• Operatsion tizim sifatida linux quyidagi xususiyatlarga ega
  •  Linux operatsion tizimining asosiy xususiyatlari




    Download 436.29 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet3/4
    Sana05.03.2024
    Hajmi436.29 Kb.
    #166950
    1   2   3   4
    Bog'liq
    15-ma’ruza. Linux operatsion tizimi. Linux distributivlari Reja (1)
    6 - 9 маъруза, 9 biologiya UZB, pass, Документ Microsoft Word, IELTS Writing best 10 tips, 5555, CEFR Map labelling, Chet (ingliz, nemis, fransuz) tillar fanlaridan o‘quv dasturi, Yol harakati qoidalari 12.04.2022, Kimsanova.Z(Usmonova), 4-mavzu (Vek., matr., Ch.algeb)(111-155), 3, 1d547f46-05ad-406a-ba7f-eda861c4ced8, 4-курс сиртқи амалиёт дафтари, Parranda mahsulotlari yetishtirishni rejalashtirish va uning iqtisodiy samaradorligi.
    3. Linux operatsion tizimining asosiy xususiyatlari 
    Linux manba kodi bepul va ommaga ochiq bo‘lganligi sababli, tizimni 
    rivojlantirishga boshidanoq ko‘plab mustaqil ishlab chiquvchilar jalb qilingan. Shu 
    tufayli Linux hozirda eng zamonaviy, barqaror va tez rivojlanayotgan tizim bo‘lib, 
    deyarli bir zumda eng so‘nggi texnologik yangiliklarni o‘z ichiga oladi. UNIX kabi 
    zamonaviy to‘liq ishlaydigan operatsion tizimlarga xos bo‘lgan barcha 
    xususiyatlarga ega.
    Operatsion tizim sifatida linux quyidagi xususiyatlarga ega: 

    ko‘p vazifalilik: bir vaqtning o‘zida ko‘plab dasturlarning ishlatilishi; 

    ko‘p foydalanuvchi rejimi: ko‘p foydalanuvchilarning bir vaqtning o‘zida 
    bitta mashinada ishlay olishi; 

    protsessorning himoyalangan rejimi (386 protected mode); 



    jarayon xotirasini himoyalash; ishlab turgan dasturning ishdan chiqishi 
    tizimning ishlashiga salbiy tasir etmaydi; 

    tejamkor yuklash: Linux diskdan faqat dasturning amalda bajarilishi uchun 
    foydalaniladigan qismlarini o‘qiydi; 

    ma’lumotlar sahifalarini bajarilayotgan dastur nusxalari o‘rtasida 
    taqsimlanishi. Bu dasturlarning jarayon-nusxalari bajarilish vaqtida bitta 
    xotiradan foydalanishlari mumkinligini anglatadi. Bunday jarayon xotiraga 
    yozmoqchi bo‘lganda, yozilayotgan 4KBaytli sahifa bo‘sh joyga 
    nusxalanadi.Bu xususiyat tezkorlikni oshiradi va xotirani tejaydi; 

    sahifali tuzilishga ega virtual xotira (ya’ni diskga xotiradan butun aktiv 
    bo‘lmagan jarayon emas, balki faqat zaruriy sahifa ajratiladi); har bir mustaqil 
    disk bo‘limlari va/yoki fayl tizimi fayllari uchun virtual xotira; 2 GBaytgacha 
    virtual xotira xajmi; dasturlar bajarilish vaqtida virtual xotira xajmining 
    o‘zgarishi; 

    dasturlar va disk keshi uchun umumiy xotira:xotiradagi barcha bo‘sh joy disk 
    bilan almashish buferizatsiyasi ucun ishlatiladi;

    dinamik yuklanadigan taqsimlanadigan kutubxonalar; 

    post-mortem tahlili uchun dasturning dampi: otladchikga nafaqat 
    bajarilayotgan, balki avariya holatida tugagan dasturni ham tahlil qilish 
    imkoniyatini beradi; 

    POSIX.1 standarti bo‘yicha sertifikatsiya, System V va BSD standartlariga
    dastur matnlari darajasida mutanosiblik

    Barcha dasturlar kodlarining mavjudligi va ochiqligi, shu jumladan tizim 
    yadrosi, drayverlar, dastur ishlab chiqish vositalari va ilovalar kodlari xam. 
    Bu kodlar erkin tarqatiladi.Xozirda ayrim firmalar Linux uchun ayrim tijorat 
    dasturlarini ochiq kodlarsiz taqdim etmoqdalar, lekin oldin ochiq bo‘lgan 
    kodlar xaligacha ochiqligicha qolmoqda; 

    vazifalarni POSIX standartida boshqarish; 

    soprotsessorning emulyatsiyasi yadroda, shuning uchun ilova soprotsess 
    emulyatsiyasi haqida qayg‘urmasligi mumkin. Albatta, agar soprotsessor 
    mavjud bo‘lsa, u ishlatiladi. 

    milliy alifbolar va til bo‘yicha kelishuvlarni qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan 
    rus tili uchun; yangisini qo‘shish qobiliyati mavjud; 

    bir nechta virtual konsollar: bitta displeyda bir vaqtning o‘zida bir nechta 
    mustaqil seanslar, xar bir seansga klaviaturadan o‘tish mumkin 

    bir qator keng tarqalgan fayl tizimlarini qo‘llab-quvvatlash (MINIX, Xenix, 
    System V fayl tizimlari); 4 terabaytgacha xajm va fayl nomlari 255 belgigacha 
    bo‘lgan o‘zining ilg‘or fayl tizimining mavjudligi; 



    DOS (yoki OS / 2 FAT) bo‘limlariga shaffof kirish: DOS bo‘limi Linux fayl 
    tizimining bir qismi kabi ko‘rinadi; VFAT-ni qo‘llab-quvvatlash (WNT, 
    Windows 95); 

    Linuxni DOS fayl tizimiga o‘rnatish imkonini beruvchi maxsus UMSDOS 
    fayl tizimi 

    HPFS-2 OS / 2 2.1 fayl tizimiga kirish (faqat o‘qish); 

    barcha standart CD ROM formatlarini qo‘llab-quvvatlash; 

    TCP / IP tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan ftp, telnet, NFS va 
    boshqalar. 

    Download 436.29 Kb.
    1   2   3   4




    Download 436.29 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Linux operatsion tizimining asosiy xususiyatlari

    Download 436.29 Kb.
    Pdf ko'rish