Saqlanuvchi axborot turi
Saqlanuvchi axborot turi xotiraning tegishli tipini belgilaydi. Foydalanilayotgan
dasturlarning tipiga bog‘liq ravishda ma’lumotlar elementlari sifatida quyidagilar
qaralishi mumkin:
• turli formatdagi butun va haqiqiy sonlar;
• timsollar (simvollar);
• Bull qiymatlari: true va false.
Shuningdek, ma’lumotlarning ayrim tuzilmaviy tiplari, masalan:
• satrlar;
•
yozuvlar;
• maxsus e’lon qilingan sinflar.
Bu o‘rinda sonli maydonlar uchun mumkin bo‘lgan birliklar diapazonini, satrli
ma’lumotlar uchun esa satrning mumkin bo‘lgan maksimal uzunligini to‘g‘ ri
belgilash g‘oyat muhimdir.
Elementlar va ichma-ich qo'yilgan tuzilmalar aloqalari, shuningdek ularning
barqarorligi hamda elementlar va sarflangan tuzilmalar
bilan operatsiyalar
jamlanmasi ma’lumotlar taqdimi uchun foydalaniluvchi xotira
tuzilmalarini ham
belgilaydi.
Ma’lumotlarni statik yoki dinamik, shuningdek tashqi xotiraga joylashtirishda
hayot vaqti hisobga olinadi. Ma’ lumotlar, ularning elementlari va ular o‘ rtasidagi
aloqalar ichki taqdimining mavjud variantlarini yanada batafsil ko‘rib chiqamiz.
Ma’lumotlarning operativ xotiradagi taqdimi
Ma’lumotlarni operativ xotirada tashkillashtirishning ikki tayanch tuzilmasi —
vektorli va ro‘yxatli tuzilmalar farqlaniladi.
Vektorli tuzilma ma’ lumotlar maydonlarini joylashtirish uchun foydalaniladigan
xotira baytlari bosqichliligini o'zida ifoda etadi Ma’lumotlarning tashkillashtirilgan
tuzilmalarini bosqichlilikda joylashtirish elementlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri daxlni:
massivlarda yoki satrlarda indeks (indekslar jamlanmasi) bo‘yicha yoki yozuvlarda
yoxud obyektlarda maydon nomi bo'yicha amalga oshirish imkonini beradi.
Biroq massivlar elementlarini joylashtirish uchun vektorli tuzilmalardan
foydalanishda elementlarni qo‘shish yoki yo‘qotish operatsiyalarini bajarish
elementlarning ko‘p oshirilishini talab qilish mumkin.
Ma’lumotlar tuzilmalarini vektorli taqdimda
ham statik, ham dinamik xotiraga
joylashtirish mumkin. Vektorli taqdimlarning dinamik xotiradagi joylashuvi ba’zan
operativ xotiradan foydalanish samaradorligini jiddiy ravishda orttirishga imkon
beradi. Dinamik xotirada oraliq natijalarni saqlovchi muvaqqat tuzilmalarni
hamda o‘ lchami kiritiluvchi boshlang‘ ich ma’lumotlarga kuchli bog‘liq
tuzilmalarni joylashtirgan ma’qul.