkin. Yoshlar onlayn o‘qisa bo‘ladigan narsalarning hammasiga ham ishonib bo‘lmasligini bilishi kerak.
Zarar yetkazishga undash: Tarmoqda foydalanuvchi larni o‘ziga-o‘zi zarar yetkazishga undaydigan ko‘plab saytlar bor (bu o‘z joniga suiqasd qilishni, anoreksiya yoki sektachilikni targ‘ib qiladigan sayt lar). Veb 2.0 va kontent joylashtirish bo‘yicha yangi texnologiya lar bor ekan, foydalanuvchi o‘ziga o‘zi zarar yetkazishga undaydigan kontentning ta’siriga tushib qolishi mumkin. Xususan, bolalar va o‘smirlar, ko‘pincha, bu kabi sayt larning yo‘riqnomalarida ko‘rsatilgan xavfni real baholay olmaydilar.
Inson huquq larini poymol etish/diffamatsiya: Internet anonimlikka asoslangan, shuning uchun ayrim aholi guruhlari va alohida shaxslarga qarshi yo‘naltirilgan targ‘ibotni osongina tarqatish mumkin. Boz ustiga, odamlar o‘z raqiblari yoki qurbonlari bilan to‘qnashganda, o‘z xatti-harakatlari uchun javob bermaslik-larini bilganlarida onlayn tartibda o‘zlarini o‘zgacha tutishlari mumkinligini e’tibordan qochirmaslik kerak. Shunday qilib, inson huquq lari buzilishi va diffamatsiya qurboni bo‘lish xatari real hayotga qaraganda virtual muhitda ko‘proq.
Reklama va marketing ko‘rinishidagi bolalar uchun nomaqbul ma’lumotlar: bolalar uchun mo‘ljallanmagan reklama ta’sirida bolalar ular uchun mo‘ljallanmagan tovarlar va/yoki xizmatlarini (masalan, plastik jarrohlik) sotib olishlari mumkin. Foydalanuvchilar o‘z shaxsiy ma’lumotlarini (ismi, yoshi, jinsi) qancha ko‘p oshkor qilsalar, reklamada ishtirok etish yoki lotereya o‘ynashga taklifnoma olishlari etimoli shunchalik ko‘payadi. Bolalar biron blankada yoki Internetdagi parchalarda o‘z ismini yozish istagi qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin-ligini ko‘p hollarda oxirigacha tushunib yetmaydi lar. Shunday ekan juda katta xavfga qoladilar. Bolalar va o‘smirlar orasida mobil telefonlar qanchalik ommalashgani inobatga olgan xolda, reklamani ko‘rishning ushbu qo‘shimcha kanaliga alohida e’tibor berish kerak.
|
| |