• 1.Qatlamni oqilona ochish texnologiyasi
  • 10-mavzu. Quduqlarni ishga tushirish usullari. Reja




    Download 116.66 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana31.10.2023
    Hajmi116.66 Kb.
    #91579
      1   2
    Bog'liq
    10-ma\'ruza
    Mustaqil ish Fan nomi Elektr mashinalari Bajardi Xafizov Avaz Yu (1), Muzaffarov Nuriddin (1), Pedagogika va psixologiya yo’nalishi, ASMAUL HUSNA docx, 058 Юкумли касаллик, озик овкатдан уткир, касига кура иш жойида, Bank121234, 27638-Mavzu Falsafa turmush tarzi va dunyoni anglash usuli ilm (1), TEXNOLOGIK JARAYONLARNI BO SH Q ARISH TIZIMLARI, aniq-integralni-me-morchilikda-qo-llash-aniq-integralning-tadbiqlariga-doir-misollar-yechish, ВКР - 4125, 13aa57d9-cabb-49e6-b39e-1156ad74da69, 1699252966, Chiziqlibulmagantenglama2016A.Abdirashidov, 2-lab


    10-MAVZU. QUDUQLARNI ISHGA TUSHIRISH 
    USULLARI. 
    Reja: 
    1.Qatlamni oqilona ochish texnologiyasi.
    2.Quduq tubi bosimlarini pasaytirish usullari.
    3.Har xil kon-geologik sharoitda quduqni ishga tushirish 
    texnologiyasi. 
    1.Qatlamni oqilona ochish texnologiyasi 
     
    Quduq qurilishining eng mas’ul bosqichi yakuniy etapdir. 
    Bu bosqichda mahsuldor qatlam ochiladi, mustahkamlovchi quvur 
    tushirilib sement eritmasi bilan mustahkamlanadi, quduq tubi tozalanib, 
    jihozlanadi va qatlamdan quduqqa nisbatan okimni ta’minlab quduq 
    o‘zlashtiriladi; quduqning butun umr ishlashi uni qanday ishga 
    tushirilganligiga bog‘liq. 
    Qatlam bosimi, qatlamning neftga to‘yinganligi va boshqa bir qator 
    omillarga ko‘ra bu qatlam turli usulda ochilishi mumkin. Qaysi usul 
    qo‘llanilishidan qat’iy nazar qatlamni ochishda quyidagi talablar 
    bajarilishi kerak: 
    1. Yuqori bosimli katlam ochilganda quduqda ochiq favvora bo‘lishi 
    oldini olish; 
    2. Qatlamning tabiiy sizilish xossalari saqlab qolinishi; 
    3.Quduqning uzok muddat yo‘ldosh suv va gazsiz ishini ta’minlovchi 
    oralik (interval) ni tanlash. 
    Tanlangan oraliqdagi mahsuldor qatlamni ochishda quduq loyli 
    eritma bilan to‘ldirilgan bo‘ladi. 
    Ko‘p hollarda qatlamni noto‘g‘ri ochish natijasida va loyli burg‘ilash 
    eritmasi filtrati g‘ovakli muhitga kirib borishi sababli quduqlardan sanoat 
    talabiga mos mahsulotni olish imkoniyati bo‘lmaydi. 
    Shuning uchun loyli eritma neftli asosda tayyerlansa qatlamga 
    uglevodorodli suyuqlik sizilib, tog‘ jinslarining kollektorlik 
    xususiyatlarini yomonlashtirmaydi. 
    Mahsuldor qatlamni ochishdan oldin quduq neft bilan yuvilsa yana 
    ham yaxshiroq natijalarga erishish mumkin. 
    Mahsuldor qatlam o‘qli, torpedali (snaryadli) va o‘qsiz (kumulyativ) 
    perforatorlar yordamida ochiladi. 
    Perforatsiya to‘ri uyumning tuzilishiga qarab tanlanadi. 


    Kam sementlashgan qumtoshlar uchun o‘qli perforatsiya qo‘llanilsa, 
    nisbatan mustahkam va past o‘tkazuvchanli qatlamlarda snaryadli 
    perforatorlar qo‘llaniladi. 
    Mustahkam tog‘ jinslarini ochishda kumulyativ perforatordan 
    foydalanish maqsadga muvofiq deb hisoblanadi. 
    Qatlam bosimi gidrostatik bosimdan yuqori bo‘lgan uyumlarning 
    zichligi 2.1:2.2 g\sm

    bo‘lgan og‘irlashtirilgan loyli eritmalar yordamida 
    ochish tavsiya etiladi. 
    Qatlam bosimi va gidrostatik bosim teng bo‘lsa va tog‘ jinslari past 
    o‘tkazuvchanli va tez shishadigan loyli zarrachalardan tuzilgan bo‘lsa, 
    neftli asosda tayyorlangan loyli eritmadan foydalanilgani ma’kul. 
    Qatlam bosimi gidrostatik bosimdan past bo‘lgan hollarda zichligi 
    0,2:0,3 g\sm
    3
    bo‘lgan ikki yoki uch fazali ko‘pikli eritmadan foydalanish 
    mumkin. 
    Mahsuldor qatlamni ochishda shuningdek suyuqlik-qum aralashmasi 
    yordamida perforatsiya kilish usulidan ham foydalaniladi. 

    Download 116.66 Kb.
      1   2




    Download 116.66 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    10-mavzu. Quduqlarni ishga tushirish usullari. Reja

    Download 116.66 Kb.
    Pdf ko'rish