• 47-rasm. Gen muhandislik usuli orqali odam insulinini ajratib olish (V.Efimov bo‘yicha).
  • 12-ma’ruza: restriksiya va restriktazalar reja: Restriksiya jarayoni Restriktaza fermentlari




    Download 33.55 Kb.
    bet3/5
    Sana25.03.2023
    Hajmi33.55 Kb.
    #46728
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    12-ma’ruza restriksiya va restriktazalar reja Restriksiya jara
    Anotatsiya Big data, Big Data\'ning asosiy 8 atamasi, Schyotlar rejasi, 4-маъруза, djbwduwudb
    MIKROORGANIZM HUJAYRALARI NING
    TRANSFORMATSIYASI
    Xalqt xo‘jaligi va tibbiyotda zarur bo'lgan 0‘simlik, hayvon mahsulotlarini gen muhandisligi asosida mikroorgariizm hujayralarida ko‘piab sintezlash mumkin. Mazkur usul orqali sinteziangan muhim moddalardan biri insulindir. Bu gormon dunyoda tarqalishi bo‘yicha uchinchi o'rinda turadigan, diabet (qand) kasalligiga qarshi qo'llanadigan vositadir. Yuqorida aytilgandek, insulinni o‘tgan asrning 80-yillarida muhandisligi usuli asosida, E.coli hujayrasida sintezlash yo‘li orqali olish yo‘!ga qo‘yilgan edi. Insulin sintezlaydigan genni P-galaktozidaza oqsil-fermentni kodlaydigan genga bog‘lab, plazmida asosidagi vektorga joylab. E.coli hujayrasida metionin orqali P-galaktozidazaga bog‘langan A va B-zanjirli insulin gormoni sintezlana boshlagan. Oqsilni spetsifik parchalaydigan bronisian, insulindagi metioninni parchalab, shu usul orqali individual insulinni ajratib olingan. Ajratilgan insulin zanjirlari o‘zaro bog‘langandan so‘ng, u faol gormonga aylanadi.
    Biroq, bunday usul bilan insulin gormonini ajratiish samaradorligi jihatidan juda past hisoblangan. Shuning uchun kc‘rsatilgan usullar takomillashtirilib, mikroorganizm asosida sintezlangan proinsulin vitro sharoitida haqiqiy insulinga aylantirish usuli ishlab chiqilgan. Hozirgi kunda rekombinant hujayrada sintezlanadigan proinsulin vitro yo‘li bilan faol insulinga aylantirish tibbiyot amaliyotida kengqo‘llanadi (47-rasm).
    .


    47-rasm. Gen muhandislik usuli orqali odam insulinini ajratib olish (V.Efimov bo‘yicha).
    Inson organizmida muhim rol o‘ynaydigan faol moddalardan yana biri bu somatotropindir. Ushbu gormon organizmning o‘sishiga uglevod, lipid va mineral moddalarning almashinuvida bevosita ishtiroketuvchi gormon hisoblanadi. Mazkur gormon yaqin vaqtgacha o‘lik organizmlardan ajratib olinardi. Bu usul bilan bemorlami davolash og‘ir kasalliklarga ham sababchi bo'lganligi fanga ma’lumdir. Genmuhandisligi usuli bilan Somatotrop gormonini ishlab chiqarish tibbiyotda katta voqealardan biri bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.Bunda avvalo somatotrop gormonining geni ajratiladi (ma’lumki,prosomatotropin bakteriya hujayrasida prosessing jarayoniga uchramaydi). Gormonning 23 ta aminokislotasini kodlaydigan DNK fragmenti kimyoviy-fermentativ yo‘li bilan sintezlanadi.
    Somatotropning qolgan qismini kodlovchi oligonukleotidlarni i-RNK molekulasi asosida teskari transkriptaza fermenti ishtirokida kDNK sintezlanadi. Ikkita fragment bitta plazmidaga birlashtirilib, E.coliga kiritiladi. Hosil bo‘lgan mahsulot gipofiz gormon faolligiga ega bo‘lgan somatotropin hisoblanadi. Ma’lumki, interferonlar-kichik molekulali oqsillar bo‘lib, viruslarga qarshi vositalardir. Bulardan tashqari interferonlar gepatit, skleroz va ayrim shish kasalliklariga qarshi dori sifatida ham keng ishlatiladi. Odam va hayvon a ’zolarida sintezlanish joyiga qarab interferonlar uch sinfga bo‘linadi: Leykositlardagi a-interferon, fibroblastlardan olinadigan (3- interferon va timus tarkibidagi y-interferon. a-interferon oddiy oqsil hisoblanadi, p~ va. y- oqsillari glikolizlangan bo'ladi. Interferonlar virusli infeksiyani davolashda eng yaxshi dori hisblanadi. Mazkur oqsil tur spetsifikligiga ega bo‘lib, faqat odam hujayrasidan olinadi. Interferonni hujayradan ajratish qiyin va juda kam miqdorda ajraladi. Shuning uchun ushbu moddani gen muhandisligi orqali olish samarali hisoblanadi. Birinchi marta bundan 20 yil ilgari interferon geni bakteriya hujayrasi E.coli hujayrasidan quyidagi usul orqali olinadi. Interferon geni kirnyoviy va fermenttiv usullar orqali ajratiladi. Bakteriyada interferon to‘liq qimmatli sintezlanmay, balki prointerferon holda, ortiqcha aminokislotalar qoldiqlari bilan birgalikda hosil bo‘ladi. Bakteriyada proteinaza fermenti bo‘lmaganligi uchun prointerferonni interferonga aylantira olmaydi. Shu sababli to‘liq qimmatli interferon geni E.coli hujayra genomiga joylashtiriladi. Rekornbinant shtamm biologik faollikka ega bo’lgandan so‘ng, ko‘p miqdorda interferon sintezlay boshlanadi. Keyinchalik interferon genini achitqi hujayralariga ham joylashtirisih ham yaxshi samara beradi. Interferonni kodlaydigan teskari transkriptaza fermenti ishtirokida i-RNK yordamida olingan. Ainterferon hosil qiladigan DNKga achitqidagi alkogoldegidrogenazani kodlaydigan gen ulanib, plazmida tariqasida achitqi hujayrasiga kirgizilacli. Inson genidagi interferon promotorni achitqidagi alkogoldegidrogenaza geniga joylashtirish interferon genni ekspressiyaga samarali ta’sir qilgan. Bakteriya hujayra genomini achitqiga kirgizish texnikasi interferon olishni samarali usuli ekanini ko‘rsatdi. Interferonlar glikozilirlangan bo'lishi kerak, bakteriya hujayrasida bu amalga oshmay, achitqilarda esa bu jarayonni amalga oshiruvchi fermentlar mavjud. Hozirgi kunda inson va hayvon tanalariga tushgan antigenlarga qarshi antitelalar hosil qilishini an’anaviy vaksina qilishdan tashqari, yana gen muhandislik usullari ham ishlab chiqilgan. An’anaviy vaksinatsiya har doim ijobiy natija beravermaydi. Ayrim hollarda tirik vaksinalar zaharlanjshni qo‘zg‘atib, immun tizimini keskin pastga tushirib yuborishi mumkin. Viruslaming antigenlik xususiyati ulardagi oqsillarning tarkibiga bog‘liq. Shuning uchun, viruslardagi oqsillami individual ajratib, vaksinalar tayyorlash yuqorida ko'rsatilgan kamchiliklardan holi qilishi mumkin. Virus oqsillarini gen injenerlik usullari orqali bakteriya va achitqilardan olish mumkin. Lekin bakteriya va achitqilarda faqat virus oqsillarining fragmentlari sintezlanadi. Virus oqsillarini olishda samarali usul eukariot hujayralari deb topilgan. Virus oqsillarining konformatsion antigenii determinantlari asosida sintetik vaksinlar tayyorlanadi. Kuzatishlarga qaraganda, qator sintetik peptidlar antitelalar bilan bog‘lanib, virus zarrachalariga qarshi kurashda qo‘l kelmoqda. Sintetik vaksinalar tayyorlash samarali usul hisoblanmoqda.

    Download 33.55 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 33.55 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    12-ma’ruza: restriksiya va restriktazalar reja: Restriksiya jarayoni Restriktaza fermentlari

    Download 33.55 Kb.