12-ma’ruza: restriksiya va restriktazalar reja: Restriksiya jarayoni Restriktaza fermentlari




Download 33.55 Kb.
bet5/5
Sana25.03.2023
Hajmi33.55 Kb.
#46728
1   2   3   4   5
Bog'liq
12-ma’ruza restriksiya va restriktazalar reja Restriksiya jara
Anotatsiya Big data, Big Data\'ning asosiy 8 atamasi, Schyotlar rejasi, 4-маъруза, djbwduwudb
HAYVON HUJAYRASINING GENETIK
TRANSFORMATSIYASI
Tabiiy sharoitda viruslar hayvon hujayrasiga kirib, uni genetic transformatsiyaga uchratishini har doim kuzatish mumkin. Hayvon hujayralaridagi genomni o‘zgartirish va bu o‘zgarish nasldan-naslga uzatilish jarayoni o‘tgan asrning 70-yillarida AQShda sichqon genomida kuzatilgan. Hayvon hujayralarida gen muhandisligi mikroorganizm va o‘simliklarnikiga o‘xshasa ham, o‘ziga xos farqlari mavjud. Hayvon genlarini klonlash uchun vektor sifatida viruslar DNKsidan foydalaniladi. Virus genomining bir qismi ajratilib, o‘rniga maqsadli genni joylab, hayvon hujayrasiga kiritiladi. Begona genetik materialni tutgan vektomi hayvon hujayrasi yadrosiga mikroinyeksiya orqali yuborilishi, yaxshi natijalar bermoqda. Mikrokapillyar pipetka orqali mikroskop nazoratida hujayra yadrosiga 10'IO-10'12 1 transformirlovchi DNK eritmasi yuboriladi. Genetik transformatsiya usuli orqali hayvon hujayralaridan genomi o‘zgartirilgan hayvonlami yaratish mumkin. Klonlangan genlami hayvon hujayrasi yadrosiga joylash ancha murakkab jarayon hisoblanib (55-rasm), bu jarayon quyidagi bosqichlardan iborat: • Otalantirilgan ikkita pronukleus holdagi tuxum hujayra ajratiladi;
• Erkak pronukleus tarkibiga 10'121 begona DNK eritmasi qo‘shilgan birikmani ajratilgan tuxum hujayrasiga kiritiladi;
• Transformirlangan tuxum hujayrasi urg‘ochi organism bachadoniga implantatsiya qilinadi. Otalantirilgan tuxumni urg‘ochi organizm qabul qilishi uchun jinsiy jihatdan organizm gormonal yetilgan bo‘lishi kerak;
• Hosil bo‘lgan hayvonlami ichidan transgen seleksiya qilinadi.
Download 33.55 Kb.
1   2   3   4   5




Download 33.55 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



12-ma’ruza: restriksiya va restriktazalar reja: Restriksiya jarayoni Restriktaza fermentlari

Download 33.55 Kb.