|
Tarmoqni boshqarish tizimi va SNMP protokoli
|
bet | 10/13 | Sana | 15.02.2024 | Hajmi | 382,01 Kb. | | #157158 |
Bog'liq 17-ma’ruza Mavzu tarmoq xizmatlari reja3. Tarmoqni boshqarish tizimi va SNMP protokoli
Tarmoqni boshqarish tizimi (Network Management System, NMS) – bu dasturiy vositalar tо‘plami bо‘lib, u kommunikatsion qurilmalarni boshqarish va tarmoq trafigini nazorat qilish uchun mо‘ljallangan.
Odatda boshqarish tizimi avtomatlashtirilgan ish tartibida ishlaydi, avtomatik ravishda tarmoqni boshqarish bо‘yicha oddiy harakatlarni bajarib, murakkab yechimlarini qabul qilishni esa axborot tizimlari tomonidan tayyorlagan malumotlarga asosan mutaxassisga (odamga) qoldirar edi.
“Menejer – agent – boshqariluvchi obyekt” sxemasi. Har qanday tarmoqni boshqarish tizimining asosiy elementi “Menejer – agent – boshqariluvchi obyekt” muloqot sxemasidir (17.5-rasm). Bu sxema asosida amaliy jihatdan har qanday murakkablikdagi soni kо‘p agentli, menejerli va resursli tizimni qurish mumkin.
17.5-rasm. “Menejer – agent – boshqariluvchi obyekt” muloqotining sxemasi.
Tarmoq obyektlarini boshqarishni avtomatizatsiyalashtirish mumkun bо‘lishi uchun qandaydir boshqariluvchi obyektning modelini yaratiladi, uni boshqaruvchi axborotlarning ma’lumotlar bazasi deb, nomlanadi (Management Information Base, MIB). MIB faqat obyektni nazorat qilishga kerak bо‘lgan kо‘rsatgichlarni aks ettiradi. Masalan, yо‘naltiruvchining (marshrutizator) modeli quyidagi kо‘rsatgichlarni о‘ziga mujassamlashtirgan: portlar soni, uning turi, yо‘naltirish jadvali, va bu portdan о‘tgan kanal, tarmoq va transport protokol bosqichlaridan о‘tgan paketlar va kadrlar soni.
Menejer va agent bitta boshqariluvchi obyektning modeli bilan ishlasalar ham biroq bu modelni menejer va agent ishlatishlarida jiddiy farq mavjud. Agent boshqariluvchi obyektning MIB ni uning hozirdagi kо‘rsatgichlari bilan tо‘ldiradi, menejer esa MIB dan olgan axborotlari asosida agentdan qanday kо‘rsatgichlarni sо‘rashi mumkinligini va obyektni qaysi kо‘rsatgichini boshqarishi mumkunligini biladi. Shunday qilib, agent boshqariluvchi obyekt bilan menejer о‘rtasidagi vositachi bо‘lib xizmat qiladi. Agent menejerga faqat MIB da inobatga olingan axborotlarningina yetkazib beradi.
|
| |