182 markaziy osiyo davlatlarining energetik siyosati




Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana20.01.2023
Hajmi0.68 Mb.
#38796
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
markaziy-osiyo-davlatlarining-energetik-siyosati (1)
politika-stran-tsentralnoy-azii-v-oblasti-ispolzovaniya-vodnyh-resursov-transgranichnyh-rek, 1671530956
184 
mavjud. Bunday fikrlar xilma-xilligi mazkur soha rivojlanishida mintaqada turli 
muammolarni va tahdidlarni keltirib chiqarishi mumin. 
Markaziy Osiyo dunyoning eng kam oʻrganilgan mintaqalaridan biri boʻlsada, 
lekin energiya resurslari jihatidan muhim hudud hisoblanadi. Geografik joylashuvi 
va tabiiy resurslar, ayniqsa energiya manbalari bilan ta'minlanganligi sababli, 
yuqori, oʻrta va past daromadli mamlakatlardan tashkil topgan bu mintaqa katta 
strategik ahamiyatga ega. Biroq, energiya resurslarining notekis taqsimlanishi, past 
darajadagi investitsiyalar, noratsional boshqaruv bu mamlakatlarning energiya 
xavfsizligiga erishishiga va energiya bozoridagi imkoniyatlardan foydalanishiga 
to'sqinlik qiladi
35
. Eng muhimi, Markaziy Osiyoda sovetlar merosi mintaqa uchun 
ham yutuq va ham yo'qotish bo'lib xizmat qildi, chunki bu mintaqa hali ham 
Rossiyaga har tomonlama bog'langan yirik neft va gaz quvurlarini meros qilib oldi. 
Markaziy Osiyo davlatlarining energetika siyosatini ko'rib chiqishning 
boshlang'ich nuqtasi SSSRning parchalanishi edi. Ayrim mamlakatlarda katta neft 
va gaz zaxiralari mavjud bo‘lsa, mintaqaning boshqa mamlakatlari suv-energetika 
salohiyatiga ega edi. Bu holat Markaziy Osiyo mamlakatlari energetika siyosatining 
asosiy yo‘nalishlarini belgilab berdi
36

Markaziy Osiyo mamlakatlarida katta energetika salohiyatining mavjudligi 
boshqa davlatlarining mintaqaga, avvalo, katta neft va gaz zaxiralariga ega bo'lgan 
mamlakatlarga qiziqishini oshirdi. Bu uglevodorod resurslarini tashqi bozorga 
yetkazish bilan bog‘liq turli loyihalarni ishlab chiqishga olib keldi. O‘z navbatida, 
energiya omili mintaqa davlatlarining tashqi siyosatini belgilovchi asosiy omillardan 
biriga aylandi. Bu boradagi hamkorlikni kengaytirish ular tomonidan mustaqillikni 
mustahkamlash, tashqi siyosiy aloqalarni diversifikatsiya qilish va o‘z sohalarini 
rivojlantirishga sarmoya jalb etish imkoniyati sifatida baholandi. Bu siyosat ijobiy 
35
Domnin, S (2016) ‘Sergei Domnin: Hydro-energy problems in Central Asia: A View from Kazakhstan,’ 
Central Asia Bureau for Analytical Reporting [online] available from https://cabar.asia/en/sergei-domnin-
hydro-energy-problems-in-central-asia-a-view-from-kazakhstan/, accessed on 12th February 2022. 
36
Жильцов С.С. Постсоветское пространство: тенденции развития. Москва: Эдель-М; 2001. 199 с. 


185 
natijalar berdi. Mintaqa davlatlari neft va gaz konlarini o‘zlashtirish uchun xorijiy 
neft-gaz kompaniyalari sarmoyalarini jalb qilishga muvaffaq bo‘ldi. Energetika 
sohasi mintaqaviy bo'lmagan davlatlar bilan uzoq muddatli munosabatlarni o'rnatish 
uchun asos bo'ldi
37

Markaziy Osiyo davlatlari mustaqillikka erishgach, yangi quvur loyihalarini 
muhokama qilishda faol ishtirok etdilar. Neft va gaz yetkazib berishning yangi 
yo‘nalishlari mintaqa davlatlarining uglevodorod resurslariga tashqi bozorlarga 
chiqish imkoniyati sifatida ko‘rib chiqildi
38
. Yangi marshrutlarni muhokama 
qilishda eng faol qatnashganlar Turkmaniston, O‘zbekiston va Qozog‘iston bo‘ldi, 
ularda sovet davrida qurilgan quvur infratuzilmasi, eng muhimi, ularda katta 
miqdorda uglevodorod zaxiralari mavjud edi
39
. Oxirgi omil neft va gazni 
o'zlashtirish va tashqi bozorlarga eksport qilishda ishtirok etishni kutayotgan 
mamlakatlarni ham jalb qildi. Qirgʻiziston va Tojikiston suv-energetika salohiyatiga 
ega boʻlsa-da, tabiiy gaz va neftning sezilarli zaxiralariga ega emas edi. 
Markaziy Osiyodagi tabiiy gazning asosiy zaxiralari Turkmanistonda 
joylashgan edi. Turli hisob-kitoblarga ko'ra, turkman gazining zaxiralari 8 dan 24 
trillion m3 gacha bo'lgan. To'g'ri, xalqaro audit tomonidan tasdiqlangan ma'lumotlar 
mavjud emas edi. Shunga qaramay, Turkmanistonning siyosati tabiiy gaz eksport 
yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish va mamlakat yoqilg‘i-energetika kompleksini 
avvalo, xomashyo bazasini rivojlantirish, qidiruv burg'ulash ishlari hajmini oshirish, 
neft va gazning sanoat zaxiralarini ko'paytirish hisobiga rivojlantirishga qaratilgan 
edi. 
37
Жильцов С.С. Центральная Азия на пересечении стратегических интересов: итоги и перспективы. 
В: Актуальные вопросы безопасности в Центральной Азии (материалы X ежегодной Алматинской 
конференции. 2012.). Алма-Ата: КИСИ; 2012. С. 29-36 
38
Жильцов С.С. Конкуренция в сфере экспорта энергоносителей и вопросы региональной 
безопасности в Центральной Азии В: Центральная Азия в условиях геополитической трансформации 
мирового экономического кризиса (Материалы VII ежегодной Алматинской конференции. 2009). 
Алма-Ата: КИСИ; 2009. С. 174-178 
39
Жильцов С.С. Трубопроводная архитектура в Каспийском регионе: итоги и перспективы. PolitBook. 
2015; 2:114-132 



Download 0.68 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



182 markaziy osiyo davlatlarining energetik siyosati

Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish