Server va mijozlar orasidagi kommunikatsiyalarni




Download 430,22 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/15
Sana21.12.2023
Hajmi430,22 Kb.
#126158
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Data base security - lecture 11

Server va mijozlar orasidagi kommunikatsiyalarni 
himoyalash 


Server va mijozlar orasidagi kommunikatsiyalarni himoyalash muammosi nafaqat 
MBBTlarga, balki barcha taqsimlangan tizimlarga taalluqli. Tabiiyki, bu yerda, 
masalan, OSF konsemining taqsimlangan hisoblash muhitidagi kabi umumiy 
yechimlar qidiriladi. MBBT ishlab chiqaruvchilariga o‘zining dasturiy 
mahsulotlarini ushbu muhitga “yuklash” qoladi. 
Informix-DCE/Net Informixning barcha instrumental vositalari hamda har qanday 
ilovalar yoki ODBC interfeysidan foydalanuvchi mustaqil ta’minotchilardagi 
instrumental komplekslari uchun DCE serverlaridan foydalanishni tashkil etadi. 
Xavfsizlik serveri DCE muhitida mijoz-serveming o‘zaro aloqalarini amalga 
oshirishdagi muhim komponent hisoblanadi. Ushbu server taqdim etadigan asosiy 
fiinksiyalar — Kerberos vositalari amalga oshiruvchi autentifikatsiya, avtorizatsiya 
va shifrlash. Masalan, mijoz-serveming har bir ilovasi uchun ma’mur himoyaning 
quyidagi beshta sathidan birini berishi mumkin: 
- faqat mijozning server bilan ulanganligi aniqlanganidagina 
uzatiluvchi ma’lumotlar himoyalanadi; 
- server ilk bor so‘rovni olganida, faqat muolajani masofadan chaqirishning 
boshlang‘ich bosqichida ma’lumotlar himoyalanadi; 
- ma’lumotlar manbaining haqiqiyligini tasdiqlash. Serverga qabul qilinuvchi 
barcha ma’lumotlaming ma’lum mijozdan ekanligi tekshiriladi; 
- ma’lumotlar manbai, yaxlitligi va konfidensialligini tasdiqlash. 
Oldingi sathda ko‘zda tutilgan tekshirishlar bajariladi va barcha jo‘natilgan 
ma’lumotlar shifrlanadi. 
Informix-DCE/Net madadlagan autentifikatsiya servisi DCE taqsimlangan muhit 
xavfsizligi xarakteristikalarini yaxshilaydi, o‘sha vaqtda foydalanuvchilar va 
ma’murlar faoliyati soddalashadi. 
Ushbu muhitga joylashtirilgan har qanday ma’lumotlar bazasiga murojaat etish 
uchun yagona kirish nomiga va DCE uchun parolga ega bo‘lish kifoya. Ilova ishga 
tushirilganda Informix-DCE/Net DCEdan foydalanuvchining autentifikatsiya 
axborotini so‘raydi va uni istalgan bazaga ulaydi. 
Ma’lumotlar bazasidan va ilovalardan foydalanishning kirish nomi va huquqini 
ma’murlashning yagona nuqtasining mavjudligi xavfsizlikning umumiy vaziyatini 
tartibga solishga imkon beradi. 

Download 430,22 Kb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Download 430,22 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Server va mijozlar orasidagi kommunikatsiyalarni

Download 430,22 Kb.
Pdf ko'rish