|
17-ma’ruza Mavzu: tarmoq xizmatlari reja
|
bet | 11/13 | Sana | 15.02.2024 | Hajmi | 382,01 Kb. | | #157158 |
Bog'liq 17-ma’ruza Mavzu tarmoq xizmatlari rejaSNMP protokoli. Menejer va agent standart protokol orqali muloqot qiladi, uning vazifasini tarmoqni boshqarishning oddiy protokoli (Simple Network Management Protocol, SNMP) bajaradi. Bu protokol MIB da saqlanayotgan kо‘rsatgichlar qiymatini menejerga sо‘rashga imkon beradi va shuningdek obyektni boshqarish uchun asos bо‘luvchi axborotni agentga berdi. Protokolning xususiyati bu uning juda ham oddiyligidir – u bor yо‘g‘i о‘z bir necha buyruqlardan iborat.
Get-request – menejer tomonidan qandaydir obyektni nomi orqali agentdan obyekt qiymatini olishda ishlatiladi.
GetNext-request – obyekt jadvalini ketma-ket kо‘rishda (uning nomini kо‘rsatmasdan) menejerga keyingi obyekt qiymatini olish uchun imkon beradi.
Get-response – bu buyruq yordamida SNMP-agent menejerga Get-request yoki GetNext-request buyrug‘iga javob beradi.
Set – menejerga qaysidir obyektning qiymatini о‘zgartirishga ruxsat beradi. Set buyrug‘i yordamida qurilmani boshqarish amalga oshiriladi. Qurilmani boshqarish uchun ishlatiladigan obyekt qiymatining maʻnosini agent “tushunishi” kerak va bu qiymatlar asosida aniq boshqarish tasirlarini amalga oshirishi kerak – portni о‘chirishi, VLAN ning ma’lum yо‘lidagi portni yozish va hokazo. Set buyrug‘i shart berish uchun ham layoqatli, uni bajarishida SNMP-agent menejerga tegishli xabarni joʻnatishi kerak. Quyidagi voqealarga etiborni aniqlash mumkin: aloqaning uzilishi, aloqaning tiklanishi, eng yaqin yо‘naltirgichni yoʻqotish va hokazo. Agarda bu voqealardan birortasi sodir bо‘lsa, u holda agent uzilishni havola qiladi.
Trap – agent tomonidan ishlatilib, alohida holat hosil bо‘lganligi haqida menejerga xabar berish uchun ishlatiladi.
SNMP protokoli agent bilan menejer о‘rtasida axborot uzatish uchun ancha ishonchli TSR protokolining о‘rniga xabarlarni yetkazishda ishonchliligi kam bо‘lgan, biroq boshqariluvchi qurilmani kam yuklovchi UDP deytogrammali transport protokolini ishlatadi.
|
| |