|
Ma’lumotlar dekompozitsiyasiga asoslangan dasturiy Pdf ko'rish
|
bet | 14/15 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 430,22 Kb. | | #126158 |
Bog'liq Data base security - lecture 11Ma’lumotlar dekompozitsiyasiga asoslangan dasturiy
ta’minlashni loyihalash
Dasturiy ta’minotni loyihalashning ma’lumotlar dekompozitsiyasiga asoslangan
Jekson hamda Varnye—Orr metodikalari amalda bir vaqtning o‘zida takjif
etilganligi eslatib o‘tilgan edi.
Har ikki metodika murakkab; lekin iyerarxik tashkillashtirilgan ma’lumotlar
tuzilmalari bilan ishlovchi
≪sodda≫ dasturlarni ishlab chiqish uchun
mo‘ljallangan. Dasturiy tizimlarni ishlab chiqish zarur bo‘lganda har ikki holatda
ham avval tizimni dasturlarga bo`laklash, so‘ngra metodika ma’lumotlaridan
foydalanish nazarda tutiladi.
Jekson metodikasi
O‘z metodikasini yaratishda M. Jekson boshlang‘ich ma’lumotlar va natijalar
tuzilmalari dastur tuzilmasini belgilashidan kelib chiqqan.
Metodika boshlang‘ ich ma’lumotlar va natijalar tuzilmalarining muvofiqliklarini
izlashga asoslangan. Biroq uning qo‘ llanishida qandaydir darajada muvofiqliklar
mavjud bo‘lmagan vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin. Masalan, boshlang‘ ich fayl
yozuvlari tegishli satrlar hisobotda namoyon bo‘lishi shart tartibda tartiblanmagan.
Bunday vaziyatlar
≪to‘qnashuvlar≫ deb nomlangan edi. Turlicha hal qilinadigan
to‘qnashuvlarning bir necha tiplari ajratiladi. Yozuvlarning turlicha bosqichliligida
ularni ishlov berishga qadar shunchaki tartiblanadi. To‘qnashuvlarni hal etish
usullarida yanada batafsil bayon etilgan.
Dastur tuzilmasini metodikaga muvofiq ishlab chiqish quyidagicha
yo'sinda bajariladi:
• kirish va chiqish ma’lumotlari tuzilmalarining tasviri barpo qilinadi;
• ushbu ma’lumotlar o‘rtasidagi ishlov aloqalari (muvoflqliklar) identifikatsiyasi
bajariladi;
• ma’lumotlar tuzilmalari va aniqlangan muvofiqliklar asosida dastur tuzilmasi
shakllantiriladi;
• muvofiqliklar aniqlanilmagan elementlar ishlovi bloklari qo‘shimcha qilinadi;
• nomuvofiqliklar tahlil qilinadi va ishlovdan o‘tkaziladi, ya’ni ≪to‘qnashuvlar≫
hal etiladi;
• zaruriy operatsiyalar (fayllarni kiritish, chiqarish, ochish/ yopish va hokazo)
qo'shimcha qilinadi;
• dasturni tuzilmaviy notatsiyada yozib qo‘yiladi.
|
| |