|
Muammoli ta’lim texnologiyalarining o‘qitishdagi ahamiyati
|
bet | 4/6 | Sana | 28.01.2024 | Hajmi | 89,18 Kb. | | #147381 |
Bog'liq 15 (2)Muammoli ta’lim texnologiyalarining o‘qitishdagi ahamiyati. Talabalarda ijodiy izlanish, kichik tadqiqotlarni amalga oshirish, muayyan farazlarni ilgari surish, natijalarni asoslash, ma’lum xulosalarga kelish kabi ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga xizmat qiladigan ta’lim muammoli ta’lim deb ataladi.
Muammoli ta’limning ilk g‘oyalari amerikalik psixolog va pedagog J.Dyui (1859-1952 yy.) tomonidan asoslangan. U 1894 yilda Chikagoda o‘qitish o‘quv rejasi bo‘yicha emas, balki o‘yin va mehnat asosida olib boriladigan tajriba maktabini tashkil etgan.
J.Dyui muammoli ta’lim asosi sifatida quyidagi yo‘nalishlarni belgilagan:
ijtimoiy;
konstruktiv;
badiiy ifodaviy;
ilmiy-tadqiqot.
Muallif ko‘rsatilgan yo‘nalishlarda ta’limni tashkil etish uchun quyidagi vositalardan foydalangan:
so‘z;
san’at asarlari;
texnik qurilmalar;
o‘yinlar;
mehnat.
O‘tgan asrning 60-yillarida esa muammoli ta’lim L.Rubinshteyn, M.I.Maxmutov, V.Okon, I.Ya.Lerner kabi tadqiqotchilarning qarashlari negizida yanada rivojlangan. S.L.Rubinshteynning “Tafakkur muammoli vaziyatdan boshlanadi” degan g‘oyasi muammoli ta’limning psixologik asosi sifatida qabul qilingan.
Muammoli ta’lim turlari (M.N.Skatkin):
1. Bilimlarni muammoli bayon qilish (muammoli ma’ruza).
2. Muammoli topshiriqlarni hal qilish (muammoli amaliy mashg‘ulot).
3. Kichik ilmiy tadqiqotlarni olib borish (muammoli tajriba).
Muammoli ta’limning asosini muammo (yun. “to‘siq”, “qiyinchilik”)
yoki muammoli vaziyat tashkil etib, muammoli TT ularning yechimini topishga xizmat qiladi. Ko‘p holatlarda muammo va muammoli vaziyat sinonimlardek qabul qilinadi. Aslida esa ular bir-biridan farq qiladi.
Muammoning tarkibiy qismlari:
1) ma’lum bilimlar;
2) noma’lum bilimlar;
3) mavjud tajriba.
|
| |