- security — MBBT xavfsizligini boshqarish va foydalanuvchi harakatlarini
kuzatish huquqi. Foydalantivchi ushbu imtiyoz bilan har qanday ma’lumotlar
bazasiga ulanishi, foydalanuvchilar, guruhlar va rollar xarakteristikalarini yo‘q
qilishi va o‘zgartirishi, ma’lumotlar bazasidan foydalanish huquqini boshqa
foydalanuvchiga berishi, qayd qilinuvchi axborotning yozilishini boshqarishi,
boshqa foydalanuvchilar so‘rovini kuzatishi vanihoyat, boshqa foydalanuvchilar
nomidan INGRES-komandalami ishga tushirishi mumkin.
Security imtiyozi ma’lumotlar bazasi serverining ma’muriga hamda axborot
xavfsizligiga shaxsan javobgar shaxsga zarur. Ushbu imtiyozni boshqa
foydalanuvchilarga berish (masalan, ma’lumotlar bazasi ma’muri tomonidan)
ma’lumotlar bazasi serverining himoyasidagi bo`lishi mumkin boigan zaif joylarni
ko‘paytiradi;
“Createdb” ma’lumotlar bazasini yaratish va yo'q qilish
huquqi
Ushbu imtiyozga server ma’muridan tashqari foydalanuvchilar ega bo‘lishlari
lozim. Foydalanuvchilar ixtiyoriga alohida ma’lumotlar bazasining ma’murlari roli
taqdim etiladi;
- operator - odatda operator ixtiyoridagi harakatlami bajarish huquqi. Servemi
ishga tushirish va to‘xtatish, axborotni saqlash va tiklash ko‘zda tutiladi. Ushbu
imtiyozni server va ma’lumotlar bazasi ma’muridan tashqari operatsion tizim
ma’muriga ham berish maqsadga muvofiq hisoblanadi;
- maintain locations - ma’lumotlar bazasi serveri ma’murining bazasi va operatsion
tizim o‘mashgan joyni boshqarish huquqi;