Injenerlik inshootlari loyihasini gidrogeologik va injener-




Download 498.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana28.04.2023
Hajmi498.04 Kb.
#54643
1   2   3   4
Bog'liq
ze2zHzOUxGU1N34vXvWoSY1lI87QOTpTHGYQc2HA
Коррозия метала и его виды, Crossword ppt Tursunova M 206 group, Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika. Abdushukurov A, Zuparov T, 1-maruza, Java Applet Reja, ҲИЛОЛА УМАРОВА, maktab, 109 namunaviy algoritm, 2, Aksiz solig\'i, Ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, portal.guldu.uz-TAQDIMOT, 3 amaliy kiber (, 4 amaliy kiber
18.3. Injenerlik inshootlari loyihasini gidrogeologik va injener-
geologik jixatdan asoslash 
Loyiha qilinadigan injenerlik inshootini injener-geologik nuqtai 
nazardan asoslash uchun (to‘gon maydoni va nasos stansiyasi uchun) 
1:5000 masshtabdagi s’yomka tarkibida geofizik, yer qazish, burg‘ilash, 
geotexnik va filtratsion tajriba ishlari bo‘lgan qidiruv ishlari hamda tog‘ 
jinslarining fizik-mexanik, petrografik, kimyoviy tarkiblarini aniqlash 
ishlari va maxsus tadqiqot ishlari bajariladi.
Burg‘ilash quduqlarining chuqurligi inshootlar joylashgan yerlarning 
geologik tuzilishi qonuniyatlarini, injener-geologik va gidrogeologik 
sharoitlarni aniqlashni hisobga olgan holda va inshoot zamini gruntlarining 
fizik-mexanik xususiyatlariga baho berish maqsadlariga muvofiq 
tayinlanadi.
Burg‘ilash quduqlari to‘g‘onnning o‘qi bo‘yicha ham yuqori va pastki 
b’efda to‘g‘ondan 100-200 metr uzoqlikda to‘g‘on o‘qiga parallel ravishda 
joylashtiriladi. Quduqlar injener-geologik sharoitning murakkabligiga
to‘g‘onnning balandligiga bog‘liq ravishda 20-100 metr chuqurliklarda va 
bir-birlaridan 40-150 metr masofada qaziladi.


To‘g‘on o‘qidan tashqari, qidiruv quduqlari bilan loyiha 
qilinayotgan beton 
inshootlari (tashlama, baliq o‘tkazuvchi qurilma va boshqalar) joylashgan 
maydonchalar ham yoritiladi. Qidiruv quduqlari qurilish ishlarini tashkil 
qilishga halaqit beruvchi yoki inshoootlarning ish jarayoniga salbiy ta’sir 
ko‘rsatuvchi salbiy injener-geologik jarayon uchrashi mumkin bo‘lgan 
chuqurlikkacha qazilishi lozim.
Injener-geologik sharoiti murakkab yerlarda shurf va burg‘ilash 
quduqlaridan tashqari qidiruv shtolnyalari va shaxtalari qaziladi.
Gruntlarning fizik-mexanik xossalari laboratoriya va dala usullari 
yordamida o‘rganiladi. Tajribalarning hajmi inshootning murakkabligiga 
bog‘liq. Lyossimon gruntlarni o‘rganish uchun tomonlari cho‘kuvchan 
qatlamlar qadinligining 0,5-1 qismiga teng o‘lchamli kotlovanlarda 
tajribaviy suv quyish tajribasini o‘tkazish nazarda tutiladi. 
Dala va laboratoriya ishlarining tarkibi va hajmi ob’ektning a
niq 
injener-geologik sharoitiga qarab belgilanadi.


To‘g‘on uchastkasi va boshqa inshoot maydonchalarida olib 
boriladigan gidrogeologik tadqiqot ishlari quyidagi masalalarni yechish 
uchun dastlabki ma’lumotlar bilan ta’minlaydi: 
a) qurilish kotlovanlariga quyiladigan yer osti suvining sarfini 
baholash va yer osti suvi sathini pasaytirish uchun samarali tadbirlar 
tanlash uchun; 
b) inshoot zaminida va pastki b’efida vujudga keladigan filtratsion 
bosimni baholash uchun; 
c) inshoot asosida, inshoot atrofiga va atrofdagi soyliklarga 
filtratsiyaga sarf bo‘ladigan suvlarning miqdorini hisoblash va 
filtratsiyaga qarshi chora-tadbirlarni loyiha qilish uchun; 
d) suv ombori atrofida yer osti suvlarining rejimini va o‘zgarish 
chegaralarini aniqlash uchun; 
e) yer osti suvlarining agressivligini aniqlash uchun. 


Kanal terassasining hisobga olgan holda 1-3 dona qidiruv quduqlari joylashtirilishi kerak. 
Quduqlarning chuqurligi kanal ostidan 3-5 metr chuqurlikgacha, har bir geomorfologik 
elementda regional yoki kichik maydonda tarqalgan suv to‘sar qatlamgacha (lekin 30 metrdan 
ortiq bo‘lmagan chuqurlikgacha) qaziladi. Agar ayrim uchastkalarda yumshoq, bo‘shoq jinslar 
tarqalgan bo‘lsa, burg‘ilash quduqlari tub yoki mustahkam jinslarga 2 metrdan ortiqroq 
chuqurlashtiriladi.
Qidiruv quduqlarini terassa bo‘ylab joylashtirish uchun s’yomka natijasida tuzilgan injener-
geologik tumanlarga bo‘lish xaritasidan foydalaniladi.
Terrasa tog‘ yonbag‘irlarini, soylarni, temir va avtomobil yo‘llarini kesib o‘tgan yerlarda 
terassa o‘qi bo‘ylab yoki ko‘ndalang kesim bo‘ylab qo‘shimcha 3-5 ta burg‘i qudug‘i qaziladi.
Kanal va kollektor terassalarida olib borilgan qidiruv ishlari natijasida quyidagilar aniqlangan 
bo‘lishi kerak: 
a) terassaning geologik-litologik tuzilishi, tog‘ jinslarining filtratsion ko‘rsatkichlari, ularning 
sho‘rlanganligi va gips bilan tuzlanganligi; 
b) yer osti suvlarining yotish chuqurligi, kimyoviy tarkibi, agressivligi va rejimi (tabiiy 
sharoitdagi va loyiha sharoiti uchun sath bashorati); 
v) terassaning maxsus injenerlik tadbirlarini nazarda tutishni talab qiladigan salbiy injener-
geologik sharoitli joylari; 
g) inshoot konstruksiyasiga ta’sir ko‘rsatadigan, gruntlarning holati va xususiyati 
ko‘rsatkichlari; 
d) qurilish va ekspluatatsiya davrida inshoot zaminidagi gruntlarga va kotlovan 
yonbag‘irlarining mustahkamligiga ta’sir ko‘rsatadigan filtratsion bosimning ta’siri; 
e) filtratsiyaga yo‘qotiladigan suvning miqdori va atrof hududlardagi zax bosishi mumkin 
bo‘lgan mintaqalar maydoni. 


Tajriba ishlari va maxsus tadqiqotlar quyidagilardan iborat bo‘ladi: 
a) tajriba yo‘li bilan suvi sathini pastlashtirish va suvini chiqarib tashlash; 
b) tajribaviy kotlovanlar kavlash; 
v) to‘g‘on tanasini tajriba yotqizib tiklash; 
g) tajriba uchun beton qoziqlarini va shpuntlarni qoqish; 
d) cho‘kuvchan gruntlarni tajribaviy namlash. 
Maxsus tadqiqotlar va tajriba ishlarining tarkibi va hajmi qidiruv ishlari 
dasturida asoslangan bo‘lishi lozim. 
Tajriba ishlari va maxsus tadqiqotlar imkoni boricha ishlab chiqarish 
sharoitiga yaqin sharoitlarda o‘tkazilishi kerak va ular ular oddiy tadqiqot usullari 
injener-geologik sharoitni to‘g‘ri baholash uchun ishonarli ma’lumot bilan ta’minlay 
ololmaydigan hollarda o‘tkaziladi. 
Qo‘yilgan masalalarni hal qilish uchun quyidagi tajriba-tadqiqot ishlari 
o‘tkaziladi: 
a) qurilish kotlovanlaridan suvni chiqarib tashlashni va yer osti suvi sathini 
pasaytirish chuqurligini aniqlash uchun hamda zovur va filtratsiyaga qarshi 
ishlatiladigan qurilmalarning ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun tajribaviy suv tortib 
olish va chiqarib tashlash tashkil qilinadi. Tajriba ishlarini qurilish kotlovanlari 
chegarasida qurilgan maydonlarda o‘tkazish kerak.


Tajriba quduqlari ishlab chiqarish sharoitidagi singari qurilgan va jihozlangan bo‘lishi kerak.
b) qurilish kotlovanlarini qazishda quyidagilar aniqlanadi: 

qiyalikning optimal qiymati; 

loyiha bo‘yicha qurilgan qiyalik holatini kuzatib borish; 

inshoot zamini ochilgandan so‘ng, gruntlarni kuzatish (filtratsion bosim qiymati, nurash 
tezligi, gruntlarning ko‘pchishi); 

tajriba kotlovanlarida olib borilgan tadqiqot ishlarining hajmi tekshirilayotgan maydonning 
gidrogeologik va injener-geologik sharoitini o‘ziga xosligiga bog‘liqligi loyiha tuzuvchi bo‘lim bilan 
birgalikda ishlab chiqilishi kerak; 

o‘z ko‘rsatkichlari bilan alohida farq qiladigan gruntlarning xususiyatini tajriba yo‘li bilan 
tekshirish va to‘g‘on, ko‘tarma tanasiga yaroqli ekanligini aniqlash kerak; 

gruntning karerdagi zichligiga nisbatan ko‘tarmadagi gruntning zichligi va pishiqligini keskin 
oshirish lozim; 

o‘ziga xos ishlab chiqarish sharoitini va gruntlarning zichlash usullarini aniqlash lozim. 
Tajriba uchun ko‘targan ko‘tarmaga yotqizilgan gruntlarni tekshirish natijasida loyihada 
qabul qilinadigan gruntning zichlik ko‘rsatkichi aniqlanadi. 
Ishchi hujjatlari bosqichida avval o‘tkazilgan yer osti suvlarining sathi va kimyoviy rejimini 
o‘rganish ishlari davom ettiriladi. Bunda kuzatuv quduqlari soni qurilish kotlovanlari hisobiga 
ortadi. Kuzatuv ishlarining aniqligi ortishi lozim, chunki qurilish davrida yer osti suvlarining sathi 
va kimyoviy tarkibi keskin o‘zgarishi mumkin. 
Qidiruv va tadqiqot gidrogeologik ishlari quyidagi mazmundagi texnikaviy hisobot tuzish 
bilan yakunlanadi va bu hisobot irrigatsion-meliorativ tadbirlar loyihasini gidrogeologik va 
injener-geologik jihatdan asoslashga xizmat qiladi. 



Download 498.04 Kb.
1   2   3   4




Download 498.04 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Injenerlik inshootlari loyihasini gidrogeologik va injener-

Download 498.04 Kb.
Pdf ko'rish