12-ma’ruza: restriksiya va restriktazalar reja: Restriksiya jarayoni Restriktaza fermentlari




Download 33.55 Kb.
bet2/5
Sana25.03.2023
Hajmi33.55 Kb.
#46728
1   2   3   4   5
Bog'liq
12-ma’ruza restriksiya va restriktazalar reja Restriksiya jara
Anotatsiya Big data, Big Data\'ning asosiy 8 atamasi, Schyotlar rejasi, 4-маъруза, djbwduwudb
PLAZMIDLAR
Bular bakteriya hujayralaridagi halqasimon DNK boiib, genetic materiallarning bir qismini tashkil qilsalar ham, biologik ahamiyati kattadir. Ular baktenyalarmng har xil toksik moddalarga rezistentligini, jumladan, antibiotiklarga chidamli yoki chidamsizligini, ozuqa moddalami o‘zlashtirish qobiliyatini ham belgilaydi. Bakteriya hujayralaridagi plazmidlar soni bittadan yuztagacha bo‘lib, ularning replikatsivasi xromosomalarga bog'liq bo‘lmay, avtonom holda kechadi. Piazmidlar xromosomalarga nisbatan turg‘un bo‘lmay, genetic axborotlarni mobil (yengil, tez o‘tkazuvchi, tashuvchi) holda saqlovchidir. Hujayralarda genlarning konyugatsiyasi faqat piazmidlar orqali amalga oshadi.Ular deyarli barcha bakteriyalarda mavjuddirlar. Plazmidalarning ba’zilari o‘zlarining boshqa hujayraga o‘tkazilishi haqidagi axborotni saqlaydilar (F-plazmidalar), boshqalarida antibiotiklarga chidamli genlar (R-plazmidalar) yoki g‘alati metabolitlarning utillanishiga ma’sul genlar yig'indisi joylashgandir (degradatsiya plazmidalari). Ma’lum funksiyalarni bajaradigan genlar tutuvchi aniqlanmagan plazmidalar (kritik plazmidalar) ham borligi ko‘rsatilgan. Plazmidalarning kattaligi 1 ming juft nukleotidlardan kamroq 500 ming juft nukleotidlardan ko'proq oralig‘idadir. Har bir plazmidada replikatsiya boshlanilish sayti joylashgan (ori), bu saytsiz plazmida xo'jayin hujayrasida replikatsiyaga kirishmaydi. Hujayrada ba’zi plazmidalar 10-100 nushalar bilan ifodalangan. Kam nushali (1-4) plazmidalar ham hujayralarda uchrab turadi. Plazmida DNKsi odatda umumiy hujayra DNKsini 0,1-5,0% tashkil etadi.Avtonom ravishda replikatsiyalanuvchi genetik elementlar sifatida plazmidalar klonirlangan DNKni o'tkazishga moMjallanganasosiy xususiyatlarga egalar. Ammo, ko‘pincha tabiiy,(modifikatsiyalanmagan) plazmidalar “yuqori sifatli,” vektorlarga xos bo‘igan ba’zi xususiyatlardan mahrumlar. Bunday muhim xususiyatlarga quydagilar kiradi:
1. Plazmidani kichik hajmi. Ekzogen DNKni E.coliga o‘tishining samaradorligi, plazmidani kattaligi 15 m.j.n.dan. ko‘p bo‘lsa pasayadi.
2. Plazmidada unikal restriktsiya sayti mavjud bo‘lishi kerak, unga donor DNKsini o‘tkazish mumkin.
3. Rekornbinant DNK tutuvchi retsipiyent hujayralarning identifikatsiyalash uchun plazmidada bir va undan ortiq selektiv genetic markerlar mavjud bo‘lishi kerak.
Yuqorida keltirilgan xususiyatlarga ega bo‘lgan plazmida vektorlari gen injenerligi yo‘li bilan yaratiladi.
Plazmidlarningmolekulalari ma’lum modifikatsiya qilingandan. so‘ng, vektor sifatida foydalaniladi. Awal uni halqa holatiga to‘g‘ri yo‘naltirilgan restriktazalar orqali keltiriladi. Hosil bo'lgan DNKning oxiri to‘mtoq holda bo'ladi. Tekis plazmidali DNK to‘mtoq tomoni oxirida maxsus oligonukleotidlar hosil qilinadi, ulami linkyorlar yoki adapter deb, ular endi yopishqoq tomonlar b o iib xizmat qiladi. Yopishqoq tomonli linkyorlarga fermentlar yordamida kDNK bog' lanadi. Hosil qilingan vektor va unga bog‘langan kDNK hujayra genomiga kirgiziladi. Kirgizilgan begona DNK hujayra genomini o'zgartirib, transformirlangan holatga keltiradi. Bu hujayralar maqsadga asosan seleksiyalanishi yoki klonlanishi mumkin. Hozirgi kunda vektorlaming ikki xili ma’lum bo'lib, ular oddiy va maxsus turlarga bo‘linadi. Oddiy velctorlar klonlanganda ko‘p miqdordagi genlardir, maqsadlilarini ajratib, genlar “kutubxonasi” ni yaratish mumkin. Maxsus vektorlar esa genlarning ekspressiyasiga aloqador bo‘ladi. Oddiy vektorlar har xil hujayralardagi genlarni ajratish va ularni o‘rganish uchun ishlatilsa, maxsus vektorlar biotexnologiya maqsadlarda, genlarning ekspressiyasini va maqsadli mahsulotlami ko‘p miqdorda sintezlashda qo'llanadi. Aynan shu maqsadda maqsadli oqsilni sintezlovchi genni hujayra xromosomasiga joylab, promoter bilan bog’lanadi.

Download 33.55 Kb.
1   2   3   4   5




Download 33.55 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



12-ma’ruza: restriksiya va restriktazalar reja: Restriksiya jarayoni Restriktaza fermentlari

Download 33.55 Kb.