PowerPoint
PowerPoint taqdimoti grafikli dasturlar sirasiga kiradi. Bunday dasturlar o’zida matnlar,
rasmlar, sxemalar, grafiklar, animatsion effektlar, ovoz, videokliplar va hokazolardan iborat slaydlar
hosil qilish imkonini beradi.
Slaydlar ketma-ketligidan hosil bo’lgan taqdimotni kompyuter ekranida, videomonitorlar va
katta ekranlarda namoyish qilish mumkin. Taqdimot yaratish – bu slaydlar ketma-ketligini qurish va
bezagini berishdir. Quyidagi rasmda siz POWERPOINT dasturining ekrani va uning asosiy
elementlarini ko’rib turibsiz:
Google Prezentatsii
Google Diskda bepul virtual ofis taqdimotni ishlab chiqish imkoniyatiga ega. Google Diskda
taqdimotlarni ishlab chiqish Power Point dasturidek bo’lib, onlayn tarzda ko’pgina vido o’zgarishlar
ega interfeyz bir oz qisqartirilgandir. Bunda Power Point dasturining onlayn versiyasidan ko’proq
imkoniyatlariga egadir.
Taqdimotni tekin ofis Google diskda ham yaratish mumkin. Google diskda taqdimot yaratish
Power Point dasturida taqdimot yaratish bilan bir-hil, lekin Google diskda onlayn tarzda yaratiladi va
vide o’zgarishlar bilan farq qiladi. Power POintning funksiyalaridan tubdan farq qiladi. Agar sizda
16
litsensiyali Power Point 2013 bo'lsa, siz bilasizki boshqa hujjatlar bilan hamkorlikda ishlash mumkin
va Google diskda ham boshqa hujjatlar bilan hamkorlikda ishlash oson va funksiyalari mavjud.
Google taqdimot tekin va chegarasiz imkoniyatlarga ega, lekin foydalanuvchi taqdimot
yaratishda bazaviy topshiriqlarni hal qiladi.
Prezi dasturi imkoniyatlari. Prezi.com da ro‘yxatdan o‘tish. Prezi dasturida yangi
taqdimot yaratish. Taqdimotga ob’ektlarni joylashtirish
Flesh taqdimotlarning zamonaviy vositalaridan biri bu - Prezi dasturidir. Prezi dasturining
o`ziga xosligi shundan iborat-ki, bu dasturda taqdimotlar ketma-ket namoyish etiladi.
Power Point bilan Prezi dasturlari orasidagi eng katta farq shundaki, Prezi asosan linyali
formatga urg’u beradi. Prezi g’oya, fikr va rejalar tarmog’ini qurush uchun ishlatiladi.
ZUI – (zooming user interface) ob’yektivdagi suratni foydalanuvchilarga yaqinlashtirib yoki
uzoqlashtirib ko’rsatadi. ZUI foydalanuvchilarga turli xil hujjatlarni o’zaro, to’gridan to’g’ri ko’rib,
o’rganib chiqishga imkon beradi.
Umuman olganda, Prezi Windows operatsion tizimida ishlash uchun mo’ljallangan dastur.
Prezi murakkab taqdimot yaratishda Adobe Flashning oxirgi versiyalaridan foydalanadi. Prezi
dasturining uchta shakli mavjud:
Prezi public
Prezi enjoy
Prezi pro.
Prezi public barcha foydalanuvchilar uchun bepul bo’lsa, Prezi pro va Prezi enjoy esa ma’lum
bir to’lovlarni talab qiladi.
Canvas – (“mustahkam va dag’al mato” ma’nosini anglatadi) prezentatsiya tayyorlash uchun
maydon. Prezi ZUI texnologiyasidan foydalanganligi sababli har qanday berilgan canvas, ya’ni
maydon ko’rinib turgan hududiga nisbatan kattaroq bo’ladi. ZUI texnologiyasi foydalanuvchilarga
maydon bo’ylab erkin harakatlanish va ma’lumot qo’shish imkonyatlarini beradi.
Prezi dasturi kompyuter kabi, planshet, mobil telefonlarda ham ishlaydi. Dasturni oson va
qulay shaklda o’rganish mumkin. Zoom yordamida Prezi taqdimoti slaydma-slayd ko’chmaydi, balki
yangi joyga izma-iz keladigan yo’lak (Pathwaypoint) dan foydalanib yaqinlashtiriladi.
Prezi – onlayn chiroyli taqdimotlar yaratishga moljallangan ilovalar. Bunda chiziqli
bo`lmagan taqdimotlar tayyorlanadi, xohlagan bir fragmentni kattalashtirish va kichiklashtirish
mumkin.
Prezi dasturi Zui Labs kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, 2008 yil 15 dekabrda servis
ishga tushirilgan.
Dasturda ishlashdan avval tayyor taqdimotlarning namunasini ko’rib chiqish mumkin.
//prezi.com saytida ro`yxatdan o`tish oddiy bo`lib, avvalo dastur versiyasi tanlanadi, so`ng
ro`yxat shakli to`ldiriladi. Shaklni to’ldirishda elektron manzilni kiritish talab etiladi.
Yangi taqdimotni yaratish uchun New Prezi tanlanadi. Shundan so’ng bir necha
shablonlardan iborat yangi oyna paydo bo’ladi. Toza varaqda ish boshlash uchun Start blank prezi
varianti tanlanadi.
17
|