• Yo‘l to‘shamasi va qoplamalarni joriy ta’mirlashda quyidagi ishlar bajariladi
  • 15-amaliy mashg’ulot: Avtomobil yo‘lini joriy va mukammal ta’mirlash ishlarining texnologik xaritasini tuzish, chiziqli kalendar grafigini qurish. Avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash




    Download 24.31 Kb.
    bet3/6
    Sana02.03.2024
    Hajmi24.31 Kb.
    #165619
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    15-amaliy mashg’ulot Avtomobil yo‘lini joriy va mukammal ta’mir-fayllar.org
    Matematik analiz, Mavzu Tarmoqlararo ekran texnologiyalari Reja (1), KONDENSATORLAR SIG, Muqobil energiya manbalari, Datchiklar va ularning asosiy xarakteristikalari, 1-Lab, Тезлик датчиклари, Mavzu № faoliyat xavfsizligini ta’minlashning ergonomika va psi, 2 5202069160623873264, Namuna referat, ПИИ Узбекистан показатели, Перспективы развития и пути совершенствования контейнерных перевозок, Презентация к теме, dffdffddfdffd, sddddww3333222
    Joriy tamirlashning vazifasi yo‘l qoplamasidagi, yo‘l ko‘tarmasidagi, suv
    qochirish tizimidagi, sun’iy inshootlardagi, mustahkamlovchi, himoyalovchi
    inshootlardagi, paromda o‘tish joylaridagi, yo‘l xo‘jalik korxonalari va
    infratuzilmalar imoratlaridagi, yo‘l jihozlaridagi, dam olish joylari va tarixiy
    obidalarga borish yo‘llaridagi, tutashmalar va o‘tish joylaridagi doimiy yuzaga
    keluvchi kichik buzilishlarni bartaraf qilishdan, yo‘l konstruktiv elementlarini va
    sun’iy inshootlar qarovini amalga oshirish va ularni toshqinlar, muz ko‘chishlari va
    boshqa tabiiy ofatlardan saqlash bo‘yicha ehtiyot choralari hisobga olingan holda
    ishlarni amalga oshirishdan iborat.
    Yo‘l to‘shamasi va qoplamalarni joriy ta’mirlashda quyidagi ishlar 
    bajariladi:




    sementbeton qoplamalardagi bo‘ylama va ko‘ndalang choklarni to‘ldirish;



    barcha turdagi qoplamalarda g‘ildirak izini, o‘ymalarni, yoriqlarni,
    chuqurlarni ta’mirlash, cho‘kkan joylarni, qoplama chetini, bordyurlarni to‘g‘rilash,
    qora qoplamalar yuzasidagi tishlashish qatlamini tiklash;

    chaqiq toshli va shag‘alli qoplamalarga, shuningdek bitum va qatron bilan
    ishlangan qoplamalarga mayda shag‘al va qum sepish;

    kalsiyli xlor, qatron, bitum va boshqa mahsulotlar bilan yo‘llarni
    changsizlashtirish;

    ayrim shag‘al va tuproqli yo‘llar nishabliklarini qo‘shimcha mahsulot
    ishlatmasdan to‘g‘rilash;

    Yo‘l belgilari va inshootlarni bo‘yash, yo‘l yoqasidagi va yo‘l mintaqasidagi
    o‘tlarni o‘rish.
    Qoplamalarni joriy ta’mirlash boshqa muhandislik inshootlari kabi,
    belgilangan xizmat muddatiga mo‘ljallangan bo‘lib, u har xil turdagi va o‘lchamdagi
    transport va ob-havo sharoitidagi omillarning ta’sir etishiga bog‘liq. Eng birinchi va
    eng ko‘p himoya qilinmagan ta’sirlarni boshdan kechiradigan element, asfaltbeton
    va qora qoplamalar hisoblanadi.
    Natijada, yuzlab va minglab yuklanishlar, qoplamaning emirilishi va eskirishi,
    gohida ularning boshlang‘ich sifati unchalik yuqori emasligi yoki alohida yo‘l-
    qurilish operatsiyalarining to‘la-to‘kis bo‘lmasligi va noto‘g‘ri bajarilishi, asosan
    zichlash, vaqt o‘tishi bilan unda nuqsonlar, deformatsiyalar va buzilishlar (g‘adir-
    budirliklar, uvalanish, notekisliklar, darzlar, sinish, chuqurliklar, sirpanchiqlar va
    hokazo) sodir bo‘ladi.
    Butun dunyoda yo‘l xizmatchilari, xar yili mavsumiy paydo bo‘lgan nuqson
    va buzilishlarni bartaraf etish buyicha, ulkan xajmdagi ishlarni bajaradilar.
    Amaliyotdan ma’lumki, har yili yo‘lning qoplama yuzasi yoki
    uchastkalarning umumiy maydoni 2-3 % gacha bo‘lgan qoplama qismi mahalliy
    ta’mirlanishlarga muhtoj bo‘lishi mumkin.
    SHunga o‘xshash, yo‘l qoplamasini «tuzatish» ishlari har xil uslublar, vosita
    va ashyolar, sifatni aniqlaydigan asboblar, xizmat muddati va bahosi, ya’ni
    ta’mirlash ishlarining samaradorligi bilan belgilanib, amalga oshiriladi.
    Bu ishlardan asosiy maqsad foydalaniladigan yo‘llarda avtomobil transporti
    oqimi harakatini belgilangan tezlikda uzluksiz xavfsiz harakatlanishini ta’minlab
    berishdir.

    Download 24.31 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 24.31 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    15-amaliy mashg’ulot: Avtomobil yo‘lini joriy va mukammal ta’mirlash ishlarining texnologik xaritasini tuzish, chiziqli kalendar grafigini qurish. Avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash

    Download 24.31 Kb.