|
11-Mavzu. Ma’lumotlar bazasi xavfsizligi qismtizimining arxitekturasi va ishlash prinsipi “S2” xavfsizlik sinfi Pdf ko'rish
|
bet | 13/15 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 430,22 Kb. | | #126158 |
Bog'liq Data base security - lecture 11Ro`yxatli tuzilmalar
Ro`yxatli tuzilmalar axborot qism bilan birga yana bir yoki bir necha
ko‘rsatkichlarni — elementlarning yoki shu elementlarga aloqador sarflangan
tuzilmalarning manzillarini ham qamrab oluvchi maxsus elementlardan barpo
etiladi. Bunday elementlarni dinamik xotirada joylashtirgan holda turli ichki
tuzilmalarni tashkillashtirish mumkin.
Biroq ro‘yxatli tuzilmalardan foydalanishda quyidagilarni yodda tutish lozim:
• ko‘rsatkichlarni saqlash uchun qo‘shimcha xotira zarur;
• yo‘nalishli ro‘yxatlarda axborotni izlash bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va
shu boisdan ko‘proq vaqt talab qiladi;
• ro`yxatlarni tuzish va ro‘yxatlarda saqlanayotgan ma’lumotlar elementlari ustidan
operatsiyalarni bajarish dasturchilarning yanada yuqori malakasini hamda ko‘p
ishlashni talab qiladi, tegishli dasturlar esa ko‘proq xatolarga egaligi bois yanada
batafsil testlashni talab etadi.
Vektorli ko‘pliklar
Odatda vektorli taqdim statik ko‘pliklarni, jadvallarni, masalan satrlar, yozuvlar
matritsalarini, shuningdek o‘rindoshlik matritsasi, insidentlik matritsasi yoki
tahliliy taqdim etilgan graflarni saqlash uchun qo‘llaniladi.
Ro‘yxatli taqdim dinamik (o‘zgaruvchan) tuzilmalarni va murakkab aloqali
tuzilmalarni saqlash uchun qulay.
Eng mas’uliyatli holatlarda ichki taqdimni tanlashda ma’lumotlar tuzilmasi yoki
turli variantlar uchun uning elementlari bilan eng ko‘p uchraydigan operatsiyalarni
bajarishning hisoblash murakkabligini belgilash maqsadga muvofiq. Shuningdek,
ularning sig'imiy murakkabligini ham baholash kerak.
Tashqi xotirada ma’lumotlar taqdimi
Zamonaviy operatsion tizimlar tashqi xotirada ma’lumotlarni tashkillashtirishning
ikki usulini: bosqichli va bevosita daxlli usullarini quvvatlaydi.
Ma’lumotlarga bosqichli daxlda faqat ma’lumotlar elementlarini bosqichli o‘qish
yoki ularning bosqichli yozuvi mumkin.
Bunday variant klaviatura yoki displey tipidagi mantiqiy qurilmalar bilan
ishlashda, yozuvlar formati ish jarayonida o‘zgaradigan fayllarga yoki matnli
fayllarga ishlov berish nazarda
tutiladi.
Bevosita daxl faqat qaydlangan uzunlikdagi yozuvlar bilan axborot almashinuvi
amalga oshiriluvchi diskli fayllar uchun mumkin. Bunday faylning yozuvi
manzilini uning raqami bocyicha aniqlash mumkin, bu esa kerakli yozuvga
bevosita murojaat qilishga imkon beradi.
Ma’lumotlar tuzilmalarini joylashtirish uchun xotira tipini tanlashda quyidagilarni
nazarda tutish lozim:
• operativ xotiraga ham o`qish, ham o‘zgartirish uchun tezkor ruxsatli kirish zarur
ma’lumotlar joylashtiriladi;
• tashqi xotiraga dastur tugallanganidan so‘ng saqlanishi shart ma’lumotlar
joylashtiriladi.
|
| |