11-Mavzu. Ma’lumotlar bazasi xavfsizligi qismtizimining arxitekturasi va ishlash prinsipi “S2” xavfsizlik sinfi




Download 430,22 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/15
Sana21.12.2023
Hajmi430,22 Kb.
#126158
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
Data base security - lecture 11

Cheklashlar 
Cheklashlar jadvallarga yoki alohida ustunlarga taalluqli bo‘lishi mumkin. 
Ustunlarga cheklashlar CREATE TABLE operatorida jadvalni yaratishda beriladi. 
Jadval cheklashlari ustunlar guruhiga taalluqli va jadval yaratishda, yoki kechroq, 
ALTER TABLE operatori yordamida berilishi mumkin. 
Havolali cheklashlar jadvallar orasidagi aloqaning yaxlitligiga javob beradi. 
Bunday cheklashning talabiga binoan bitta har bir qiymatga boshqa jadvaldagi 
roppa-rosa bitta qiymat mos kelishi lozim. Bunday qiymatlar relyatsion modeldagi 
jadvallar orasida havola rolini o‘ynaydi. 
Cheklashlaming barcha turlari jadval egasi tomonidan yuklanadi va keyingi 
ma’lumotlar bilan amallar natijasiga ta’sir qiladi. SQL-operatoming bajarilishi 
tugashidan awal mavjud cheklashlar tekshiriladi. Buzilishlar aniqlanganida MBBT 
nonormal tugallanish xususida xabar beradi va operator kiritgan o‘zgarishlami 
bekor qiladi.Ta’kidlash lozimki, havolali cheklashni yuklash uchun havola 


qilinayotgan jadvalga nisbatan REFERENCES imtiyoziga ega bo‘lish lozim 
(yuqoridagi misoldagi dept). 
Cheklashlami nafaqat yuklash, balki bekor qilish mumkin. Bunda cheklashlar 
orasida bog‘lanishlar boMishi mumkin va ulardan birining bekor qilinishi boshqa 
(havolali) cheklashlaming yo‘q qilinishini talab qilishi mumkin. INGRES 
MBBTda cheklashlami nazoratlash bilan ishlash samaradorligini murosaga 
keltirishga uriniladi. Ma`lumotlarni ommaviy nusxalashda cheklashlami 
nazoratlash o‘chirib qo‘yiladi. Bu degani, nusxalashni yaxlitlikni tekshirishning 
global muolajasini ishga tushirish bilan to‘ldirish lozim. 
Qoidalar 
Qoidalar ma’lumotlar bazasidagi ma’lum o‘zgarishlar bo‘lganida berilgan 
harakatlami bajarilishini chaqirishga ixnkon beradi. Odatda, harakat - muolajani 
chaqirish. Qoidalar jadvallar bilan assotsiatsiyalanadi va ushbu jadvallar 
o‘zgarganida ishga tushadi. 
Qoidalar faqat nisbatan oddiy shartlami nazoratlash vositalari hisoblanuvchi 
cheklashlardan farqli holda, bazadagi ma’lumotlar elementlari orasidagi 
xohlagancha murakkab o‘zaro bog`lanishni tekshirishga va madadlashga imkon 
beradi. Cheklashlar holidagiga o‘xshab qoidalami tekshirish nusxalashning 
ommaviy amallarida to‘xtatiladi. Ma’lumotlar bazasi ma’muri ham 
SETNOROLES operatoridan foydalanib, qoidalami tekshirishni oshkora to‘xtatishi 
mumkin. SETRULES operatori qoidalar mexanizmi ishini tiklashi mumkin. 
Odatda ushbu mexanizm ulangan bo‘ladi. 
Qoidalami yo‘q qilish DROP RULE qoida operatori orqali amalga oshiriladi. Mos 
jadval yo‘q qilingan holda MBBT avtomatik tarzda qoidalaming yo‘q qilinishini 
ta’minlaydi. Shu tariqa jadvallar va qoidalar yaxlitligi ta’minlanadi. 
Axborot xavfsizligi nuqtayi nazaridan ta’kidlash lozimki, jadval bilan 
assotsatsiyalangan qoidani mos muolajalami bajarish huquqini ushbu jadval egasi 
yaratishi mumkin. Harakati qoidani ishlashiga sabab bo‘luvchi foydalanuvchi faqat 
jadvaldan foydalanishning kerakli huquqlariga ega boiishi shart. Shu tariqa 
qoidalar oshkora bo‘lmagan holda foydalanuvchilar imtiyozlarini kengaytiradi. 
Bunday kengayishlar qat’iy ma’muriy nazoratga ehtiyoj sezadi, chunki xatto 
qoidaning yoki assotsatsiyalangan muolajaning biroz o‘zgarislii ma’lumotlar 
himoyalanganligiga tubdan ta’sir etishi mumkin. Qoidalaming murakkab 
tizimidagi xatolik esa bashorat qilib bo‘lmaydigan oqibatlarga sabab bo‘ladi. 

Download 430,22 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Download 430,22 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



11-Mavzu. Ma’lumotlar bazasi xavfsizligi qismtizimining arxitekturasi va ishlash prinsipi “S2” xavfsizlik sinfi

Download 430,22 Kb.
Pdf ko'rish