• ISITISH TIZIMLARI
  • 14 mа’ruzа reja: Issiqlik tarmoqlarini dastlabki va yakuniy sinash




    Download 1.48 Mb.
    bet2/3
    Sana10.05.2023
    Hajmi1.48 Mb.
    #58104
    1   2   3
    Bog'liq
    Маъруза-14
    YENGIL ATLETIKA TO\'GARAGI KONSPEKTI (1), smple, Azimov Farrux plita, informatika xonasiga logo rasmlar1

    Issiqlik va gidravlik sinovlar har 3-4 yilda bajariladi.

    Issiqlik tashuvchisining maksimal haroratiga sinovlari 2 yilda bir martta o'tkaziladi. Ularning maqsadi tarmoqning kompensatorlarini va boshqa qurilmalarini issiqlik uzatishini, qabul qilishni tekshirishdir. Sinovlar jarayonida issiqlik tashuvchisining harorati soatiga 30°C tezligidan oshmagan holda ko'tariladi. Bunda maksimal harorat 120°C va ushash vaqti 2 soat bo'ladi.
    ISITISH TIZIMLARI
    Issiqlik tizimlardan foydalanishning ko'p yillik tajribasi ularning quyidagi kamchiliklarga ega ekanligini ko'rsatadi:
    • Yilning o'tish davrida xonalarning ortiqcha isitib yuborilishi, sovuq kunlarda esa suv aylanishini yaxshilash maqsadida uni iste'molchilar tomonidan tarmoqdan to'kib yuborilishi natijasida, issiqlikni 30 dan 50% gacha ortiqcha sarflanishi;
    • Issiqlik tarmoqlarga isitish tizimini bevosita ulanishi natijasida P-simon quvurlarni vaqt o'tishi bilan tiqilishi va bino bo'yicha xonalarni notekis isitish;
    • Isitish asboblarida rostlash moslamalari yo'qligi sababli, xonalarda kerakli haroratni ta'minlab bo'lmasligi va boshqalar.

    Yuqorida qayd etilgan kamchiliklar zamonaviy suv bilan isitish tizimlarida turli xil yo'Ilar bilan bartaraf etiladi. Ularni shartli ravishda uchta guruhga ajratish mumkin:
    • Isitish tizimining chizmasini tubdan o'zgartirish, ya'ni, yangi prinsipial chizmalarga, yangi issiqlik manbalarga va boshqa yangi texnologik yechimlarga o'tish.
    • Isitish tizimlarining chizmalarini qisman o'zgartirish, yangi zamonaviy jihozlar bilan jihozlash natijasida salmog'ini oshirish.
    • Isitish tizimlarining chizmalarini o'zgartirmasdan turib, ularni faqat zamonaviy isitish jihozlari, armatura va quvurlar bilan jihozlash.

    Bu sohada chet el tajribasidan foydalanish maqsadida 1999—2001 yillarda Toshkent shahrida TaSis yo'nalishi bo'yicha zamonaviy isitish tizimlari bilan jihozlangan bitta ko'p qavatli turarjoy binosi (Chexov ko'chasi, 30), so'ngra 11 ta binodan iborat bo'lgan turarjoy mavzesi (Qo'yliq-2)da tajribaviy namoyish loyihalari EUZ9602 va EUZ9802 amalga oshirildi.
    Chexov ko'chasi, 30 turarjoy binosida isitish tizimlarining yangi texnologik yechimlari sinaldi:
    -binoning tomonlari bo'yicha rostlanuvchi isitish tizimi;
    -mahalliy bir nechta xonadonlarga mo'ljallangan yangi gaz qozonlar bilan jihozlangan isitish
    tizimi;
    -yakka xonadonlarni isitish tizimlari;
    -quyosh enyergiyasidan foydalanadigan isitish tizimlari.
    Sinovlar mahalliy bir nechta xonadonga xizmat ko'rsatadigan isitish tizimlari va quyosh enyergiyasidan foydalanadigan tizimlaruning yuqori texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarga ega ekanligini ko'rsatadi. Lekin bu tizimlardan keng miqyosda foydalanish amaldagi tizimlarni qayta qurish uchun juda katta mablag' sarflanishini talab etadi.
    Shuning uchun Qo'yliq-2 mavzesidagi tajribaviy namoyish loyihasida amaldagi isitish tizimlari asosida, kam o'zgartirishlar yo'li bilan yangi zamonaviy tizimlarga aylantirish vazifasi qo'yildi. Bunda isitish tizimi bo'yicha uchta variant bir-biri bilan taqqoslanib solishtirildi:
    -etalon bo’lgan variant - 1, amaldagi tizim (15 - rasm.);
    -2 - chi variant; pastki tarmoqli bir quvurli isitish tizimi bog'liq bo'lmagan chizma (16 - rasm.);
    15-rasm. Birinchi variant pastki tarmoqli bir quvurli isitish tizimi bog'liq bo'lmagan chizma.
    16-rasm. Ikkinchi variant pastki tarmoqli bir quvurli isitish tizimi hamda IST bog’liq bo’lmagan chizma.
    17-rasm. Ko'p qavatli osmono'par binolanung suv-suvli
    isitish tizimlarining prinsipial sxemasi.
    I va II- suv-suvli isitish tizimli binoning zonalari; III-bug'-suvli isitish tizimli binoning zonasi (B-bug', K-kondensat); 1—kengayish baklari; 2—sirkulatsiya nasoslari; 3—bug' -suvli issiqlik almashtirgichi; 4-suv-suvli almashtirgichi.

    Download 1.48 Mb.
    1   2   3




    Download 1.48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    14 mа’ruzа reja: Issiqlik tarmoqlarini dastlabki va yakuniy sinash

    Download 1.48 Mb.