ALTER ROLE operatori rollar parollarini o‘zgartirishga,
DROP ROLE operatori esa rollami yo‘q qilishga xizmat qiladi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, imtiyozlaming nomlangan eltuvchilarini yaratish va
yo‘q qilish hamda ulaming xarakteristikalarini o‘zgartirish, faqat security
imtiyoziga ega foydalanuvchi tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Bunday
harakatlar amalga oshirilganda, tarkibida subyektlar va ulaming imtiyozlari
saqlanuvchi ma’lumotlar bazasiga ulanishga ega bo‘lish lozim.
INGRES
Foydalanish imtiyozlarini ular taalluqli obyektlar turi bo‘yicha
ajratish mumkin. INGRES MBBTda bunday turlar beshta:
- jadvallar va tasavvurlar;
- muolajalar;
- ma’lumotlar bazasi;
- ma’lumotlar bazasi serveri;
- hodisalar.