• Muammoni qo‘yish sathlari
  • Muammoli vaziyat
  • Muammoli vaziyat metodi
  • 15-mavzu: muammoli ta'lim texnologiyasi reja




    Download 89,18 Kb.
    bet5/6
    Sana28.01.2024
    Hajmi89,18 Kb.
    #147381
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    15 (2)

    Pedagogik muammo – hal qilinishi zarur, biroq, hali yechish usuli noma’lum bo‘lgan pedagogik xarakterdagi masala.
    Muammoni qo‘yish quyidagi bosqichlarda kechadi:
    1. Muammoni izlash.
    2. Muammoni qo‘yish.
    3. Muammoni hal qilish.
    Ta’lim jarayonida muammoni qo‘yish bir necha sathda kechadi. Ular:
    Muammoni qo‘yish sathlari

    1-sath

    O‘qituvchi muammoni qo‘yadi va talabalarni uni hal qilishga yo‘naltiradi

    2-sath

    O‘qituvchi muammoli vaziyatni bayon qiladi va talabalarning o‘zlari mustaqil ravishda muammoni shakllantiradi

    3-sath

    O‘qituvchi muammoni qo‘rsatib bermaydi, balki unga talabalarni ro‘para qiladi. Talabalar muammoni anglagan holda uni o‘zlari shakllantirib, muammoni yechish usullarini tahlil qiladi

    Muammoli vaziyat – talabalarning ma’lum topshiriqlarni bajarish (masalani yechish, savolga javob topish) jarayonida yuzaga kelgan ziddiyatni anglashi bilan bog‘liq ruhiy holati bo‘lib, u hal etilayotgan masala bilan bog‘liq yangi bilimlarni izlashni taqozo etadi.
    Muammoli vaziyatlarni hal qilish bosqichlari:
    1. Muammoli vaziyatni yaratish.
    2. Vaziyatni tahlil qilish asosida muammoni qo‘yish.
    3. Farazlarni ilgari surish.
    4. Yechimni tekshirish.
    Pedagogikada muammoli vaziyat metodi ham qo‘llaniladi.
    Muammoli vaziyat metodi – talabalarni muammoli vaziyatga to‘qnash kelishini ta’minlash asosida ularning bilish faoliyatini faollashtirishga asoslanadigan yo‘l. Metodning mohiyati aniq vaziyatni tahlil qilish, baholash va uning yechimi yuzasidan qaror qabul qilishdan iborat. Ta’lim jarayonida muammoli vaziyat metodi qo‘llanilganda talabalarning faoliyatlari quyidagi tizim asosida tashkil etiladi:



    Download 89,18 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 89,18 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    15-mavzu: muammoli ta'lim texnologiyasi reja

    Download 89,18 Kb.