• KIRISH Kirish
  • 12-mavzu: yo‘l xo‘JALIGIDA yo‘llardan foydalanishni boshqarish. Reja




    Download 53,76 Kb.
    bet1/2
    Sana09.01.2024
    Hajmi53,76 Kb.
    #133455
      1   2
    Bog'liq
    yasghnar
    Mustaqil ish Phiton (4), СЕГМЕНТАЦИЯ СПРОСА НА ТУРИСТИЧЕСКИЕ ПРОДУКТЫ, ‘’Zakovat’’ intellektual o’yini ssenariysi 1-boshlovchi-fayllar.org, Анализ урока по ИНФОР., inklyuziv14.05.2234.1, Pinnazarov Otabek, Ustama beriladigan sertifikatlar, yashna tentak, yo\'l xo\'jaligi bitgani, Laboratoriya1, \'Matnli va grafik axborotlarni kodlash usullari, 3-maruza Kompyuterning dasturiy va texnik ta\'minoti (3), Labora-10 (1), Laboratoriya-2

    12-MAVZU: YO‘L XO‘JALIGIDA YO‘LLARDAN FOYDALANISHNI BOSHQARISH.
    REJA:

    1. Kirish.

    2. Asosiy qism.

    II.1. Avtomobil yo‘l xo‘jaligining iqtisodiyotda tutgan o‘rni va optimal rivojlantirishning vazifalari.
    II.2. Yo‘l xo‘jaligini boshqarishning me’yoriy- huquqiy hujjatlari.
    II.4. Avtomobil yo‘llari tarmog‘ini rivojlantirishni iqtisodiy jihatdan asoslash.
    II.5. Avtomobil yo‘l qurilish sohasining iqtisodiy samaradorligi.
    II.6. Yo‘l xo‘jaligini boshqarish tizimini takomillashtirish chora- tadbirlari va boshqarishning zamonaviy tizimini yaratish.

    1. Xulosa.

    2. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.



    KIRISH

    Kirish
    Bugungi kunda respublikamiz avtomobil yo‘llarini rivojlantirish, yo‘lning transport-ekspluatasion ko‘rsatkichlarini xalqaro talablarga darajasiga javob beradigan bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha huqumat darajasida ko‘tarilib, qator qaror va farmoyishlar ishlab chiqilmoqda. Avtomobil yo‘llari O‘zbekiston Respublikasining xo‘jaliklar sohasining yirik tayanchlaridan biri, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmaning muhim tarkibiy qismi xisoblanib, mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishida muhim ahamiyatga egadir.
    Mustaqillikdan keyingi yillarda Toshkent shahri va viloyat markazlaridagi katta-kichik shaharlarning yo‘l va ko‘chalarini qurish, qurish qayta va ta’mirlash bo‘yicha juda katta hajmdagi ishlar bajarilib, shahar yo‘llari va ko‘chalarning transport-ekspluatasion ko‘rsatkichlari kundankunga takomillashib, xalqaro talablar darajasiga yetkazish bo‘yicha juda katta ishlar bajarilib kelinmoqda. Avtomobil yo‘l tarmog‘i mamlakatning hamma tumanlarini birlashtirib, xududning yaxlitlik sharti uchun zarurligini, uning iqtisodiy fazoviy yaxlitligini taminlaydi. U iqtisodiy o‘sish shartini, milliy iqtisodning raqobatbardoshligini va axolining yashash sifatini oshiradi. Avtomobil yo‘llari chegaradosh davlatlarga chiqishi taьminlashi bilan birgalikda respublikaning tashqi iqtisodiy aloqalarni taьminlashning asosiy moddiy bazasi va uning iqtisodiy globallash tizimi integrasiyalashi hisoblanadi.
    Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyevning davlatimiz so‘ngi yillarda yillaridan jahon bozoriga chiqishning O‘zbekiston uchun eng qulay va qisqa yo‘llarini loyihalash, ularni qurish haqida qayg‘urgan edi. Mamlakat Prezidentining 2017-yil 14-fevralda qabul qilingan PF 4954-sonli “Yo‘l xo‘jaligi boshqarish tizimini yanada takommillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risdagi”gi farmoniga hamda PQ 2776- sonli ’’ O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridadagi Respublika yo‘l jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risi’’ dagi qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi tashkil etilishi ham buning yorqin misolidir.
    Shuni takidlab o‘tish kerakki, istiqlolning turli davrlarida Respublika Prezidenti va hukumati tomonidan mamlakatda avtomobil yo‘llari qurilishi masalasiga aloxida etibor berib kelingan va soha istiqboli yo‘lida muntazam ravishda qarorlar qabul qilingan.Investisiya dasturiga muofiq 2019-2020 yilda bahosi 1.622 mlrd so‘mlik uzunligi 135.1 km ishlar bajarilgan. Bundan tashqari to‘la tamirlash dasturiga asosan umumiy foydalanishdagi yo‘llarda 557.7 mlrd so‘mlik uzunligi 101.8 km. Mintaqaviy yo‘llarni tamirlash dasturi bo‘yicha 2.358 mlrd so‘mlik uzunligi 8.192 km. Shu jumladan Samarqand viloyatida 194.1km. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini joriy tamirlash va saqlash ishlari dasturi bo‘yicha 2205.7mlrd so‘mlik uzunligi 4.470 km. Ishlar bajarilgan. Tizim korxonalari tomonidan 2020-yil birinchi yarim yilligida 11774 ta ish o‘rinlari yaratilgan.
    Navbatdagi tasdiqlangan dasturni (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 6-mart 2015-yildagi PQ-2313 “Muxandislik kommunikasiyasi va yo‘l-transport infratuzilmasini 2015-2019 yillarda rivojlantirish va modernizasiya qilish dasturi haqida”) bajarish maqsadida 2015-2019 yillarda Milliy avtomagistral tarkibiga kiruvchi1227,8 kilometr yo‘l va ko‘prik, yo‘l o‘tkazgichlarni va ulardagi transport kesishmalarini (razvyazka) Respublika yo‘l fondi mablag‘lari hisobigqurish va qayta qurish rejalashtirilgan. Shu davr mobaynida Xalqaro moliya institutlarining mablag‘i xisobiga O‘zbekiston Milliy avtomagistrali tarkibiga kiruvchi 1172,5 kilometr avtomobil yo‘llarini ulardagi ko‘prik, yo‘l o‘tkazgich va transport yechimlarini qurish va qayta qurish rejalashtirilmoqda. Qarorda 2015-2019 yillarda Respublika yo‘l fondi va dunyo banki mablag‘lari xisobiga O‘zbekistonda 299.5 kilometr umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘li va ulardagi ko‘prik va yo‘l o‘tkazgich va transport yechimlarini qurish va qayta qurish rejalashtirilmoqda. Shuningdek besh yilda avtomobil yo‘llarini taьmirlash va saqlash ishlari uchun 995 birlik eng yangi yo‘l –taьmirlash texnikasi jixozlarini olish rejalashtirilgan. Ulardan 150 tasi 2015-yilda, 2016-yildan 2018-yiogacha har yili 200 birlikdan va 2019-yilda 243 birlik texnika.
    Undan tashqari, 2016-2018 yillarda ishlab chiqarish bazasini yangilash ko‘zda tutilgan: 38 kilometr asfaltobeton, sementobeton zavodlari, beton qorishgich moslamas, maydalash- ajratish tizimlari, shuningdek boshqa jixlozlar va texnikalar. Dasturda ko‘rsatilganiga muvofiq 2016-yilda 520,1 kilometr avtomobil yo‘lini qurilishi va qayta qurilishi tugatildi. 2016-yilda o‘zbekistondagi umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarida qurilish, kapital taьmirlash va joriy taьmirlash ishlari, shuningdek ekspluatasiya ishlari 1,3 trln.so‘mga bajarildi, shu jumladan
    - Investision dastur bo‘yicha 255.9 kilometr umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘la qayta qurildi;
    - Xalqaro va davlat ahamiyatidagi umumfoydalanuvdagi 94.4 kilometr avtomobil yo‘li taьmirdan chiqarildi;
    - O‘zbekiston Milliy avtomobil yo‘li tarkibiga kiruvchi 42654 kilometr avtomobil yo‘lida joriy taьmirlash ishlari bajarildi.
    Milliy avtomagistralni qurish dasturi doirasida 1501 kilometr avtomobil yo‘lini qurish va qayta qurish rejalashtarilgan, shu jumladan trans yevropa avtomobil yo‘nalishi Ye-40 ning o‘zbek bo‘lagi bo‘lib, uning uzunligi 1139 kilometr bo‘lib, “Beyneu-Qo‘ng‘irot-Buxoro-Navoi-Samarqand- Toshkent-Andijon” yo‘nalishida o‘tadi. 2009-2016-yillarda avtomobil yo‘llarini qurish, qayta qurish, taьmirlash, saqlash va tabiiy ofatlarni bartaraf qilish ishlariga 12.6 trln.So‘m sarflandi. Bir paytda avtomobil yo‘llarini qurish, qayta qurish va taьmirlash ishlarini moliyalashtarishga xalqaro moliya institutlari (ABR, IBR, VB. Arab kordinasiya guruxi va boshqalar) ning 2.03 mlrd AQSH dollari mablag‘lari jalb qilindi
    O‘zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan ustuvor
    yo‘nalishlar xarakatlar strategiyasida yo‘l-transport, muxandis- kommunikasiyalarini modernizasiya qilish va rivojlantirish xususan region xududlardagi avtomobil yo‘llarini maqsadli dasturi yo‘l infrastrukturasini qurish va rekonstruksiya qilish aholining yashash sharoitini yaxshilashna taьminlaydi. Xususan 2017-yilning oxirigacha O‘zbek avtomagisrali tarkibiga kiruvchi, xalqaro talab va standartlarga javob beruvchi 260 km avtomobil yo‘li qayta quriladi. Umumfoydalanuvdagi 155.2 avtomobil yo‘li kapital taьmirlandi. Umumfoydalanuvdagi 2350 km avtomobil yo‘llarini yo‘l qoplamasini joriy taьmirlash xisobiga ularning ravonligi taьminlandi, A- 380 “Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo‘lining 135 km, M-39 “Almata-Bishkek-Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lining 15 kilometri foydalanishga topshirildi. A-380 “Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo‘lini “Amu-Buxoro” kanali ustidan va M-39 “Almata-Bishkek-Toshkent- Termiz” yo‘linig Zarafshon daryosi ustidan yangi ko‘priklar foydalanishga toppshirildi. 1-noyabr 2017 yilgacha xududlar avtomobil yo‘llarini 3000kilometri taьmirdan chiqdi. Yo‘l tashkilotlarining material-texnik bazasini mustaxkamlash uchun 2017-yilda 215 birlikdan ortiq yo‘l qurilish texnikasi va 7 birlik asfaltbeton zavodi sotib olindi. Investisiya dasturiga ko‘ra 2018-yilda umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarini 280 km qayta qurish rejalashtirilmoqda. Ular O‘zbek Milliy avtomagistrali tarkibiga kiruvchi yo‘nalishlar bo‘yicha:
    -117 km yo‘l A-380 “Beynou-Qo‘ng‘irot-Buxoro-Samarqand-Toshkent- Andijon” yo‘lidan “Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu”, M-39 “Almata-Bishkek- Toshkent-Termiz” qayta quriladi. A-373 “Toshkent-O‘sh”, Qo‘qon shaxrini aylanib o‘tuvchi A-373 yo‘lini Sirdaryo ustidan quriladigan 250 km ko‘prik o‘tkaziladi;
    - 6 km yo‘l A-38g‘ “Bo‘xoro-Qarshi-Gʻuzor-termiz” yo‘lidan “Gʻuzor-Buxoro- Nukus-Beyneu”, M-39 “Xayroton ko‘prigiga shaxobcha” qayta quriladi, A-380 avtomobil yo‘lining 208 kilometridagi yo‘l o‘tkazgich qayta quriladi;
    - 17 km yo‘l “Samarqand-Gʻuzor” yo‘lidan 4R87 “Gʻuzor-Chim-Kukdacha”, 4R45 “Samarqand Xalqa yo‘li” qayta quriladi;
    -5 km yo‘l “Bo‘xoro-Olot” avtomobil yo‘lidan M-37 “Samarqand-Buxoro- Turkmanboshi” qayta quriladi;
    -“Qamchiq” dovonidagi A-373 yo‘lining 106-116 km yangi yo‘nalish bo‘yicha Angren ko‘mir konini aylanib o‘tish qayta quriladi. Bundan tashqari “Qamchiq” va “Rezak” tunellariningshamollatish (ventilyasiya), yoritish va yong‘inni o‘chirish tizimini modernizasiya qilish boshlandi. Yo‘llar davlat ichidagidan tashqari mumim xalqaro ahamiyatga ham ega.
    O‘zbekiston –Markaziy Osiyodagi chorraxa bo‘lib, xududlar xamkorligini rivojlantirishga qulay sharoit yaratadi, transport yo‘lagi (koridori) ni rivojlantirish xujular va xalqaro loyixalaridja ishtirok etadi. 2011-yil 9-dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 323 qarori bilan Davlat chegarasini 11 punktidan O‘zbekiston Respublikasi xududidan chet el avtotashuvchilarining tranzit xarakatlanishi 44ta yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazish tasdiqlangan. Avtomobil yo‘llari faqat ayrim hududlardagina emas balki butun davlatni ijtimoiy-iqtisodiy rivonlanishida katta o‘rin egallaydi. "Yo‘llar-davlatni qon tomiridir" deb bejizga aytilmagan.
    Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish samaradorligining eng muhim ko‘rsatkichi tannarx bo‘lib qoladi, chunki pirovard natijada iqtisodiy rag‘batlantirish fondlarining miqdori, ishlovchilarning real ish haqlari, ishlab chiqarish quvvatlarining rivojlanishi, ishlab chiqarish texnikaviy saviyasining o‘sishi faqat tannarx orqali aniqlanadi.
    Ob’yektning smeta qiymati o‘z tarkibiga shu ob’yektni yaratish uchun kerak bo‘lgan barcha ijtimoiy-zaruriy xarajatlarni oladi, shu jumladan, qurilish-montaj ishlarini bajarish, uskunalar sotib olish va ularni montaj qilish, loyiha-izlanish ishlari, ustama xarajatlar hamda rejalashtirilgan jamg‘armalar.
    Smeta qiymatidan farqli o‘laroq qurilish-montaj ishlarining tannarxi qismi bo‘lib, u yo‘l tashkilotining avtomobil yo‘llarini qurish va ta’mirlashga qilgan xarajatlaridan tashkil topadi. Qurilish-montaj ishlari tannarxi uning smeta qiymatiga nisbatan pul va moddiy resurslardan tejamli foydalanishni aks ettirib, tashkilot ishi samaradorligini ko‘rsatuvchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.
    Yo‘l xo‘jaligida, qurilish tarmoqlarining barcha boshqa turlaridagi kabi, ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish kompleks kalkuliyasion elementlar bo‘yicha amalga oshiriladi va ularning nomenklaturasi smeta hujjatlari tarkibidagi xarajatlarni elementlar bo‘yicha guruhlashtirish bilan to‘liq mos keladi.
    Shunga muvofiq ravishda qurilish-montaj ishlari tannarxning tarkibi to‘g‘ridan-to‘g‘ri (TX) va ustama xarajatlarga (UX) ajratiladi. Rejalashtirilgan jamg‘armalar (RJ) ishlar tannarxi tarkibiga kirmaydi KMItnqTX+UX.
    To‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar tarkibiga ishlarni bajarishga sarflangan materiallar qiymati; ishchilarning asosiy ish haqlari; qurilish mashinalarini ishlatishga bo‘lgan xarajatlar va boshqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar kiradi.
    Materiallar, konstruksiyalar va detallarga xarajatlar ishlar tannarxining tarkibida sanoat korxonalarida amal qilayotgan sotilish narxlari bo‘yicha (agar materiallar qurilish materiallar sanoati korxonalardan olinsa), yoki reja hisob-kitob narxlari bo‘yicha (agar materiallar yo‘l-qurilish trestiga tegishli bo‘lgan sanoat korxonalardan olinsa), yoki ularning haqiqiy tannarxi bo‘yicha (agar materiallar mustaqil balansga ega bo‘lmagan o‘z yordamchi ishlab chiqarishidan olinsa) hisobga olinadi. Bunda materiallar xarajatiga ularni ob’yektoldi omborxonasigacha yetkazib kelish hamda omborxona xarajatlari ham kiritiladi.
    Asosiy ish haqi tarkibiga qurilish-montaj ishlarida band bo‘lgan qurilish va yul ishchilarining, qurilish materiallarini ob’yektoldi omborxonasi va to‘shalish joyigacha yetkazishda, dozirovka qilish va materiallarni mashinalarga yetkazib berish va «ish» ga to‘shashda mashg‘ul bo‘lgan ishchilarning ish haqlari.
    Ishchilarning asosiy ish haqlari tarkibiga mehnatga haq to‘lashning barcha tizimlari bo‘yicha hisoblangan ish haqi, ish haqi fondidan vaqtda bajarilgan ishlar uchun qo‘shimcha to‘lovlar, ishchilar aybisiz turib qolishlar uchun to‘lovlar va boshqalar kiradi.
    Mashina va mexanizmlardan foydalanishga bo‘ladigan xarajatlar birdaniga bo‘ladigan xarajatlar va joriy xarajatlardan tashkil topadi. Joriy xarajatlar tarkibiga mashinalarni boshqarish va ularga xizmat ko‘rsatishda band bo‘lgan ishchilarning asosiy ish haqlari, texnik xizmat ko‘rsatishda band bo‘lgan ishchilarning asosiy ish haqlari, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash xarajatlar, yonilg‘i-moylash materiallari va elektr energiyaning qiymati, mashinalar amortizasiyasi, ijaraga olingan mashinalar bo‘lsa ularga to‘lanadigan ijara haqi kiradi.
    Birdaniga bo‘ladigan xarajatlar mashinalarni yuklash, tushirish, tranportirovka qilish, mashinalarni montaj, demontaj va sinab ko‘rish ishlariga xarajatlar hamda mashinalarni o‘rnatish uchun vaqtinchalik inshootlarni qurish va buzish (masalan, ABZ, SBZ va boshqalarda) uchun xarajatlardan tashkil topadi.
    To‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar tarkibiga tuproqni tashishga, materiallarni ob’yekt ichida, ob’yektoldi omborxonasidan to‘shalish joyigacha yoki ko‘tarish mexanizmigacha tashib yetkazishga bo‘ladigan xarajatlar ham kiritiladi.
    (Boshqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar)
    Ustama xarajatlar bevosita qurilish-montaj ishlari, ya’ni qurilish maydonlarida, yordamchi ishlab chiqarishda va boshqa (xizmat ko‘rsatuvchi) xo‘jaliklarda mavjud.
    Yordamchi ishlab chiqarish va boshqa xo‘jaliklar bo‘yicha ustama xarajatlar qurilish-montaj ishlari tannarxi tarkibida alohida ajratilmaydi, chunki ular bu ishlab chiqarish va xo‘jaliklar mahsulotlari va xizmatlari qiymatining tarkibiga kiradi:
    -ma’muriy-xo‘jalik xarajatlari - ma’muriy boshqaruv va ishlab chiqarish texnik personalining ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar bilan birga hisoblangan ish haqlari, komandirovka va safar xarajatlari, idora va pochta-telegraf xarajatlari, idora binolarining ijarasi va ularni ta’mirlashga xarajatlar;
    -ishchilarga xizmat ko‘rsatish xarajatlari - ishchilarni ijtimoiy sug‘urtalashga ajratmalar, ishchilarning qo‘shimcha ish haqlari (ta’tillar uchun to‘lov, brigadirlarga brigadaga rahbarlik qilganligi uchun qo‘shimcha to‘lov, yengilroq ish sharoitiga o‘tkazilgandagi qo‘shimcha to‘lov va hokazolar), mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi xarajatlar, uy-joy kommunal xo‘jaligi xarajatlari va boshqalar;
    -ishlarni bajarish va tashkil etishga xarajatlar, yong‘indan saqlanish va qo‘riqlashga xarajatlar, tashkiliy ravishda ishga olishni tashkil etish, ishlab chiqarishni tashkil etish xarajatlari; ob’yektlarni topshirish bilan bog‘liq xarajatlar, ishlab chiqarish uskunalari va inventarlarini asrashga va boshqa xarajatlar;
    -boshqa ustama xarajatlar - qurilish-montaj ishlarilarini amalga oshirishda geodeziya ishlariga xarajatlar, xodimlarga sharoitlar yaratish, umumiy ovqatlanish va boshqa xizmatlar xarajatlari.
    -qurilish-montaj ishlarining smeta qiymati va uning tannarxi o‘rtasidagi farq, rejalashtirilgan jamg‘arma va tannarxning pasayishidan hosil bo‘ladigan tejamdan iborat. Qurilish-montaj ishlarining smeta qiymati va tannarxi o‘rtasidagi bog‘lanish quyidagi formula yordamida ifodalanishi mumkin.
    Smeta qiymatlaridan tashqari to‘lanadigan kompensasiyalarni mavjudligining sababi shundaki, ishlab chiqarishda amal qilayotgan narxlar, tariflar, mehnatga haq to‘lash shart-sharoitlari vaqti-vaqti bilan qayta ko‘rib chiqiladi, shu sababli qator moddalar bo‘yicha o‘zgarmas me’yorlar va narxlar bo‘yicha smetada ko‘zda tutilgan xarajatlarga nisbatan amaldagi xarajatlar miqdori yuqori bo‘ladi. Bu xarajatlarning bir qismi buyurtmachi tomonidan umumlashma smeta hisob-kitoblari bo‘yicha kompensasiya qilinadi, masalan, mukofotli ishbay mehnatiga haq to‘lash tizimining qo‘llanilishi sababli qo‘shimcha xarajatlar, ko‘chib yuruvchi ish sharoitlari uchun qo‘shimcha to‘lovlar.
    Qurilish-montaj ishlarilarning smeta qiymatlari konkret ob’yekt bo‘yicha emas, balki o‘rtacha sharoitlar va qurilish uslublarini hisobga oluvchi smeta me’yorlari va narxlari asosida belgilanadi. Shu sababli tannarxni aniqlashda mehnat unumdorligining yillik o‘sishi va uning asosida konkret tashkilotlarda erishiladigan ishlar tannarxining pasayishi hisobiga olinishi kerak.
    Rejalashtirilayotgan tannarx har yili yillik rejalarni ishlab chiqishda aniqlanadi va yo‘l tashkilotining uni pasaytirish tadbirlarini aks ettiradi.
    Bajarilgan ishlarning haqiqiy tannarxi barcha turdagi xarajatlarni, shu jumladan kompensasiya hisobiga qoplanadigan xarajatlarni ham o‘zida aks ettiradi. Kompensasiyalar ishlar tannarxiga belgilangan yo‘nalishlarni hisobga olgan holda xarajat turlari bo‘yicha taqsimlanadi, ya’ni asosiy ish haqi, materiallarning qiymatlari va hokazo.
    Qurilish-montaj ishlari tannarxining strukturasi, ya’ni alohida moddalar bo‘yicha xarajatlar nisbati, qurilish majmuining tarmoqlari bo‘yicha turlicha bo‘lib, tashkilot faoliyatining konkret shart-sharoitlarini harakterlovchi bir qator omillarga bog‘liq.
    Omillarning bir qismi yo‘l tashkilotiga nisbatan ob’yektiv harakterga ega va tabiiy-iqlim sharoitlari, texnik loyihada qabul qilingan muxandislik yechimlarining taraqqiyparvarligi, qurilish tashkilotlarining joylanishiga (dislokasiya) ya’ni, qurilish materiallari va konstruksiyalarini yetkazib beruvchi tashkilotlarning uzoq yaqinligi va boshqalarga bog‘liq. Omillarning boshqa qismi esa bevosita ishlab chiqarishning tashkiliy-texnik saviyasiga, mehnatni tashkil etilishining taraqqiyparvarligiga, qurilish tashkiloti ishlab chiqarish bazasining rivojlanganligiga, uning mexanizasiya va transport vositalari bilan ta’minlanganligiga bog‘liq.
    Buning natijasida avtomobil yo‘llari qurilishida qurilish-montaj ishlarining tannarxi hatto bir qurilish tashkiloti miqyosida ham sezilarli o‘zgarishlarga uchrab turadi. Yo‘l xo‘jaligi tashkilotlarida qurilish-montaj ishlari tannarxi tarkibining 85 foizga yaqin qismini to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar tashkil etadi. Ishlarga ko‘p material sarflanishi «materiallar, yarimfabrikatlar, konstruksiyalar, detallar» moddasi bo‘yicha xarajatlar salmog‘ining sezilarli darajada yuqori bo‘lishiga sabab bo‘ladi (To‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar umumiy summasining 50 foizdan ko‘prog‘i). Umumiy qurilishdagiga nisbatan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar tarkibida mashinalarni ishlatishga bo‘ladigan xarajatlarning salmog‘i yuqori (20 foizgacha), bu esa yo‘l ishlarida mexanizasiyalashish darajasining yuqoriligini ko‘rsatadi.
    Qurilishda qabul qilingan ishlab chiqarish xarajatlarini (qurilish-montaj ishlarining tannarxini) rejalashtirish va hisobga olish uslubiyoti amalda xarajat qilingan summalarni smetada ko‘zda tutilgan xarajatlar bilan solishtirishga asoslangan.
    Smeta xarajatlarini guruhlashtirish bilan mos tushuvchi yiriklashtirilgan (kompleks) kalkulyasiya elementlari bo‘yicha qurilishda qo‘llaniladigan xarajatlarni hisobga olish tartibi shu bilan tushuntiriladi. Ammo bunday tartibda xarajatlarni hisobga olish ularning iqtisodiy tarkibini to‘liq ochib bera olmaydi va ishlab chiqarish rezervlarini aniqlash maqsadida tahlil o‘tkazishni qiyinlashtiradi.
    Xususan «materiallar qiymati» kalkulyasiya elementi bo‘yicha xarajatlarga yordamchi ishlab chiqarishdagi, transport tashkilotlaridagi, materiallarni qayta ishlash bazalaridagi ishchilarning asosiy ish haqlari va tegishli yordamchi ishlab chiqarishda ishlatilayotgan mashina va uskunalarni ishlatishga bo‘ladigan xarajatlar kiradi. Bir vaqtning o‘zida «Mashinalarni ishlatish» elementi bo‘yicha xarajatlarga ishchi mexanizatorlarning asosiy ish haqlari, yonilg‘i-moylash materiallari qiymati, mashina smenaning reja-hisob narxlariga kiritilgan ustama xarajatlar kiradi. O‘z tarkibiga tannarxga kiruvchi barcha xarajat turlarini olgan (ish haqi, materiallar qiymati, mashinalarni ishlatish xarajatlari) «Ustama xarajatlar» o‘z tarkibiy tuzilishi bo‘yicha tannarx elementining eng murakkab qismi bo‘lib, uning miqdorini qurilish-montaj ishlarining bir birligiga, yiriklashtirilgan ishlar majmuiga yoki ob’yektga nisbatan hisoblab chiqishning imkoniyati yo‘q, shu sababli uning miqdori bir butun tashkilot bo‘yicha aniqlanadi.
    Yordamchi yo‘l qurilish va ta’mirlash qurilish tashkilotlari tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar tannarxini rejalashtirish va hisobga olish rejaviy va amaliy kalkulyasiyalar asosida amalga oshirilib, quyidagi xarajat moddalarini o‘z ichiga oladi: asosiy va yordamchi materiallar (qaytariluvchi chiqitlarni hisobdan chiqarilib); ishlab chiqarish ishchilarning asosiy ish haqlari, yonilg‘i, bug‘, texnologiya ehtiyojlari uchun suv, uskunalarni soz holda tutib turish va ishlatish, elektr energiya, boshqa ishlab chiqarish xarajatlari, bevosita xarajatlar.
    Ishlab chiqarish xarajatlarining shakllanish ketma-ketligi bo‘yicha tannarx texnologik, syex, ishlab chiqarish va to‘liq tannarxlarga ajratiladi. Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlarning tannarxi hisoblanadi.
    Yordamchi korxonalar va xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarning mahsulotlarini realizasiya qilinishida tannarx kalkulyasiyasi reja-hisob narxlari uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.1



    1. Download 53,76 Kb.
      1   2




    Download 53,76 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    12-mavzu: yo‘l xo‘JALIGIDA yo‘llardan foydalanishni boshqarish. Reja

    Download 53,76 Kb.