|
15-mavzu Go’ro’g’lining tug’ilishi” dostoni O‘quv mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi modeli
|
bet | 14/63 | Sana | 27.01.2024 | Hajmi | 333,79 Kb. | | #146765 |
Bog'liq 15-mavzu Go’ro’g’lining tug’ilishi” dostoni O‘quv mashg‘ulotinin-fayllar.orgMashg’ulot yakuni
Faol ishtirok etgan o’quvchilarni baholaydi va rag’batlantiradi. Uyga vazifaning berilishi
Kelgusi mashg’ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yo’riqnoma beradi. ( 5 -ilova)
Baholari bilan tanishadilar.
Topshiriqni yozib oladilar
|
1-ilova
O`tilgan mavzuni takrorlash:
“Devon”dagi badiiy parchalar qaysi davrga mansub?
“Devon”dan kektirikgan she’riy parchalar qanday mavzularda ekanligini ayting va misollar bilan izohlang.
“Devon” dagi she’rlarning janrlarini aniqlashga harakan qiling
2-ilova
Baholash mezonlari
I. Og’zaki so’rov quyidagi mezonlar asosida baholanadi
т-р
|
Мazmuni
|
ballar
|
1.
|
Mavzu atroflicha to’liq,asosiy fikr va tuchunchalar o’zlashtirilishjiga erishilsa
|
5
|
2.
|
Маvzu asosan, asoiy fikr va tuchunchalar qisman o’zlashtirilishjiga erishilsa
|
4
|
3
|
Mavzu qisman o’zlashtirilishiga erishilsa
|
3
|
4
|
Mavzuning ba’zi elementlarini o’zlashtirilishiga erishilsa
|
2
|
5
|
Mavzuning o`zlashtirilishi yuqoridagi talablar darajasida bo`lmasa
|
1
|
II. Mustaqil ishlar quyidagi mezonlar asosida baholanadi
т-р
|
Мazmuni
|
ballar
|
1.
|
Mavzu o`quvchi tomonidan mustaqil ravishda atroflicha to’liq yoritilsa
|
5
|
2.
|
Маvzu o`quvchi tomonidan mustaqil ravishda asosiy fikrlar atroflicha yoritilsa
|
4
|
3
|
Mavzu o`quvchi tomonidan mustaqil ravishda qisman yoritilsa
|
3
|
4
|
Mavzuning ba’zi elementlarini mustaqil ravishda qisman yoritilsa
|
2
|
5
|
Mavzuning yoritilishi yuqoridagi talablar darajasida bo`lmasa
|
1
|
IV. Amaliy ish quyidagi mezonlar asosida baholanadi
т-р
|
Мazmuni
|
ballar
|
1.
|
Berigan topshiriq og’zaki va yozma nutq me’yorlariga amal qilingan holda to’g’ri bajarilsa
|
5
|
2.
|
Topshiriqni bajarishda 4 tagacha xatolikka yo’l qo’yilsa
|
4
|
3
|
Topshiriqni bajarishda 7-8 tagacha xatolikka yo’l qo’yilsa
|
3
|
4
|
Topshiriqni bajarishda 8 tadan ortiq xatolikka yo’l qo’yilsa
|
2
|
5
|
Topshiriqni bajarishda qo’pol xatolarga yo’l qo’yilgan bo’lsa
|
1
|
V. Uyga vazifa quyidagi mezonlar asosida baholanadi
т-р
|
Мazmuni
|
ballar
|
1.
|
So’z boyligi, ifoda qurilishi va uslubi adabiy nutq
talablariga mos bo’lsa
|
5
|
2.
|
Mavzu atroflicha to’liq , asosiy fikr va tushunchalar o’zlashtirishga erishilsa
|
4
|
3
|
Mavzu qisman o’zlashtirishga erishilsa
|
3
|
4
|
Mavzuning ba’zi elementlari o’zlashtirishga erishilsa
|
2
|
5
|
Mavzuning o’zlashtirilishi yuqoridagi talablar darajasida bo’lmasa
|
1
|
3-ilova.
Yusuf Xos Hojib jahonning ulug‘ adiblari bilan bir qatorda turadigan, jahondagi ijtimoiy-siyosiy hamda badiiy-estetik tafakkur tarixi va taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan ijodkordir.
Adibning nodir iste’dodi natijasi bo‘lgan «Qutadg‘u bilig» faqat XI asrning emas, balki butun turkiy adabiyot tarixining ham eng nodir va porloq badiiy durdonasidir. U yozma adabiyotimiz tarixidagi ilk yirik asar namunasidir. Adib bu bilan turkiy o‘gitnoma – didaktik yo‘nalishni nihoyatda yuqori darajaga olib chiqdi.
Adib haqidagi ma’lumotlar, asosan, dostonning o‘zidagina saqlangan. U o‘zi tug‘ilgan joyni Quz O‘rdu deb ko‘rsatgan. Bu manzil qadimgi Yettisuvning markazi – Bolosog‘unning
ko‘plab nomlaridan biridir. Hozirgi Qirg‘izistonning To‘qmoq shahri yaqinida uning xarobalari saqlanib qolgan. Adib Bolosog‘undan Qashqarga ko‘chib borgan.Dostonni shu yerda tugatgan. Doston nihoyasiga yetganida adibning yoshi ellikdan yuqori («Tegurdi manga algi ellik yashim») bo‘lgan. Har holda u «(qora) quzg‘un tusiteg boshim (sochlarim) qug‘u (oqqush)» bo‘ldi deb ta’kidlaydi. Yana bir o‘rinda «O‘ttiz (yosh) yiqqanlarini ellik (yosh) qaytarib oldi, agar oltmish (yosh) qo‘l tegizsa, nimalar qilar ekan?» degan qayd ham borki, bular asar yozilib bo‘lgan chog‘larda muallifning ellikni to‘ldirib, oltmishga yaqinlashib qolganiniko‘rsatadi.
Kitob so‘ngida ilova qilingan qasidalarda ham qiziqarli ma’lumotlar saqlanib qolgan. Jumladan: asar yozilgan muddat («Tugal o‘n sakkiz ayda aydim bu so‘z»), yozib tugatilgan sana («Yil altmish eki erdi to‘rt yuz bila»), shuningdek, o‘z nomining keltirilishi («E Yusuf, kerak so‘zni so‘zla ko‘ni», ya’ni «Ey Yusuf, kerak so‘zni ro‘yi rost so‘zla») shu siraga kiradi. Umumiy hajmi olti ming olti yuz baytdan ortiq bo‘lgan dostonning bir yarim yilda yozilishi adibning juda katta
tajribasi va ulkan mahoratidan dalolatdir. Asar Qashqarda tugatiladi va mamlakat eligi – hukmdori Tavg‘ach ulug‘ Bug‘roxongatortiq qilinadi. Buning evaziga esa u xos hojiblik
lavozimi bilan taqdirlanadi. Bular asardagi nasriy muqaddimadao‘z aksini topgan.
«Qutadg‘u bilig» – qut (saodat, baxt) keltiruvchi bilim demakdir. Bu asarning maydonga kelishi nihoyatda kuchli hayotiy zarurat va ma’naviy ehtiyoj bilan bog‘liq. Ijtimoiys-iyosiy
maydonda arablar hukmronligining yemirilishi va mahalliy mustaqil davlatlarning qaror topishi uning ma’naviy asoslarining ham yangilanishi va mustahkamligini taqozo etar edi. U o‘sha paytdagi Qoraxoniylar davlatining falsafiy-axloqiy yo‘riqnomasi sifatida paydo bo‘lgan. Adib asarida turkey xalqning badiiy-estetik tafakkurining kuchi va qudratini ko‘rsatib bera olgan.
Asar voqealari unchalik murakkab emas. Ular ramziy qahramonlarning hayotiy faoliyati va ularning o‘zaro suhbatlari asosiga qurilgan. Kuntug‘di degan podshoo‘z adolati, qonun ustuvorligi, yurt osoyishtaligi, farovonlikni ta’minlagani bilan shuhrat qozonadi. Oyto‘ldi degan yana bir donishmand yigitbu ovozalarni eshitib, elig huzuriga xizmat uchun keladi. Ular birgalikda mamlakatni boshqarib, budun – xalqni idora qila boshlashadi.Mamlakatning daxlsizligi, uning ravnaqi faqat budun bilandir. Xalqning qanday bo‘lishi mamlakat boshlig‘iga to‘la bog‘liqdir. «Qutadg‘u bilig»da mamlakat boshlig‘i – hukmdor «elig» yoki «bek» deb yuritiladi.Alohida ta’kidlash joizki, qadimgi turklarda vatan tushunchasi shu vatanga mansub xalq bilan birga tasavvur etilgan.Ushbu tushuncha «el» so‘zi bilan ifodalanadi. Bu so‘z faqat
xalqni emas, balki mamlakat, o‘lka, davlat (saltanat), yurt tushunchalarini ham ifodalaydi. Uning «kun» so‘zi bilan birga kelishi «el-u xalq», «yurt», «mamlakat», «vatan» tushunchalariga teng keladi.
Aqliy hujum savollari
Yusuf Xos Hojib qo’llagan she’r san’atlarini aniqlang.
Shoir nima uchun turkcha so’zni tog’ kiyigiga o’xshatadi?
“Qutadg’u bilig” da komil inson g’oyasiqanday hal etilgan?
Asarning ona tilimiz tarixi, mavqeyi va ravnaqidegi ahamiyati haqida fikr
Bildiring.
4-ilova
Yangi o’quv mashg’ulotining slaydli taqdimoti
Yusuf xos hojib
11asr adabiyotiningg yetuk vakili
M:
Yusuf Xos Hojib qo’llagan she’r san’atlarini aniqlang.
Shoir nima uchun turkcha so’zni tog’ kiyigiga o’xshatadi?
“Qutadg’u bilig” da komil inson g’oyasiqanday hal etilgan?
Asarning ona tilimiz tarixi, mavqeyi va ravnaqidegi ahamiyati haqida fikr
Bildiring.
Axloqiy –didaktik asar sifatida shuhrat qozongan
|
| |