• Ma’lumotlarni tirajlash
  • Tuqori tayyorlikni madadlash vositalari




    Download 430,22 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet10/15
    Sana21.12.2023
    Hajmi430,22 Kb.
    #126158
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
    Bog'liq
    Data base security - lecture 11

    Tuqori tayyorlikni madadlash vositalari 
    Tijoriy ilovalarda apparat-dasturiy komplekslaming yuqori tayyorligi muhim omil 
    hisoblanadi. MBBTga muvofiq yuqori tayyorlikni madadlovchi vositalar apparat, 
    ayniqsa disklarga tegishli buzilishlami neytrallashni hamda xizmatchi xodim yoki 
    tatbiqiy dastur xatoliklarini tiklashni ta’minlashi lozim. Bunday vositalar 
    boshidayoq kompleks arxitekturasiga o‘matilishi shart. Masalan, ortiqcha disk 
    massivlarining u yoki bu turidan foydalanish kerak. Albatta, apparat-dasturiy 


    yechim qimmatlashadi, ammo ekspluatatsiya vaqtida bo‘lishi mumkin bo‘lgan 
    zarardan asraydi. 
    Odatda klaster tarkibida uzellar-kompyuterlar tomonidan birgalikda ishlatiluvchi 
    bir necha diskli qismtizim va komponentlar orasidagi ortiqcha bog‘lanishlar 
    bo‘ladi. 
    Tashqi nuqtayi nazaridan klaster bir butun kabi ko‘rinadi, bir necha uzellaming 
    mavjudligi esa unumdorlikning va buzilishlarga barqarorlikning oshishiga sabab 
    bo`ladi. 
    Ma’lumotlarni tirajlash 
    Axborot xavfsizligi nuqtayi nazaridan tirajlashga ma’lumotlaming 
    foydalanuvchanligini oshirish vositasi sifatida qarash mumkin. INGRES MBBT 
    tirajlashning rivojlangan imkoniyatini taqdim etadi. Informix OnLine-DS 7.Ida 
    ma’lumotlami asosiy serverdan to‘laligicha ikkilamchi serverga akslantirishdan 
    iborat tirajlash modeli madadlanadi. 
    Tirajlashli Informix OnLine-DS serverlarining konfiguratsiyasida bitta asosiy va 
    qator ikkilamchi serverlar ajratiladi. Asosiy serverda o‘qish va ma’lumotlami 
    yangilash amalga oshiriladi, barcha o‘zgarishlar esa ikkilamchi serverlarga 
    iizatiladi. Ikkilamchi serverlardan faqat o‘qish mumkin. Asosiy server buzilganida, 
    ikkilamchi server avtomatik ravishda yoki qo‘lda o‘qish va yozish rejimiga 
    o‘tkaziladi. Asosiy server buzilganida, mijozlami ochiq-oydin qayta yo‘naltirish 
    madadlanmaydi, ammo u ilovalar doirasida amalga oshirilishi mumkin. 
    Asosiy server tiklanganidan so‘ng ushbu server ikkilamchi serverga aylanishi 
    mumkin, endi o‘qish-yozish rejimida ishlovchi avvalgi ikkilamchi serverga asosiy 
    server maqomi beriladi va unga ulangan mijozlar ishlarini davom ettiradilar. Shu 
    tariqa ma’lumotlardan uzluksiz foydalanish ta’minlanadi. 
    Tirajlash axborotni tranzaksiya jumalidan (mantiqiy jumaldan) asosiy serveming 
    tirajlash buferiga uzatish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Undan axborot ikkilamchi 
    serveming tirajlash buferiga o'tkaziladi. Bunday o‘tkazish sinxron yoki asinxron 
    rejimida sodir bo`lishi mumkin. Sinxron rejim ma’lumotlar bazasining to‘liq 
    muvofiqligini kafolatlaydi, ya’ni asosiy serverda qaydlangan birorta ham 
    tranzaksiya, xatto asosiy server yanglishganida ham ikkilamchi serverda 
    qaydlanmay qolmaydi. Asinxron rejim mutlaqo muvofiqlikni ta’minlamaydi, 
    ammo tizimning ishchi xarakteristikalarini yaxshilaydi. 
    Tirajlashning qo‘shimcha ijobiy samarasi - qaror qabul qilishni madadlovchi katta 
    hajmli resursli ilovalami, asosan, ikkilamchi serverga o‘tkazish imkoniyati. Bu 
    holda ular parallel ishlash vositalaridan maksimal foydalanib, asosiy serverda 
    to‘plangan tranzaksiyalami operativ ishlovchi ilovalarga xalaqit qilmasdan, 
    ishlanishi mumkin. Bunga ma’lumotlaming foydalanuvchanligini oshiruvchi 
    omil sifatida ham qarash mumkin. 
     
     

    Download 430,22 Kb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




    Download 430,22 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tuqori tayyorlikni madadlash vositalari

    Download 430,22 Kb.
    Pdf ko'rish