- ma’lumotlar xavfsizligi belgisidagi kategoriyalar nabori butunlay foydalanuvchi
xavfsizligi belgisida bo'lishi shart;
- foydalanuvchi xavfsizligi belgisidagi hududlar nabori butunlay ma’lumotlar
xavfsizligi belgisida bo‘lishi shart
“DOWNGRADE”
Maxsus imtiyoz DOWNGRADE ma’lumotlar bilan assotsiatsiyalangan xavfsizlik
belgisini o‘zgartirishga imkon beradi. Bunday imkoniyat, masalan, u yoki bu sabab
bilan noto‘g‘ri bo`lib qolgan belgilami tuzatish uchun zarur.
Tabiiyki, INGRES/Enhanced Security MBBTi reiyatsion jadvallarga xavfsizlik
belgisini nafaqat yashirincha, balki ochiq holda kiritishga yo‘l qo‘yadi. Mos
taqqoslash amallarini madadlovchi ma’lumotlaming yangi turi security label paydo
bo‘ladi.
INGRES/Enhanced Security - xavfsizlikning V sinfiga sertifikat (attestatsiyaga
ekvivalent) olgan birinchi MBBT hisoblanadi. Ehtimol, xavfsizlik belgilari asta-
sekin ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimining standart repertuariga kiradi.
MBBT da ma’lumotlar yaxlitliligini madadlash
Tijoriy tashkilotlar uchun ma’lumotlar yaxlitligini ta’minlashning konfidensiallikni
ta’minlashga nisbatan muhimligi kam emas. Shubhasiz, mijozlaming hisob
raqamidagi mablag‘ni mo‘ralab ko'rish ko‘ngilsiz hodisa hisoblanadi. Hisob
raqamidan hisob raqamiga pul o‘tkazishda mablag‘ning norna’lum yo‘nalishda
yo‘qolishi esa undan battar noxush hodisa hisoblanadi.
Ma’lumki, ma’lumotlar bazasining asosiy dushmani tashqaridagi niyati buzuq
emas, balki uskunaning, ma’murlaming, tatbiqiy dasturlaming va
foydalanuvchilaming yanglishishi.
MBBTi foydalanuvchisi nuqtayi nazaridan ma’lumotlar
yaxlitligini madadlashning
asosiy vositalari cheklashlar va qoidalar hisoblanadi.