• Korreksion-tarbiyaviy ishlar
  • Korreksion-pedagogik faoliyat




    Download 2,82 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet176/220
    Sana16.05.2024
    Hajmi2,82 Mb.
    #237780
    1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   220
    Bog'liq
    11-Mavzu Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari

    Korreksion-pedagogik faoliyat
    - yaxlit ta‘lim jarayonini qamrab oluvchi 
    hamda murakkab psixofiziologik va ijtimoiy-pedagogik chora-
    tadbirlarning amalga oshirilishini nazarda tutuvchi pedagogik tizim. 


    Korreksion-tarbiyaviy 
    ishlar

    shaxsning 
    anomal 
    rivojlanishi 
    xususiyatlariga ko‘ra umumiy pedagogik ta‘sir ko‘rsatish chora-
    tadbirlari tizimi. 
    Ko‘nikma
    – shaxsning muayyan harakat yoki faoliyatni tashkil eta olish 
    qobiliyati. 
     
    Ko‘rgazmali metodlar
    - predmet, hodisa yoki jarayonlar mohiyatini tabiiy 
    holatda namoyish qilish, ularning maketlarini ko‘rsatishda 
    qo‘llaniluvchi usullar. 
     
    Lisey (kollejda) ma‘ruza – 
    o‘quv materialini o‘quvchilarning idrok etish 
    faoliyatlarini faollashtirish uslublari bilan birgalikda davomli 
    og‘zaki bayon etish (80-90 minut), berilayotgan materialning 
    sxematik modelini tuzish (asosiy fikrni tezis yoki loyiha ko‘rinishida 
    yozib olish) va boshqalar.
     
     
    Loyihalashtirish (rejalashtirish
    ) - o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini 
    boshqarish dasturini yaratish. 
     
    Logopediya
    (yunoncha «logos» – so‘z, nazariya, ta‘limot, «paideia» -
    tarbiyalash) - nutqiy nuqsonlarni o‘rganish, ular kelib chiqishining 
    oldini olish va ularni qisman yoki to‘liq tuzatish masalalarini 
    o‘rganuvchi fan; korreksion pedagogika (defektologiya)ning muhim 
    sohasi. 
     
    Magistratura
    - aniq mutaxassislik bo‘yicha fundamental va amaliy bilim 
    beradigan, bakalavriyat negizida ta‘lim muaddati kamida ikki yil 
    davom etadigan oliy ta‘lim.
     
    Madaniyat
    («cultura» so‘zidan olingan bo‘lib, parvarish qilish, ishlov 
    berish ma‘nosini bildiradi) – ijtimoiy taraqqiyot davomida 
    insonlarning faoliyati tufayli qo‘lga kiritilib, ularning ijtimoiy 
    ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi moddiy va ma‘naviy 
    boyliklar tizimi. 
    Mazmun
    (ta‘lim (bilim olish) mazmuni)
     
    – ta‘lim jarayonida shaxs 
    tomonidan o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan ilmiy bilim, amaliy 
    ko‘nikma, malaka, fikrlash hamda faoliyat usullari tizimi. 

    Download 2,82 Mb.
    1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   220




    Download 2,82 Mb.
    Pdf ko'rish