|
Muammoli ta’lim turlari (M.N.Skatkin)
|
bet | 2/6 | Sana | 28.01.2024 | Hajmi | 89,18 Kb. | | #147381 |
Bog'liq 15 (2)Muammoli ta’lim turlari (M.N.Skatkin):
1. Bilimlarni muammoli bayon qilish (muammoli ma’ruza).
2. Muammoli topshiriqlarni hal qilish (muammoli amaliy mashg‘ulot).
3. Kichik ilmiy tadqiqotlarni olib borish (muammoli tajriba).
Muammoli ta’limning asosini muammo (yun. “to‘siq”, “qiyinchilik”)
yoki muammoli vaziyat tashkil etib, muammoli TT ularning yechimini topishga xizmat qiladi. Ko‘p holatlarda muammo va muammoli vaziyat sinonimlardek qabul qilinadi. Aslida esa ular bir-biridan farq qiladi.
Muammoning tarkibiy qismlari:
1) ma’lum bilimlar;
2) noma’lum bilimlar;
3) mavjud tajriba.
Pedagogik muammo – hal qilinishi zarur, biroq, hali yechish usuli noma’lum bo‘lgan pedagogik xarakterdagi masala.
Muammoni qo‘yish quyidagi bosqichlarda kechadi:
1. Muammoni izlash.
2. Muammoni qo‘yish.
3. Muammoni hal qilish.
Ta’lim jarayonida muammoni qo‘yish bir necha sathda kechadi. Ular:
Muammoni qo‘yish sathlari
1-sath
|
O‘qituvchi muammoni qo‘yadi va talabalarni uni hal qilishga yo‘naltiradi
|
2-sath
|
O‘qituvchi muammoli vaziyatni bayon qiladi va talabalarning o‘zlari mustaqil ravishda muammoni shakllantiradi
|
3-sath
|
O‘qituvchi muammoni qo‘rsatib bermaydi, balki unga talabalarni ro‘para qiladi. Talabalar muammoni anglagan holda uni o‘zlari shakllantirib, muammoni yechish usullarini tahlil qiladi
|
Muammoli vaziyat – talabalarning ma’lum topshiriqlarni bajarish (masalani yechish, savolga javob topish) jarayonida yuzaga kelgan ziddiyatni anglashi bilan bog‘liq ruhiy holati bo‘lib, u hal etilayotgan masala bilan bog‘liq yangi bilimlarni izlashni taqozo etadi.
Muammoli vaziyatlarni hal qilish bosqichlari:
1. Muammoli vaziyatni yaratish.
2. Vaziyatni tahlil qilish asosida muammoni qo‘yish.
3. Farazlarni ilgari surish.
4. Yechimni tekshirish.
Pedagogikada muammoli vaziyat metodi ham qo‘llaniladi.
|
| |